Nazorat savollari 1.Bozor muvozanati deganda nima tushuniladi?
2.Bozordagi muvozanat buzilishiga qanday omillar ta’sir koʻrsatadi?
3.Bozorda mahsulotlar ortiqchaligi qanday vaziyatda yuzaga keladi?
4.Bozorda mahsulotlar tanqisligi yuzaga kelishi qanday yuz beradi?
4.Iste’molchi yutugʻi deganda nimani tushunasiz va u talabga ta’sir koʻrsatadimi?
5.Ishlab chiqaruvchi yutugʻining mohiyati qanday?
6.Maksimal narxlarning mohiyati nimani anglatadi va ular oʻrnatilishining oqibatlari qanday?
7. Minimal narxlar nima maqsadda oʻrnatiladi?
8. Maksimal va minimal narxlar oʻrnatilishi bozordagi vaziyatga qanday ta’sir koʻrsatadi? 6-MAVZU:ISTE’MOLCHI TANLOVI. DAROMAD VA ALMASHTIRISH SAMARASI REJA: 6.1. Iste’molchi ortiqchaligi 6.2 Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi 6.3.Bozor samaradorligi 6.4. Byudjet chizigʻi: iste’molchining qanday imkoniyatlari mavjud 6.5. Daromad samarasi va almashtirish samarasi Tayanch iboralar: Iste’molchi ortiqchaligi, Isteʼmolchi ortiqchaligini oʻlchashda talab egri chizigʻidan foydalanish, Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi, Bozor samaradorligi va bozor kamchilliklari,,Bozor muvozanatini baholash, Byudjet chizigʻi: iste’molchining imkoniyatlari mavjudligi. 6.1. Iste’molchi ortiqchaligi Tasavvur qiling siz Elvis Presleyning birinchi albomi egasisiz va siz uni ishlatmaysiz. Siz Elvis Presleyning muxlisi emassiz, shu sababli uni sotishga qaror qildingiz. Buning yagona yoʻli kimoshdi savdosi oʻtkazish.
Bu kimoshdi savdosida toʻrt nafar Elvis Presleyning muxlislari ishtirok etishmoqda: Jon, Paul, George, va Ringo. Ularning har biri albomga egalik qilishni istashadi, lekin har birida buning uchun toʻlashga tayyor pul miqdori chegaralangan. 1-rasm toʻrt xaridorlarning toʻlashi mumkin boʻlgan maksimal narxlar ularning toʻlov uchun tayyorligi deyiladi va bu xaridorning mahsulotni qancha baholashini anglatadi. Har bir xaridor albomni oʻzining toʻlov uchun tayyorligidan arzonroq narxda sotib olishni istaydi va toʻlov uchun tayyorligidan qimmatroq narxda albomni sotib olishni rad etadi. Narx toʻlash uchun oʻz tayyorligiga teng boʻlsa, xaridor sotib olishga befarq boʻlishi mumkin.
Agar narx uning albomga qoʻygan bahosi bilan aynan bir xil boʻlsa, u uni sotib olish yoki pulini tejab qolishdan xursand boʻlishi mumkin.