Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə83/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Sugʻurtalash bozori. Sugʻurtalash bozorida ham avtomobillar bozoridagi holatni kuzatish mumkin. Sugʻurta qilinadigan shaxs oʻzining sugʻurta obyekti toʻgʻrisida sugʻurtalovchiga qaraganda koʻproq axborotga ega. Shuning uchun ham, bu yerda zaifroq, sogʻligʻi yaxshi boʻlmagan shaxslar koʻproq sugʻurta kompaniyasi xizmatidan foydalanishga harakat qiladilar. Ushbu holat sugʻurta kompaniyalarini sugʻurta narxini oshishiga olib keladi va yuqori sugʻurta narxi oʻz navbatida sogʻligʻi yaxshi boʻlgan shaxslarni sugʻurtalashga bormasligini kuchaytiradi.
Ma’naviy tavakkalchilik (yoʻqotish) – yoʻqotishlar sugʻurta kompaniyasi tomonidan toʻliq qoplanishiga ishonib vujudga kelishi mumkin boʻlgan yoʻqotishlar ehtimolini ongli ravishda oshirishga intiluvchi shaxslarning xatti-harakati.
Insonlar oʻz hayotini, mulkini sugʻurtalagandan keyin, oʻzining hayotiga, mulkining saqlanishiga koʻpincha befarq qaray boshlaydilar. Ular sugʻurtalashgacha qilinadigan ehtiyot-choralarni bajarmay qoʻyadilar. Bunday holat tavakkalchilikni kuchaytiradi va inson oʻzini sugʻurta qilgan voqea-hodisalarning sodir boʻlish ehtimolini oshishiga olib keladi.
Ba’zi bir nopok insonlar yuqori sugʻurta haqi olish maqsadida, ongli ravishda oʻzining eski uyini yoqadi, mulkini yaroqsiz holatga keltiradi va hatto oʻz qarindoshlarini oʻldirishgacha boradilar.
Ma’naviy yoʻqotishlarni quyidagi yoʻllar orqali kamaytirish mumkin:

  1. sugʻurtalanadigan shaxslarni yaxshiroq tekshirish, mijozlarni yoʻqotishlari boʻyicha klassifikatsiya qilish asosida sugʻurta badalini differensiatsiyalash (ya’ni, yoʻqotishi yuqori boʻlgan shaxs uchun yuqori sugʻurta badali belgilash);

  2. yuqori yoʻqotishga ega boʻladigan shaxslar bilan sugʻurta shartnomasini tuzmaslik (narkomanlar, spirtli ichimlik ichib avtomobil haydaydigan shaxslar);

  3. yoʻqotishni qisman qoplash sharti bilan sugʻurtalash.

Bozordagi asimmetrik axborotlarni yoʻqotish yoʻllari
Bozor signallari. Bozorda sotiladigan tovar toʻgʻrisida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi toʻgʻrisidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obroʻi, tovar sifati va kafolati toʻgʻrisidagi axborotlar bozor signallari boʻlib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi. Masalan, siz sotib olmoqchi boʻlgan tovar siz bilgan, sifatli mahsulot ishlab chiqaradigan firmaning mahsuloti boʻlsa, siz mahsulotni yoʻqotishsiz sotib olasiz.
Firmalar xaridorlar ularda yaxshi sifatdagi mahsulot borligini bilishi uchun reklamaga mablagʻ sarflashlari mumkin. Oldingi boʻlimda koʻrganimizdek, talabalar ishga oluvchilar ularning bilimlari yetarli darajada ekanligini bilishlari uchun oliy oʻquv dargohlarini diplomini olishlari mumkin. Bilimning signal nazariyasi odam kapitali nazariyasidan farq qiladi. Odam kapitali nazariyasida diplom mavjudligi odamning qobiliyatlari mavjudligidan emas, balki ish mahsulligini koʻrsatadi. Signal qilishning bu ikki misoli umuman turlicha koʻrinishi mumkin biroq tashqi koʻrinish ostida ular deyarli bir xil: ikkala misolda ham xabardor taraf (firma, talaba), xabardor boʻlmagan tarafga (xaridor, ishga oluvchi) signal orqali ular yaxshi sifatli narsani taklif qilayotganlari haqida xabar berishmoqda.
Biror-bir harakat yaxshi signalga aylanishi uchun nima kerak boʻladi? U qimmatga tushishi ravshan. Agar signal tekin boʻlganida hamma undan foydalanar va u hech qanday ma’lumotni uzatmas edi. Xuddi shu sababga boshqa bir talab bor: yuqoriroq sifatli mahsuloti boʻlgan odamga signal kam xarajatli yoki yuqori foydali boʻlishi kerak. Oʻzga holda barcha signalni ishlatishni xohlab qoladi va u hech narsani bildirmay qoʻyadi.
Yuqoridagi ikki misolimizni yana bir bor koʻrib chiqamiz. Reklama holatida, sifatli mahsuloti boʻlgan firma reklamaga pul ketkazib yanada koʻproq daromad koʻradi, chunki mahsulotni bir bor ishlatib koʻrgan iste’molchi uni yana sotib olish ehtimoli yuqoriroq. Shuning uchun yaxshi mahsulotga ega firmaga signal (reklama) uchun mablagʻ sarflash foyda, iste’molchiga esa signalni mahsulotni sifati haqida xabar beruvchi ma’lumot sifatida qarash foyda desak boʻladi. Ta’lim misoliga kelsak, iqtidori bor odam maktabni bitirishi osonroq iqtidorsiz odamga qaraganda. Shunday ekan shaxsga signalni (ta’lim) narxini toʻlash, ishga oluvchiga esa bu signalga shaxsning qobiliyatlari haqida ma’lumot sifatida qabul qilish toʻgʻri boʻladi.
Dunyo signallarga toʻlib ketgan. Jurnallardagi reklamalarda ba’zida “televizorda koʻrganingizdek” yozuvi boʻladi. Nega jurnalda reklamasi bor firma bu faktga urgʻu bermoqchi boʻladi? Bunga sabab korxona qimmat signaldan (televizorda) foydalanayotgani sizga uning mahsuloti yuqori sifatli ekanligidan darak bermoqchiligidadir. Xuddi shu sababga koʻra nufuzli maktablarni bitirganlar bu faktni oʻz rezumyelarida aks ettirishadi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin