Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Tavakkalchilikni (yoʻqotishlarni) pasaytirish



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə80/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

7.3. Tavakkalchilikni (yoʻqotishlarni) pasaytirish
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sugʻurtalash, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash.
Diversifikatsiya usulida tavakkalchilik bir necha tovarlarga taqsimlanadi, ya’ni biror tovarni sotish (sotib olish) yuqori tavakkalchilik bilan bogʻliq boʻlishi boshqa bir tovarni sotishdan (sotib olishdan) boʻladigan tavakkalchilikni kamaytirishga olib keladi.
Masalan, biror firma ikki xil mahsulot ishlab chiqaradi. Ma’lumki, bir vaqtning oʻzida ikkala mahsulot turiga boʻlgan talabning kamayib ketish ehtimoli, ulardan bittasiga boʻlgan talabni kamayib ketish ehtimolidan yuqori. Koʻp hollarda bir turdagi mahsulotga boʻlgan talab kamayganda ikkinchi turdagi mahsulotga boʻlgan talab oshadi. Quyidagi 4-jadvalda ikki turdagi mahsulotdan olinadigan daromadlar keltirilgan.
7.4-jadval
Tovarlarni sotishdan tushgan daromad.

Tovarlar turi

Yoz fasli

Qish fasli

1-tur (muzqaymoq)

6 mln. soʻm

1 mln. soʻm

2-tur (issiq choy)

1 mln. soʻm

6 mln. soʻm

Firma oʻz ishlab chiqarishini diversifikatsiya qilib yoz oyida ikkinchi tur tovar hisobidan yoʻqotadigan daromadini birinchi tur tovarni koʻproq sotish hisobidan qoplaydi. Xuddi shunday qish faslidagi yoʻqotishlar ikkinchi tovar hisobidan qoplanadi. Koʻrinib turibdiki firma diversifikatsiya yoʻli bilan tavakkalchilikni kamaytirdi. Lekin, diversifikatsiya tavakkalchilikni toʻliq yoʻqotmaydi, u faqat kamaytiradi xolos.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin