Keys stadi. Sovgʻalar signallar oʻrniga
Bir bola oʻz yoqtirgan qiziga qanday sovgʻa olishni oʻylayapti. “Bilaman” deydi u oʻziga, “men unga naqd pul beraman. Uning didini oʻzichalik yaxshi bilmayman. Pulga esa oʻzi xohlagan narsani sotib oladi”. Lekin u pulni berganida qiz xafa boʻladi. U meni sevmas ekan deb oʻylab, munosabatlarni tugatadi.
Oʻylab qarasak sovgʻa berish bu gʻalati odat. Misolimizdagi yigit aytganidek odamlar oʻz didlarini boshqalarnikiga qaraganda yaxshiroq biladilar, shuning uchun biz hammani pulni sovgʻaning bir shakli deb qabul qilishini kutishimiz mumkin. Agar sizning ish beruvchingiz oyligingizni tovarlar shaklida berganida siz bunga qarshi chiqardingiz. Lekin sizning reaksiyangiz sizni (umid qilganingizdek) sevuvchi odam shunday qilsa umuman boshqacha boʻladi.
Sovgʻa berishning bir talqini u oʻzida asimmetrik ma’lumot va signalni saqlaganligidadir. Bizning misolimizdagi yigitning qiz bilmoqchi boʻlgan shaxsiy ma’lumoti bor: Haqiqatdan ham u qizni sevadimi? Qiz uchun yaxshi sovgʻa tanlashi bu uning signali. Sovgʻa tanlash pul bergandan koʻra signal boʻlish uchun toʻgʻriroq xarakteristikalarga egaligi aniq. U qimmat (vaqt oladi), va uning narxi shaxsiy ma’lumotga asoslangan (qanchalik sevishi). Agar yigit haqiqatdan ham qizni sevsa, toʻgʻri sovgʻa tanlash oson boʻladi, chunki u qiz haqida koʻp oʻylaydi. Agar uni sevmasa toʻgʻri sovgʻa tanlash qiyinroq boʻladi. Shunday qilib toʻgʻri sovgʻa tanlash uning sevgisi haqidagi shaxsiy ma’lumotini izhor etishning bir yoʻli. Pul berish esa u hatto sovgʻa tanlashga harakat qilmaganini koʻrsatadi.
Signal nazariyasining sovgʻa berish bilan bogʻliqligini yana bir kuzatuvi mavjud: Odamlar ta’sir kuchi muhim boʻlgan odatlar haqida koʻproq qaygʻurishadi. Shunday ekan yigit yoki qizga pul berish odatda nomaʼqul harakat. Lekin kollej oʻquvchilari ota-onalaridan chek olganlarida ular kamdam-kam xafa boʻlishadi. Ota-ona muhabbati shubhada boʻlishi mumkin emas, shuning uchun qabul qiluvchi pulni e’tiborsizlik signali deb qabul qilmaydi.
Ma’lumotni aniqlash uchun tekshirish Xabardor taraf oʻz ma’lumotini oshkor etish uchun qilgan harakati signal berish deyiladi. Xabari yoʻq boʻlgan taraf esa ma’lumotni bilish uchun qilgan harakati tekhirish deyiladi.
Ba’zida tekhirish bu oddiy holat. Ishlatilingan mashinani sotib olayotgan shaxs uni avtomexanik tomonidan tekshirib koʻrilishini soʻrashi mumkin. Bu talabni rad etgan sotuvchi oʻz shaxsiy ma’lumoti, ya’ni uning mashinasi limon ekanligini oshkor etib qoʻyadi. Xaridor narxni tushirishni soʻrashi yoki boshqa mashinani koʻrishni afzal deb bilishi mumkin.
Tekhirishning boshqa misollari nozikroq. Misol uchun, avtomobil sugʻurtasi bilan shugʻullanuvchi tashkilotni koʻraylik. Tashkilot ehtiyotkor haydovchilar uchun past narxdagi badal va tavakkal haydovchilar uchun yuqori badal narxlarini oʻrnatishni xohlaydi. Lekin ularni qanday ajratish mumkin? Haydovchilar ular ehtiyotkor yoki tavakkal haydovchil ekanliklarini bilishadi, lekin tavakkallari buni tan olishmaydi. Haydovchining tarixi bu bir qancha ma’lumot (sugʻurta kompanialari undan foydalanishadi), lekin avariyalarning tasodifiy sodir boʻlishini hisobga olgan holda haydovchining tarixi kelajakdagi xatarlardan xabar beruvchi yaxshi indikator emas.
Sugʻurta kompaniyasi ikki xil toifadagi haydovchilarni ikki xil sugʻurta shartlarini oʻrnatib, haydovchilarni oʻzini-ozi ajratishiga undashi mumkin. Birinchi sugʻurta shartlari yuqori badalli boʻladi lekin u avariyadan koʻrilgan zararni toʻliq qoplab beradi. Boshqa sugʻurta shartlari esa past narxdagi badalga ega boʻladi, lekin misol uchun $1000 franshizaga ega boʻladi (bu degani haydovchi zararning birinchi $1000 ni toʻlashi kerak boʻladi, tashkilot esa qolgan zararni toʻlab beradi). E’tibor bering, franshiza tavakkalchi haydovchilar uchun ortiqcha tashvish boʻladi, chunki ularni avariyaga uchrash ehtimoli kattaroq.
Shunday ekan yetarlicha yuqori franshiza bor biroq past narxdagi badali boʻlgan sugʻurta ehtiyotkor haydovchilarni, franshiza boʻlmagan lekin yuqori narxdagi badali boʻlgan sugʻurta tavakkal haydovchilarni qiziqtiradi. Bu ikki sugʻurta shartlarini koʻrib chiqib ikki toifadagi haydovchilar oʻzlarining shaxsiy ma’lumotlarini qaror qabul qilib oshkor etadilar.
Axborot assimetriyasi va ijtimoiy siyosat Biz ikki turdagi axborot assimetriyasini koʻrib chiqdik: axloqiy xavf va zararli tanlov. Biz odamlarni tekhirish va signal berish muammolarida qay tarzda oʻzini tutushini koʻrib chiqdik. Endi, assimetrik ma’lumotni oʻrganish bizga ijtimoiy siyosatni olib borishda qanday yordam berishini koʻrib chiqaylik.
Bozorning yutuq sari borishi va muvaffaqiyatsizlikka erishishi orasidagi keskinliklar mikroiqtisodiyotning asosiy mavzusidir. 7-boʻlimda aytib oʻtilganidek, talab va taklifning tenglik nuqtasi samaradorligi uning jamiyat olishi mumkin boʻlgan bozordagi jami ortiqlikni (taklifning talabdan ortishi) koʻpaytirib beradi. Adam Smitning koʻrinmas qoʻli toʻliq oʻz ishini qilayotganday koʻrinadi. Bu xulosa, tashqi ta’sir (10 boʻlim) ijtimoiy xomashyolar (11 boʻlim), nomukammal bozor raqobatdoshligi (15-17 boʻlimlar) va qashshoqlik (20 boʻlim) kabi vaziyatlarning taʼsirini oʻrganib chiqilganidan soʻng yoʻqqa chiqarildi. Bu kabi hodisalar, hukumatni ba’zida bozorning ahvolini yaxshilay olishini koʻrsatadi.
Assimetrik ma’lumotni oʻrganib chiqish, bizga bozordagi hodisalardan ogoh boʻlishga yangi sabab beradi. Baʼzi odamlarning boshqalarga nisbatan bozor haqida koʻproq bilishi, tovar aylanishini yomonlashtirishi mumkin. Masalan, sifati yaxshi boʻlgan haydalgan mashina sotuvchilari, xaridorlarning yomon mol olib qoʻyish qoʻrquvidan mashinasini sotishi qiyin boʻladi. Yoki, Sugʻurta kompaniyalarining qattiq kasal boʻlmaganlar va jiddiy kasalligi bor odamlar bilan birga ishlashi sababli, jiddiy kasal boʻlmagan odamlarga past narxdagi sogʻliq sugʻurtasini olish muammo boʻladi.
Ya’na, ba’zi vaziyatlarda assimetrik ma’lumot hukumatni aralashishiga ham olib keladi va 3 ta faktlar bu muammoni yanada chigallashtiradi. Birinchisi, yuqorida aytib oʻtilganiday shaxsiy sektorning assimetrik ma’lumotni oʻzining shaxsiy tekhirish va signal berish yoʻllari bilan hal etishi mumkin. Ikkinchisi, hukumat kamdan-kam holatlarda shaxsiy guruhlardan koʻproq ma’lumotga ega boʻladi. Shuning uchun ham assimetrik muammo paydo boʻlganida siyosatchilar natijaning noaniqligi sababli bozorni ahvolini yaxshilashda qiynalishadi. Uchinchidan esa, hukumatning oʻzi nomukammal institutdir, bu haqida esa kelgusi mavzularda aytib oʻtiladi.