Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə76/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

7
Bob
-MAVZU:BOZOR VA TAVAKKALCHILIK

REJA:
7.1.Tavakkalchilikni oʻlchash
7.2. Tavakkalchilikka boʻlgan munosabat
7.3. Tavakkalchilikni (yoʻqotishlarni) pasaytirish
7.4. Asimmetrik axborotlashgan bozor
Tayanch iboralar: Tavakkalchilikni o’lchash, chetlaanish, Asimmetrik axborotlashgan bozor, Tavakkalchilikka moyillik, Tavakkalchilikni qo’shish, Tavakkalchilikni taqsimlash, Sugʻurtalash bozori, Arrovning imkonsizlik teoremasi


7.1.Tavakkalchilikni oʻlchash
Tavakkalchilikni oʻlchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bogʻliq. Amerikalik olim F.Nayt (1885-1974) ehtimolni ikki turga boʻladi: matematik, ya’ni oldindan aniqlash mumkin boʻlgan ehtimol va statistik ehtimol. Birinchi tur ehtimolga tanganing raqam yoki gerb tomonini tushish ehtimoli 1/2 ga tengligi yoki oʻynaydigan olti qirrali toshning oltita raqamidan bittasini tushishi ehtimolining 1/6 ga tengligi misol boʻlishi mumkin.
Ikkinchi turdagi ehtimolni empirik, ya’ni faraz qilish yoʻli orqali aniqlash mumkin. Masalan, korxonaga xom ashyoni vaqtida etib kelmaslik ehtimoli faraz qilinganda, ushbu faraz qilingan raqam baholovchining bilimiga tajribasiga asoslanadi. Nima uchun deganda, ushbu voqeaning takrorlanishi toʻgʻrisida statistik ma’lumotlar yoʻq. Ehtimol subyektiv ravishda aniqlanganda, bitta hodisani har xil insonlar har xil qiymatdagi ehtimol bilan baholaydi.
Yuqoridagi misolda voqeaga ta’sir qiluvchi tasodifiy omillar koʻp va ularni hammasini bartaraf qilish mumkin emas. Bundan tashqari, bu yerda teng ehtimolli alternativ variantlarning oʻzini yoʻqligi ehtimolni matematik hisob-kitoblar orqali aniqlashga imkon bermaydi.
Birinchi turdagi ehtimolni obyektiv ehtimol desak, u iqtisodiyotda kamroq uchraydi, ikkinchi turdagi ehtimol subyektiv ehtimol boʻlib, biznesga xosdir. Ham obyektiv va ham subyektiv ehtimollar tavakkalchilik darajasini ifodalashda va tanlashda foydalaniladi. Obyektiv ehtimol oʻrtacha qiymatni aniqlashga yordam bersa, subyektiv ehtimol olinishi mumkin boʻlgan natijalarning oʻzgaruvchanlik mezonini aniqlashga yordam beradi. Tavakkalchilikni miqdoriy aniqlash uchun biror voqea yoki hodisaning olib kelishi mumkin boʻlgan oqibatlarini va bu oqibatlarning ehtimolini bilish kerak boʻladi.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin boʻlgan barcha natijalarning oʻrtacha oʻlchangan qiymatlari. Bu yerda har bir natijaning ehtimoli ushbu mos qiymatlarning takrorlanish chastotasi yoki oʻlchovi.
,
bu yerda - mumkin boʻlgan natija;
- ushbu natijaning paydo boʻlish ehtimoli, .
Masalan, korxona yangi mahsulot ishlab chiqarmoqchi, agar korxonaning yangi mahsuloti bozorda muvaffaqiyatga erishsa, har bir aksiyaga 1000 soʻm olish mumkin, agar muvaffaqiyatga erishmasa, bir aksiya uchun 100 soʻm olinadi. Korxona mahsulotining bozorda muvaffaqiyatga erishish ehtimoli 0,6 ga teng boʻlsa, kutiladigan dividend qiymati quyidagicha aniqlanadi:
soʻm/aksiya.
Chetlanish – bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija oʻrtasidagi farq boʻlib, u tavakkalchilikdan (yoʻqotishdan) darak beradi. Ushbu farq qancha katta boʻlsa yoʻqotish, ya’ni tavakkalchilik ham shuncha yuqori boʻladi.
Masalan, sizni ishga joylashishingiz uchun ikki variant mavjud. Birinchisi, xususiy korxonada ishlash boʻlsa, ikkinchisi – davlat korxonasida. Xususiy korxonada ishlasangiz daromadingiz, korxona muvaffaqiyatli ishlasa bir oylik ish haqingiz 6000 soʻmni, muvaffaqiyatsizroq ishlasa, aytaylik 3000 soʻmni tashkil qilsin. Davlat korxonasida ishlasangiz ish haqi 4510 soʻm, korxona toʻliq ishlamaganda beriladigan ish haqi - 3510 soʻm. Xususiy korxonaning muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsizlik ehtimollari bir xil boʻlib, 0,5 ga, davlat korxonasiniki mos ravishda 0,99 va 0,01 ga teng deylik. Quyidagi jadvalda mumkin boʻlgan natijalar va ularning ehtimoli keltirilgan.
7.1-jadval

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin