Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə180/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Talab funksiyasi– talabga ta’sir qiluvchi omillar miqdori bilan talab miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalaydi.

Talab inflyatsiyasi-bu iqtisodiyotda talab keskin oshib ketishi va uni ishlab chiqarishning real hajmi bilan qondirish mumkin boʻlmay qolgan sharoitlarda kelib chiqadi.


Talab chizigʻi– tovar narxi bilan sotib olinadigan ushbu tovar miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi egri chiziq.
Taklif inflyatsiyasi-bu mamlakat iqtisodiyotida tovar va xizmatlar taklifining kamayishi natijasida tovar va xizmatlar narxlarining oshishidan paydo boʻladi.
Transaksion xarajatlar– bozorda tovarlarni sotishda egalik huquqini aniqlash va uni berish bilan bogʻliq xarajatlar.
Toʻldiruvchi tovarlar– birgalikda, komplektlarda iste’mol qilinadigan tovarlar.
Toʻlov funksiyasi – oʻyin natijasi boʻlib oʻyinchining yutugʻini yoki yoʻqotishini bildiradi.
Umumiy muvozanatlik – barcha bozorlarning oʻzaro bir-biriga ta’siri natijasida oʻrnatiladigan muvozanatlik. Barcha bozorlarni muvozanat holatda boʻlishi. Bunda biror bozorda muvozanatlik buzulsa boshqa bozorlarda ham muvozanatlilik buziladi.
Umumiy naflik – iste’mol qilingan ne’matlardan olingan jami naflik.
Oʻyin – oldindan belgilangan qoidalar asosida iqtisodiy subyektlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar (qarorlar qabul qilish).
Oʻyinlar nazariyasi – fan yoʻnalishi boʻlib u oʻyin qatnashuvchilarining vaziyat boʻyicha harakat qilish va qaror qabul qilishni matematik usullar yordamida oʻrganadi.
Oʻrindosh tovarlar – iste’mol qilishda bir-birini oʻrnini bosuvchi tovarlar yoki bir xil ehtiyojni qondiruvchi tovarlar.
Oʻrindosh tovarlarni almashtirish samarasi – iste’molchining iste’mol majmuasiga kiruvchi ne’matlardan birining narxi oʻzgarishi natijasida iste’mol tarkibining oʻzgarishi.
Oʻrtacha daromad – bir birlik tovarni sotishdan tushgan daromad:

Firma (firm) – jismoniy yoki yuridik shaxs sifatida mahsulot ishlab chiqarish va sotish bilan shugʻullanuvchi iqtisodiy subyekt.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin