Masshtab samarasi – bu ishlab chiqarish masshtabining kengayishi surati bilan mahsulot ishlab chiqarishni oʻsish surati oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi. Ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar miqdoriga ishlab chiqarish masshtabi deyiladi.
Ma’naviy tavakkalchilik – yoʻqotishlar sugʻurta kompaniyasi tomonidan toʻliq qoplanishiga ishonch hosil qilgan holda vujudga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirib koʻrsatishga intiluvchi shaxsning xatti-harakati.
Mehnat bozorida monopsoniya – bu mukammallashgan raqobatdagi mehnat bozorining alohida bir chetki koʻrinishi boʻlib, bunda biror kichik shahardagi yagona firma mahalliy aholining koʻp qismini ish bilan ta’minlaydi.
Mehnatni chekli mahsuloti – boshqa ishlab omillari sarfi oʻzgarmaganda bir birlik qoʻshimcha mehnat sarfi hisobidan ishlab chiqarilgan qoʻshimcha mahsulot.
Monnopoliyaning oʻlik yuki yoki jamiyatning sof yoʻqotishi – monopolist boʻlmagandagi mahsulot ishlab chiqrish hajmidan monopolist ishlab chiqargan mahsulotni ayirmasiga teng.
Monopoliya – bu shunday bozorki, unda faqat bitta mahsulot ishlab chiqaruvchi firma faoliyat olib boradi va mahsulot ishlab chiqarishni, sotishni toʻliq nazorat qiladi.
Yalpi ichki mahsulot- ma’lum vaqt davomida mazkur mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan yakuniy mahsulotlarning bozor baholari yigʻindisi.
Yalpi milliy daromad- Mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarishda ishtirok etish natijasida hamda mulklaridan olgan
Muvozanat narx – talab bilan taklifni tenglashtiruvchi narx. Muvozanat narxga toʻgʻri keladigan tovar miqdoriga muvozanat mahsulot miqdori deyiladi.
Mukammal raqobatlashgan bozor – agar bozor quyidagi xususiyatlarga ega boʻlsa:
Narx – bir birlik tovarni sotib olish uchun toʻlanadigan pul miqdori.
Narx diskreminasiyasi– bunda firma bir xil tovarni har xil narxda sotib olish imkoniyati har xil boʻlgan xaridorlarga sotadi.
Naflik – iqtisodiy ne’matlarni, shaxs ehtiyojini qondirish darajasi. Ne’mat inson ehtiyojini qancha toʻlaroq qondirsa uning nafligi shuncha yuqori boʻladi.