Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə32/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

4.2.Taklif elastikligi
Taklifning narx elastikligi va uning aniqlovchilari
Taklif qonuni shuni koʻrsatadiki, yuqori narx taklif miqdorini oshiradi. Taklifning narx elastikligi narxdagi oʻzgarishga qancha taklif miqdori oʻzgarishini ifodalaydi. Agar taklif narx oʻzgarishiga sezilarli darajada javob qaytarsa, tovar taklifi elastik deyiladi. Agar taklif narx oʻzgarishiga biroz javob qaytarsa, tovar taklifi noelastik deyiladi.
Taklifning narx elastikligi ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqargan tovarlar miqdori oʻzgarishiga bogʻliq. Masalan, sohil boʻyi yerlari noelastik taklifga ega, chunki ularni koʻproq ishlab chiqarish deyarli imkonsizdir. Bunga zid holda, kitob, mashina va televizor kabi tovarlar elastik taklifga ega, chunki ularni ishlab chiqaruvchi firmalar yuqori narxlarga javoban oʻz faoliyatlarini uzoqroq davom ettirishadi.
Koʻplab bozorlarda, taklifning narx egiluvchanligining asosiy aniqlovchisi vaqtdir. Taklif qisqa muddatdan koʻra uzoq muddatda elastikroq boʻladi. Qisqa muddat mobaynida, korxonalar ishlab chiqarish koʻlamini birdaniga oshira olmaydilar. Demak, qisqa muddatda, taklif miqdori narxning oʻzgarishiga kamroq javob qaytaradi. Bunga zid holda, uzoq muddatda yangi zavodlar qurishi yoki eskilarini yopishi mumkin. Bundan tashqari bozorga yangi korxonalar kirishi va eskilari tugatilishi mumkin. Demak, uzoq muddatda taklif miqdori narx oʻzgarishiga sezilarli javob qaytaradi.
Taklifning narx elastikligini hisoblash
Biz taklifning narx elastikligi haqida boshlangʻich ma’lumotga ega boʻldik, endi chuqurroq yondashamiz. Taklifning narx elastikligi taklif miqdorining foizdagi oʻzgarishini narxning foizdagi oʻzgarishiga nisbati shaklida hisoblanadi, ya’ni:
Taklifning narx elastikligi =   .
Misol uchun, faraz qiling 1 qadoq sut narxi 2.85$ dan 3.15$ ga koʻtarilishi sutchi fermerlarning mahsuloti koʻpayishiga sabab boʻladi, oyiga 9000 qadoqdan 11000 ga qadoqqa.
Narxning foizdagi oʻzgarishi=(3.15-2.85)/((2.85+3.15)/2)*100=10%;
Taklifning foizdagi oʻzgarishi=(11000-9000)/((11000+9000)/2)*100=20%.
Bu vaziyatda taklifning narx elastikligi =   ga teng. Bu koʻrsatkich taklif miqdori narxga nisbatan 2 marta oʻzgarganini bildiradi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin