Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə89/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Qisqa xulosalar
Kelajakka taalluqli har qanday harakat noaniq natijaga ega. Noaniqlik sharoitida iste'molchilar tomonidan ham, ishlab chiqaruvchilar tomonidan ham sotuvchi va xaridorlar sifatida qaror qabul qilishga to`g`ri keladi va bu qabul qilingan qarorlar albatta, ma'lum darajadagi risklar (tavakkalchilik) bilan bog`liq bo`lishi mumkin. Noaniqlik cheklangan resurslarni samarasiz taqsimlanishiga, ortiqcha sarflarga, vaqtni yo`qotishga olib keladi.
Tadbirkorlikka yoki daromad olish uchun tikilgan kapitalning qiymati kelgusida undan olinadigan daromad qiymatiga bog`liq ekan, demak u noaniqlik va risk (tavakkalchilik) bilan b o`langan ekan.
Risk (tavakkalchilik) – bu har qanday usul bilan baholangan ehtimollik, noaniqlik esa baholab b o`lmaydigan holat.
Noaniqlik sharoitida qaror qabul qilish deganda, to`liq axborot bo`lmaganda qaror qabul qilish tushuniladi. Biror voqea yoki hodisa to`g`risida axborot to`liq bo`lmasa, qabul qilingan qaror salbiy oqibatlarga, ya′ni ma′lum yo`qotishlarga olib keladi. Ushbu yo`qotishlar tavakkalchilikni bildiradi.
Tavakkalchilikni o`lchashning asosi ehtimol tushunchasi bilan bog`liq. Ehtimol ikki turga bo`linadi: matematik, ya′ni oldindan aniqlash mumkin bo`lgan ehtimol va statistik ehtimol.
Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan (yo`qotishdan) darak beradi.
Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud: diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish, tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va boshqalar.
Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi, firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi tavakkalchilikni kamaytiradi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin