Yer narxi – cheklanmagan vaqt davomida yerdan olingan barcha daromadlar yigʻindisining keltirilgan (boshlangʻich yilga) qiymati.
Ijara haqi (toʻlovi) – yerdan foydalanuvchi tomonidan bir yilda yer egasiga toʻlanadigan pul miqdori.
Iqtisodiy oʻsish – real yalpi ichki mahsulotning umumiy hajmining yoki aholi jon boshiga toʻgʻri keladigan real yalpi ichki mahsulotning oʻsishi.
Izokvanta – bir xil hajmda mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlovchi omillar sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziq.
Izokosta – yigʻindisi bir xil yalpi xarajatga teng boʻlgan resurslar sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi chiziq.
Iqtisodiy ne’mat – ehtiyojni qondirish vositasi.
Iqtisodiy renta – resursni sotilishi mumkin boʻlgan narx bilan muvozanat narx ayirmasiga teng. Noyob, cheklangan resurs va ishchining yuqori malakasi uchun toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov.
Iqtisodiy resurslar– ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab chiqarish omillari.
Iqtisodiy oʻsish – ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirish.
Investitsion loyihani oqlash muddati – joriy foydalar yigʻindisini investitsiya qiymatiga teng boʻlishini ta’minlovchi minimal vaqt oraligʻi.
Investitsiyalash – asosiy kapitalni toʻldirish va oʻstirish uchun kapital qoʻyish jarayoni.
Investitsiyani ichki oqlash normasi – investision loyiha samaradorligi koʻrsatkichi. Investisiyani (minus bilan olingan) qiymati bilan kelajakda olinadigan sof foydaning diskontirlangan qiymati yigʻindisini nolga aylantiruvchi ichki qaytim normasi:
Inglizcha autsion – bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Inson kapitali nazariyasi – inson kapitaliga investisiya qoʻyish natijasida ish haqining har xil darajada boʻlishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya.