Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


ta xaridorning toʻlov qobiliyati



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə44/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

4 ta xaridorning toʻlov qobiliyati

Jon
Paul
Jorj
Ringo

Xaridor
e

100 $
80
70
50

Toʻlov qobiliyati

Siz albomingizni sotish uchun past narxda uni taklif qilasiz, misol uchun 10 $. Chunki barcha toʻrt xaridorlaringiz toʻlashga tayyor, narx esa tez koʻtariladi. Kimoshdi savdosi Jon 80 $ (yoki bir oz koʻproq) taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Bu nuqtada, Paul, Jorj va Ringo boshqa hech qanday taklif qilishni istashmaydi, chunki ular 80$ dan koʻproq taklif qilishni istashmaydi. Jon sizga 80$ toʻlaydi va albomni oladi. Shuni ta’kidlash kerakki, albom yuqori qadrlaydigan xaridorga ketdi.
Jon Elvis Presleynining albomini sotib olishdan nima foyda oldi? Bu oʻrinda Jon uni haqiqiy savdo orqali topdi: u albom uchun 100$ toʻlashga tayyor, lekin u buning uchun atigi 80$ toʻladi. Jon 20$ isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻldi. Isteʼmolchi ortiqchaligi bu xaridorning toʻlashga tayyorligidan aslida buning uchun toʻlagan miqdorini ayirishdan qolgan miqdorga aytiladi.
Isteʼmolchi ortiqchaligi xaridorlarning bozor jarayonida olgan foydasiga qarab oʻlchanadi. Bu misolda, Jon kimoshdi savdosida ishtiroki natijasida 20$ foyda oldi, chunki u 100$ ga baholangan tovar uchun atigi 80$ toʻladi. Pol, Jorj va Ringolar isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻlishmadi, chunki kimoshdi savdoda ishtirok etib albomga egalik qilmasdan va hech narsa toʻlamasdan ketishdi.
Endi biroz boshqacha misolni koʻrib chiqamiz. Siz ikkita bir xil Elvis Presleyning albomini sotmoqchisiz deylik. Yana kimoshdi savdosida toʻrt xaridor mavjud. Hammasi oddiy, biz albomlarning ikkalasini bir xil narxda va turli xaridorlarga sotishni rejalashtirganmiz. Bu jarayon ikkita xaridor qolgunicha davom etadi. Kimoshdi savdosi Jon va Paul 70$ (yoki bir oz yuqori) taklif qilgan vaqtda toʻxtaydi. Jon va Paul, ikkovlari albomni bu narxda sotib olishga rozi va Jorj hamda Ringo bundan yuqori narx taklif qilmoqchi emas. Jon va Paulning har biri isteʼmolchi ortiqchaligiga ega boʻlishdi, uni toʻlashga tayyorligi ayiruv toʻlangan narxiga teng. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi 30$ boʻladi, Paulniki esa 10$. Jonning isteʼmolchi ortiqchaligi avvalgisiga nisbatan yuqoridir u oʻsha albomni oladi, lekin buning uchun kam haq toʻlaydi, umumiy isteʼmolchi ortiqchaligi 40$.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin