Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Tavakkalchilikka boʻlgan munosabat



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə79/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

7.2. Tavakkalchilikka boʻlgan munosabat
Yuqoridagi misolda koʻrdikki, ikkala ish joyida ham kutiladigan daromad 4500 soʻmni tashkil qiladi. Demak, kim tavakkalchilikka borishga moyil boʻlmasa, ikkinchi ish joyiga boradi, nima uchun deganda bu ish joyida kutiladigan daromad kamroq tavakkalchilak bilan bogʻliq. Endi faraz qilaylik, birinchi ish joyidagi har bir natijaga 200 soʻmdan qoʻshaylik. Unda kutiladigan natija 4500 soʻmdan 4700 soʻmga oshadi.
Quyidagi 9.3-jadvalda yangi daromadning natijalari keltirilgan.
Birinchi ish joyi uchun: kutiladigan daromad = 4700 soʻm. Dispersiya =2250000 soʻm.
Ikkinchi ish joyi uchun: kutiladigan natija = 4500 soʻm. Dispersiya = 9900 soʻm.
7.3- jadval

Ish joyi

1-natija

Kvadratik chetlanish

2-natija

Kvadratik chetlanish

Birinchi

6200

2250000

3200

2250000

Ikkinchi

4510

100

3510

980100

Birinchi ish joyida kutiladigan daromad ikkinchi ish joyidagidan yuqori, lekin u yuqori tavakkalchilik (yoʻqotish) bilan bogʻliq. Qaysi ish joyi ustunroq deganda, bu savolning yechimi tanlovchi shaxsning oʻziga bogʻliq. Tadbirkor shaxslar yuqori tavakkalchilikga ega boʻlsa ham kutiladigan daromad yuqoriroq boʻlgan ish joyini tanlaydi, konservativroq (oʻzgarishlardan oʻzini olib qochuvchi) shaxslar kutiladigan daromad kamroq boʻlsa ham, kamroq tavakkalchilik bilan bogʻliq ishni, ya’ni ikkinchi ish joyini tanlaydi.


Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi boʻyicha uch turga boʻlinadi: tavakkalchilikka borishga moyil insonlar, tavakkalchilikka borishga qarshi, ya’ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikga qarshi boʻlgan inson deganda shunday inson tushuniladiki, kutiladigan daromad berilganda, u tavakkalchilik bilan bogʻliq natijalarga nisbatan, kafolatlangan natijani ustun koʻradi. Agar tavakkalchilikka qarshi insonni iste’molchi deb qarasak va u oladigan daromadiga iste’mol tovarlar majmuasini sotib olib, uni iste’mol qilishdan ma’lum darajada naf oladi deb faraz qilsak, biz iste’molchining tavakkalchilik bilan bogʻliq daromadining naflik darajasi bilan qanday bogʻliq ekanligini koʻrishimiz mumkin (9.1-rasm). Tavakkalchilikka qarshi inson daromadi past darajadagi chekli naflikka ega ekanligini koʻramiz. Rasmdan koʻrish mumkinki, har bir birlik qoʻshimcha daromadga toʻgʻri keladigan qoʻshimcha naflik daromad oshishi bilan kamayib bormoqda. Masalan, (20-30 ming soʻmlik daromad oraligʻidagi har ming soʻm daromadga 0,8 birlik naf toʻgʻri kelsa, 31-ming soʻmlik daromadga 0,6 naf birligi toʻgʻri kelayapti). Chekli naflikni kamayishi insonlarda tavakkalchilikka salbiy munosabatni kuchaytiradi. Shuning uchun ham tavakkalchilikka borishga moyillikning yoʻqligi koʻpchilik insonlarga xosdir. Tavakkalchilik ular uchun ogʻir sinovdek hisoblanadi va ular ma’lum kompensatsiya boʻlgandagina tavakkalchilikka borishi mumkin.


7.1-rasm. Tavakkalchilikka moyil boʻlmagan holat


Tavakkalchilikka befarq qaraydigan inson shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda, u kafolatlangan natija bilan tavakkalchilik bilan bogʻliq natijalarni tanlashga befarq qaraydi. Tavakkalchilikka neytral qaraydigan inson uchun oʻrtacha foyda muhim hisoblanadi.
Oʻrtacha qiymatga nisbatan cheklanishlar bir-biri bilan qisqarib, umumiy chetlanishlar nolga teng boʻlgani uchun ham ushbu chetlanishlar uni qiziqtirmaydi. Tavakkalchilikka befarqlik koordinata boshidan chiqadigan toʻgʻri chiziq sifatida ifodalanishi mumkin (9.2-rasm).
Daromadning bir tekisda oʻzgarishi umumiy naflikni toʻgʻri chiziq boʻyicha oʻsishga olib keladi.
Tavakkalchilikka moyil boʻlgan inson, shunday inson hisoblanadiki, kutiladigan daromad berilganda u kafolatlangan natijaga koʻra tavakkalchilik bilan bogʻliq natijani ustun koʻradi.

7.2-rasm. Tavakkachilikka befarqlik


Tavakkalchilikka qiziqadigan inson undan bahra oladi. Bunday turdagi insonlarga oʻz taqdirini sinab koʻrishdan bahramand boʻlish uchun barqaror daromaddan voz kecha oladigan insonlar kiradi. Ular yutish ehtimoliga yuqori baho berib yuboradilar. Tavakkalchilikka moyillik grafigi keskin sur’atda ortib borayotgan parabola grafigi orqali ifodalanishi mumkin (8.3-rasm).

7


7.3-rasm. Tavakkalchilikka moyillik
Hayotda va umuman barcha bozor subyektlari tavakkalchilikni e’tiborga oladi. Koʻchalardagi, bozorlardagi har xil firibgarlar tavakkalchilikka moyil insonlar hisobidan boylik orttirsa, sugʻurta kompaniyalari tavakkalchilikka moyil boʻlmagan insonlarni yoʻqotishlarini kamaytirishga xizmat qiladilar.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin