Talabning boshqa elastikliklari Talabning narx elastikligiga qoʻshimcha ravishda, iqtisodchilar bozordagi xaridorlarning xatti-harakatini tasvirlash maqsadida elastiklikning boshqa turlaridan ham foydalanishadi.
Talabning daromad elastikligi. Talabning daromad elastikligi iste’molchi daromadi oʻzgarganda talab miqdorining qanday oʻzgarishini bildiradi. Bu talab miqdorining foizdagi oʻzgarishini iste’molchilar daromadining foiz oʻzgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Talabning daromad elastikligi = .
4-boʻlimda muhokama qilganimizdek, koʻplab tovarlar normal tovarlardir: Yuqori daromad talab miqdorini oshiradi. Chunki talab va daromad bir xil yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi, normal tovarlar ijobiy daromad elastikligiga ega. Ba’zi tovarlar, misol uchun avtobusda qatnash, past mavqeli tovarlar hisoblanadi: yuqori daromad talab miqdorini kamaytiradi. Chunki talab va daromad qarama-qarshi yoʻnalishda harakatlanadi, past mavqeli tovarlar salbiy daromad elastikligiga ega.
H atto normal tovarlar oʻrtasida ham daromad elastikliklari hajm jihatdan sezilarli darajada oʻzgaradi. Oziq-ovqat va kiyim kabi zaruriyatlar kichik daromad elastikligiga ega boʻladi, chunki iste’molchilar daromadlari past boʻlganda ham bu tovarlarning ba’zilarini sotib olishni tanlaydilar. Qimmatbaho taqinchoqlar kabi hashamat tovarlar katta daromad elastikligiga ega boʻladi, chunki iste’molchilar daromadlari juda ham past boʻlganda ham ularsiz ish qila olishligini bilishadi.
Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi.Talabning narxlar kesishgandagi elastikligi bir tovarga boʻlgan talab miqdori boshqa bir tovarning narxidagi oʻzgarishiga munosabati qanday boʻlishini ifodalaydi. Bu 1-tovarga boʻlgan talabning foizdagi oʻzgarishi 2-tovar narxining foizdagi oʻzgarishi nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Kesishgan Talab elastikligi = .
Bu elastiklik manfiy yoki musbat songa ega boʻlishi tovarlarning bir-birini toʻldiruvchisi yoki oʻrnini bosishiga bogʻliq. Masalan, hot dog narxining oshishi odamlarni gamburger olishga undaydi. Chunki hot dog narxi va gamburgerga boʻlgan talab bir xil yoʻnalish boʻyicha harakatlanadi, narxlar kesishishidagi elastiklik ijobiydir. Bu misol bir-birini oʻrnini bosadigan tovarlar uchun xosdir. Endi bir-birini toʻldiradigan tovarlarni koʻrib chiqamiz. Masalan, kompyuter va dasturiy ta’minot bir-birini toʻldiradi. Bu holda elastiklik salbiy boʻladi. Chunki kompyuter narxining oshishi dasturiy ta’minotga boʻlgan talabning qisqarishiga olib keladi.