8.5.Ishlab chiqarish omillari bir-birining oʻrnini bosishi
Har bir izokvantning burchak koeffitsiyenti, mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻzgarmagan holda bir ishlab chiqarish omilining oʻrnini ikkinchisi qanday qilib bosishini koʻrsatadi. Burchak koeffitsiyentining mutlaq koʻrsatkichi texnologik oʻrnini bosishning chegarali me’yori deyiladi(MRTS).
Kapitalni — mehnat bilan MRTS belgilangan mahsulotni ishlab chiqarishda bitga qoʻshimcha mehnat birligidan foydalanish hisobiga kapital qisqartirilishi mumkinligini koʻrsatadi. Bu koʻrsatkich, iste’mol nazariyasida esga olingan chegarali oʻrnini bosish me’yori (MRS)ra oʻxshashdir.
MRS kabi MRTS ham hamisha musbat koʻrsatkich hisoblanadi. Matematik shaklda (MRTS) = - foydalanilgan kapital miqdorining oʻzgarishi / mehnat sarflarining oʻzgarishi, yoki
MRTS = - LK /AL,
bunda AK va AL alohida izokvant (yoki doimiy Q) dagi kapital va mehnatning katta boʻlmagan oʻzgarishini ifodalaydi.
Ta’kidlash joizki, 105.5-rasmda mehnat sarflari 1 dan 2 birlikka koʻpaygan va mahsulot ishlab chiqarish 75 birlik darajasida boʻlganda texnologik oʻrnini bosish me’yori (-AK/AL) 2 ga teng. Biroq, mehnat sarflari 2 dan 3 birlikka koʻpayib va keyinchalik, 2/3 dan 1/3 gacha kamayganda MRTS 1 gacha pasayadi. Kapital qancha koʻp mehnat oʻrnini qoplasa mehnat unumdorligi shuncha past boʻladi, kapitaldan foydalanish esa samaraliroq boʻladi. Shuning uchun, mahsulot ishlab chiqarish hajmini doimiy miqdorda ushlab turish uchun kapitalni minimal miqdorda kamaytirish zarur. Bunday holatda izokvant bir tekis tus oladi.
Izokvantlar egri chiziqlari botiq shaklda boʻladi, ya’ni MRTS izokvant boʻylab pastga siljigan sari qisqaradi. Texnik oʻrnini bosishning chegarali me’yori har qanday ishlab chiqarish omilining ishlatish samaradorligi cheklanganligini koʻrsatadi. Ishlab chiqarish jarayonida kapitalning oʻrnini koʻproq mehnat bosishi uning unumdorligini pasaytiradi. Xuddi shunday tarzda mehnatning oʻrnini koʻproq kapital bosishi uning qaytimini kamaytiradi. Ishlab chiqarish uchun ikkala omilning mutanosibligi zarur.
Taxmin qilganimizdek, MRTS mehnatning chegarali mahsuli MPL va kapitalning chegarali mahsuloti MRK bilan jips bogʻliq.
Buni koʻrish uchun faraz qilaylik, mehnat sarflari bir oz koʻpaytirilgan va kapitaldan foydalanish miqdori bir oz kamaytirilganda mahsulot ishlab chiqarish hajmi oʻzgarmay qoladi. Mehnat xarajatlarining koʻpayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishning oʻsishi qoʻshimcha mehnat birligiga (mehnat chegarali mahsuliga) toʻgʻri keladigan qoʻshimcha mahsulot ishlab chiqarishni qoʻshimcha mehnat birligi koʻpaytmasiga teng.
Xuddi shunday tarzda foydalanilgan kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarish hajmining kamayishi — bu kapital birligiga hisoblagan ishlab chiqarish hajmi kamayishining (kapital chegarali mahsulini), qisqartirilgan kapital miqdoriga koʻpaytmasiga teng: kapitalni kamaytirish natijasida ishlab chiqarishning pasayishi = (MRK) (DK) boʻladi.
Barcha izokvantlarda mahsulot ishlab chiqarish hajmi doimiy qoldirilgani uchun mahsulot ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi noʻlga teng boʻladi.
8.5-rasm. Texnik oʻrnini bosishning chegarali (marginal) me’yori
Shunday qilib:
(MPL) (AL) + (MRK) (DK) = 0
Endi, shartlarni oʻzgartirgan holda, koʻramizki:
(MPL) (MRK) = -(AK/AL) =MRTS (6.2.)
Tenglama (10.2.)dan koʻrinib turibdiki, alohida izokvant uchun ishlab chiqarish jarayonida kapitalning oʻrnini mehnat bosishi chegarali kapital chegarali mahsulotini koʻpaytiradi va mehnatning chegarali mahsulotini kamaytiradi. Ikkala oʻzgarishning umumiy natijasi, bu texnik oʻrnini bosishning chegarali me’yori pasayishi va izokvantlarning tenglashish holatidir.
Ishlab chiqarish funksiyalari — ikki alohida holat.
Ishlab chiqarish jarayonida bir omilning oʻrnini boshqasi bosish imkoni chegaralarini hisobga olish uchun ishlab chiqarish funksiyasining ikkita alohida holatidan foydalanish mumkin. 8.6-rasmda koʻrsatilgan birinchi holatda omillar eng maqbul ravishda bir-birining oʻrnini bosadi.
Bu holatda MRTS izokvantning barcha nuqtalarida doimiy (oʻzgarmas). Bu holatda bir miqdordagi mahsulot faqat mehnat bilan, faqat kapital bilan yoki har ikkalasi oʻzaro bogʻliq holda ishlab chiqarilishi mumkin. Masalan, Q hajmda mahsulot ishlab chiqarish faqat kapital hisobiga (A nuqtada), faqat mehnat hisobiga (S nuqtada) yoki
8.6-rasm. Ishlab chiqarish omillari eng maqbul oʻrin almashganda ishlab chiqarish funksiyasining oʻzgarish tavsifi.
ikkala omillar hisobiga (V nuqtada) yuz beradi. Odatda bunday holat uchramaydi, biroq bir qator holatlarda firmaning ishlab chiqarish jarayoniga oqilona yondashishini ta’minlaydi. Masalan, yoʻl yoki koʻprik ustidagi telefon-avtomatga avtomatik ravishda yoki texnik-xodimlar yordamida xizmat koʻrsatilishi mumkin. Boshqa misol, musiqa asboblarini ishlab chiqarish toʻla avtomatlashgan mashinalarda yoki yuqori malakalari mutaxassislar mehnati bilan amalga oshadi. 8.7-rasm mutlaqo teskari holatni — omillar tarkibi oʻzgarmagan holdagi ishlab chiqarish funksiyasini koʻrsatadi. Bu holatda bir omilni boshqa omil bilan almashtirish mumkin emas (iloji yoʻq). Mahsulot ishlab chiqarishning har bir ma’lum hajmi mehnat va kapitalning ma’lum nisbatda oʻzaro bogʻliqligini talab qiladi. Ishlab chiqarishni oʻstirish uchun mehnat va kapital sarflarini ma’lum nisbatda koʻpaytirish zarur. Natijada, 10.7-rasmda izokvantlar toʻgʻri burchak shakliga ega boʻladilar. Bunday funksiya uchun betondan qilingan sayrgoh yoʻlakchalarini pnevmatik bolgʻalar yordamida ta’mirlash misol boʻla oladi. Ikkita ishchi va bitta bolgʻani yoki ikkita bolgʻa va bitta ishchining ishlashi bilan mehnat unumdorligi oʻsmaydi. Boshqa misol — taksi xizmatiga, kundalik sharoitda bir haydovchi va bir mashina kerak.
8.7-rasmda A,V va S nuqtalari kiritilgan omillarning texnik jihatdan oʻzaro samarali bogʻlanishini koʻrsatadi. Masalan, Q hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun A nuqtada L miqdorda mehnat va K miqdorda kapital foydalaniladi. Agar K,da kapital oʻzgarmas boʻlsa mehnat sarflarining koʻpayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini oʻzgartirmaydi.
8.7-rasm. Omillar tarkibi oʻzgarmas boʻlgan holdagi ishlab chiqarish funksiyasi
Shuningdek, L, da mehnat sarflari oʻzgarmas boʻlsa, kapitalning koʻpayishi mahsulot ishlab chiqarish hajmini, oʻzgartirmaydi. Shunday qilib, toʻgʻri burchakli izokvantlarning tik va yotiq qismlarida mehnatning chegarali mahsuloti ham, kapitalning chegarali mahsuloti ham noʻlga teng. Ham kapitaldan ham mehnatdan foydalanish koʻpaysa, ya’ni ishlab chiqarish omillarining ma’lum nisbatda oʻzaro bogʻlanishi A dan V ga oʻzgarsa, mahsulot chiqarish koʻpayishi mumkin.
Ishlab chiqarish omillari tarkibi oʻzgarmay (doimiy) qolgandagi ishlab chiqarish funksiyasi shunday vaziyatni ifodalaydiki, bunda firma ishlab chiqarish usulini tanlashi cheklangan boʻladi.
Masalan, televizion spektaklni sahnalashtirish kapital (kamer ovoz asboblari va hokazo) bilan mehnat (rejissyor, ijrochi va b.)ning ma’lum nisbatda oʻzaro bogʻlanishini talab etadi. Televizion spektakllar sonini koʻpaytirish uchun barcha ishlab chiqarish omillarini koʻpaytirish kerak boʻladi. Xususan, mehnat sarflarini qisqartirish hisobiga kapital sarflarini koʻpaytirish murakkab, chunki ijrochi (aktyor)lar zaruriy ishlab chiqarish omili hisoblanadi (ehtimol hayvonlar toʻgʻrisidagi filmlar bundan mustasnodir. Xuddi shuningdek, kapitalni mehnat bilan almashtirish qiyin, chunki filmlar va spektakllarni qoʻyish juda murakkab asbob-uskunalarni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |