Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Befarqlik chizigʻi (indifference curve)



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə170/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Befarqlik chizigʻi (indifference curve) – shaxs uchun bir xil naf beradigan boʻsh vaqt, ish vaqti va ish haqi (daromad) kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq (bu yerda boʻsh vaqt va ish vaqti 0 dan 24 soatgacha qiymat qabul qiladi va har bir ish vaqti ma’lum daromadni, ish haqini ifodalaydi).
Bozor muvozanati – bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga teng boʻlgan hol; taklif chizigʻi bilan talab chizigʻi kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi.
Byudjet – iste’molchining ma’lum vaqt oraligʻida oladigan barcha daromadlari yigʻindisi.
Byudjet chegarasi (budget constraint) – «umumiy vaqt - daromad» koordinatalariga ega boʻlgan toʻgʻri chiziq boʻlib, uning yotiqlik burchagi ish haqini ifodalaydi. (daromad 0 boʻlganda vaqt 24 soatga teng, ya’ni (24,0).
Byudjet chizigʻi – byudjetni toʻliq sarflash sharti bilan iste’molchi sotib oladigan tovarlar kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq.
Vaqt boʻyicha ustun koʻrish – joriy iste’molga sarflash bilan kelajakda iste’mol qilish uchun sarflashdan qaysi birini befarqlik chizigʻi asosida tanlash.
Vaqt boʻyicha ustun koʻrishni cheklash normasi – umumiy turmush darajasi oʻzgarmaganda joriy iste’moldan bir birlik kechishni toʻliq qoplaydigan kelajakdagi qoʻshimcha iste’mol qiymati.
Vaqtlararo byudjet chegarasi – shaxsning daromadi va ssuda foizi stavkasi bilan aniqlanadigan vaqtlararo ustun koʻrish kartasidagi chiziqning holati.
Vaqtlararo muvozanatlik – joriy va kelajakda iste’mol qilish oʻrtasida tanlayotgan shaxs uchun maksimal naflik keltiruvchi holat.
Gollandcha auksion – bu auksionda stavka yuqoridan pastga tovar sotilgunga qadar pasayib boradi.
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR) – sotilgan tovar miqdorini narxga koʻpaytirilganiga teng, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum.
Daromad samarasi – ishchining ish haqining oʻsishi natijasida ish vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi.
Reeksport - mamlakatga oldin import qilingan tovarlarni hech qanday savdo-texnologik ishlov bermasdan eksport qilish.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin