Ma’naviy tavakkalchilik bu muammo boʻlib, u agent deb atalgan bir shaxs prinsipal-agent deb atalgan boshqa bir shaxsning topshirigʻini bajarishida vujudga keladi. Agar prinsipal-agent agentning xatti-harakatini toʻliq nazorat qila olmasa, u holda agent prinsipal-agent oʻylaganidan koʻra kamroq samara bilan ishlaydi. Ma’naviy tavakkalchilik bu tavakkal yoki “xavf” boʻlib, unda agent notoʻgʻri yoki axloqsiz xatti-harakat qiladi. Bunday holatlarda prinsipal-agent koproq masʼuliyat bilan ishga yondashishi uchun har xil ragʻbatlantirishlardan foydalanadi.
Ish bilan bandlik munosabatlari klassik misoldir. Prinsipial-agent bu ish beruvchi, agent bu ishchi. Axloqiy xavf muammosi bu yaxshi nazorat ostida boʻlmagan ishchining oʻz javobgarligidagi ishdan qochishi. Ish beruvchilar bunga turlicha javob qaytarishlari mumkin:
Yaxshiroq nazorat qilish. Ota-onalar yonlangan enagalarni ular yoʻqligida bolalariga munosabatini koʻrish uchun uyga yashirin kameralar oʻrnatishadi. Maqsad masʼuliyatsiz munosabatni tutish.
Yuqori darajadagi oylik. Ish haqi samaradorligi nazariyasiga koʻra, ba’zi ish beruvchilar oʻz ishchilariga oylikni mehnat bozoridagi narxdan yuqoriroq toʻlashni afzal deb bilishadi. Oddiy darajadan yuqoriroq oylik oladigan ishchi oʻz ishidan notoʻgʻri yoʻlda foydalanishi kamroq ehtimolda, chunki agar u qoʻlga tushsa va haydalsa u qayta bunday oylik toʻlanadigan joy topa olmasligi mumkun.
Ish beruvchi axloqiy xavf kamaytirish uchun ushbu yoʻllardan istaganini tanlashi mumkin.
Mahsulot sifati noaniqligi. Avtomobil va sugʻurta bozoridagi asimmetrik axborot.Faraz qilaylik, bozorda foydalanilgan avtomobillar sotiladi. Faraz qilaylik, mashinaning holati (sifati) oʻrtacha holatdan yuqori boʻlsa yaxshi avtomobil, past boʻlsa - yomon avtomobil (ushbu masalani 1970-yilda birinchi boʻlib amerikalik olim A.Akerlof oʻrgangan). Yaxshi avtomobillarning narxi 3000 doll. Agar bozorda ikkala kategoriyadagi avtomobillar soni bir-biriga teng boʻlsa, avtomobilning oʻrtacha narxi 2000 doll. boʻladi. Ushbu holatda yaxshi avtomobilni ham, yomon avtomobilni ham sotib olish ehtimoli 50 foizga teng.
Biroq sotuvchilar oʻzlarining avtomobili sifatini yaxshiroq biladi, xaridorlar bunday axborotga ega emaslar. Yaxshi mashina sotuvchilarni 2000 doll. narx qanoatlantirmaydi. Yomon mashina sotuvchilarni esa 2000 doll. narx qanoatlantiradi va bu narx ular kutgan narxdan ancha yuqori.
Bozorda asimmetrik axborot boʻlgan sharoitda avtomobil bozoridagi narx avtomobil sifati toʻgʻrisida toʻliq axborotni bermaydi, natijada bozordagi savdo-sotiqlarni noratsional boʻlishiga olib keladi. Yaxshi avtomobil egalari oʻz avtomobillarini 2000 doll.da sotishdan voz kechadilar. Oqibatda yaxshi avtomobillar taklifi kamayadi. Yomon avtomobillar narxi yuqori boʻlgan uchun, ularning taklifi oshadi. Bunday holatda yaxshi avtomobil olish ehtimoli 50 foizdan nolga tushib ketadi.