Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə92/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

8.3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish va uning xarajatlari toʻgʻrisida gapirganda, ular qisqa muddatda va uzoq vaqtda amal qilishining farqiga borish muhimdir. Qisqa muddatli deb ishlab chiqarish omillarining hech boʻlmaganda birontasini ham oʻzgartirib boʻlmaydigan vaqtga aytiladi. Shu vaqt davomida oʻzgara olmaydigan omillarni doimiy ishlab chiqarish omillari deyiladi. Masalan, firmaning kapitalidan foydalanish yoʻnalishini oʻzgartirish uchun odatda uzoq vaqt talab qilinadi. Yangi zavod loyihalashtirilishi va qurilishi, stanoklar va boshqa asbob-uskunalar buyurtirilishi va joylashtirilishi kerak, buning uchun bir yil va undan ortiq vaqt ketadi. Uzoq muddatli davr deb barcha omillarga oʻzgartirish kiritish uchun yetarli boʻlgan vaqt mobayniga aytiladi. Bunday omillar oʻzgarib turadigan omillar deyiladi. Qisqa muddatli vaqt davomida firmalar ma’lum bir zavoddan va asbob-uskunalardan foydalanish intensivligini oʻzgartirishi mumkin. Uzoq muddat davomida esa ular zavodning quvvatini ham oʻzgartirishi mumkin. Barcha jalb etilgan ishlab chiqarish omillarining qisqa muddatli davrdagi holati firmalarning uzoq vaqtga moʻljallangan yechimlari bilan bogʻliq boʻlib, bu yechimlar ma’lum tovarlarni sotishdan tushadigan foydaning hisob-kitobiga asoslangan. Har bir alohida holatda qisqa muddatdagi va uzoq muddatdagi omillar harakatini farqlash zarur. Masalan, idishdan quyib sotiladigan bolalar limonadi uchun uzoq muddatli vaqt bir yoki ikki kunni, neftkimyo yoki avtomobil qurilishi firmalari uchun esa 10 yilni tashkil etadi.
Rasm qisqa va uzoq muddatda omillar harakati oʻrtasidagi farqni oʻrganish imkonini beradi. Faraz qilaylik, (A nuqtada) firma bir dona (birlik) mehnat resurslari va 3 birlik kapitaldan foydalanib 55 birlik (dona) oziq-ovqat mahsulotini ishlab chiqarmoqda, biroq u mahsulot ishlab chiqarishni 90taga yetkazmoqchi. Mehnat sarflari 30 dollar/soatni, kapital sarfi atigi 10 dollarni tashkil etgani uchun 55 dona mahsulot ishlab chiqarishning, umumiy qisqa muddatli xarajatlari 60 dollarga teng.
Uzoq muddatli davrda kapital ham, mehnat ham oʻzgarib turadigan ishlab chiqarish omillari boʻlgani uchun, masalan, E nuqtada mahsulotni qoʻshimcha ishlab chiqarish xarajatlari 110 dollarni tashkil etishi mumkin. Bu, bir dona mehnat resursi va ikki dona kapitaldan qoʻshimcha foydalanish bilan bogʻliq. Biroq, qisqa muddatli davr davomida biz ikkala omilni bir vaqtda qoʻllay olmaymiz. Demak, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning birdan-bir usuli A nuqtadan S nuqtaga siljigan holda mehnat omilini, ya’ni, mehnat sigʻimini 1dan Zgacha koʻpaytirishdir. Afsuski, 90 dona mahsulot ishlab chiqarishning qisqa muddatli xarajatlari 120 dollarni tashkil etadi, bu uzoq muddatli xarajatlarga (E nuqta) qaraganda 10 dollar ortiq.
Firmalar doimo qisqa muddatli ishlab chiqarishga doir qarorga keladilar va ayni vaqtda uzoq muddatli davrda omillarni oʻzgartirishni rejalashtiradilar. Qisqa muddatli davrda mahsulot ishlab chiqarishni 55dan 90 donagacha koʻpaytirish firmaga soatiga 60 dollarga tushadi. Biroq, uzoq muddatli davrda agar ishlab chiqarish jarayoni ikki dona (birlik) kapital qoʻshimcha ravishda foydalanilsa bu sarflar 50 doll. soatga pasayishi mumkin.
Shunday qilib, bizning firmamiz qoʻshimcha kapitalga buyurtma beradi, biroq ayni vaqtda uch mehnat birligidan foydalanib 90 dona mahsulot ishlab chiqaradi. Qoʻshimcha kapital kelib qoʻshilgan vaqtda firma oʻzi kiritadigan mehnat omilini kamaytirishi va foydani koʻpaytirishi mumkin.
Bitta oʻzgaruvchan ishlab chiqarish omili sharoitida ishlab chiqarish
Kapital qatʼiy belgilangan ishlab chiqarish omili boʻlib, mehnat esa oʻzgaruvchan hisoblanuvchi holatni koʻrib chiqamiz. Bu holda firma ishlab chiqarishni asosan mehnat resurslaridan foydalanish hisobiga koʻpaytiradi. Tasavvur qiling, masalan, Siz kiyim ishlab chiqaruvchi fabrikani boshqaryapsiz. Ixtiyoringizda doimiy (oʻzgarmas) miqdorda asbob-uskuna mavjud, ammo Siz asbob-uskunani foydalanish va kiyim tikish uchun oz yoki koʻp ishchi yollashingiz mumkin. Siz qancha kishi yollash va qancha kiyim ishlab chiqarishni hal qilishingiz kerak. Bir qarorga kelish uchun ishlab chiqariladigan mahsulot Q miqdori foydalaniladigan mehnat resurslari L oʻsgan sari qanday koʻpayishini (agar umuman koʻpaysa) bilish zarur.
Jadvalda mehnat sarfi turlicha va kapital sarfi doimiy boʻlgan sharoitda 10 birlikka teng ishlab chiqarish hajmi keltirilgan (birinchi ustun — mehnat sarfi, ikkinchisi — kapitalning oʻzgarmas miqdori va uchinchisi — ishlab chiqarish hajmi). Mehnat sarfi noʻlga teng boʻlganda, ishlab chiqarish hajmi ham noʻl boʻladi. Mehnat sarfi sakkiz birlikkacha oshganda ishlab chiqarish hajmi oʻsib boradi. Bu nuqtadan yuqorida ishlab chiqarish hajmi kamayadi. Bungacha har bir qoʻshimcha mehnat sarfi asbob-uskunalarning mehnat unumdorligini oshirgan, biroq koʻrsatilgan bu nuqtadan keyin qoʻshimcha mehnat sarflari toʻla boʻlmay qoladi va samaraga qarshi boʻlib qolishi mumkin (yigʻish liniyasidan ikki kishiga qaraganda besh kishi yaxshi foydalanishi mumkin, biroq oʻn kishi bir-biriga xalaqit berib ishlaydi).

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin