Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə102/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

9.3. Xarajat egri chiziqlari va ularning shakllari
Gorizontal kesim firmaning mahsulotlari miqdorini va vertikal kesim chekli va oʻrtacha xarajatlarni aks ettiradi. Grafik 4 egri chiziqdan iborat: oʻrtacha umumiy xarajat (ATC), oʻrtacha oʻzgarmas xarajat (AFC), oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC).
Xarajat egri chiziqlari firma misolida aks ettirilgan va iqtisodiyotda koʻpchilik firmalar uchun zarur boʻlgan asosiy xususiyatlarga ega. Keling ushbu uchta jihatlarni tahlil qilamiz: chekli xarajat egri chizigʻi shakli, oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻi shakli va chekli va oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtasidagi bogʻliqlik.

Firmaning oʻrtacha va chekli xarajatlari egri chiziqlari

Bu cрizma firma uchun oʻrtacha umumiy xarajat (ATC), oʻrtacha oʻzgarmas xarajat (AFC), oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)ni aks ettiradi. Ushbu hamma egri chiziqlar 2-jadval asosida shakllantirilgan. Bu xarajat egri chiziqlari koʻpchilik firmalar uchun alohida xususiyatga ega boʻlgan uchta jihatga ega: 1) Chekli xarajat mahsulot hajmi oʻsishi bilan oʻsadi; 2) Oʻrtacha umumiy xarajat U-shaklidagi egri chiziqni aks ettiradi; 3) Chekli xarajat egri chizigʻi oʻrtacha xarajat egri chizig`ini minimum umumiy oʻrtacha xarajat egri chizigʻida kesib o`tadi.





Xarajat

Mahsulot miqdori

Oʻsib boruvchi chekli xarajat.
Firmaning chekli xarajatlar u ishlab chiqargan mahsulot soniga qarab ortadi. Bu kamayib borayotgan chekli mahsulotlar narxida aks etadi. Firma oz miqdorda mahsulot ishlab chiqarsa, uning ishchilari oz boʻladi va uning koʻp uskunalari ishlatilmaydi. Chunki u mazkur ishlatilmayotgan resusrlarni osongina muomalaga kirita oladi, qoʻshimcha ishchining ehtiyojsiz mahsuloti koʻp va qoʻshimcha mahsulotning narxi past. Aksincha, firma koʻp mahsulot ishlab chiqarganda, u ishchilar bilan toʻladi va uning barcha uskunalari toʻlaligicha ishlatiladi. Firma ishchilar qoʻshish orqali koʻp mahsulot ishlab chiqara oladi, lekin bu ishchilar shovqinli olomon ichida ishlashiga va uskunalarni ishlatish uchun kutib qolishiga toʻgʻri kelishi mumkin. Shuning uchun, qachonki, ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori yuqori boʻlganda, qoʻshimcha ishchining ahamiyatga ega boʻlmagan mahsuloti oz boʻladi va qoʻshimcha mahsulot narxi yuqori boʻladi.
U-shaklidagi oʻrtacha umumiy xarajat. 9.4-chizmada koʻrsatilganidek firmaning oʻrtacha umumiy xarajat koʻrsatkichi “U” shaklda. Nega bunday ekanini tushuninsh uchun oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat yigʻindisiga tengligini yodda tutish kerak. Oʻrtacha oʻzgarmas xarajat doim ishlab chiqarish ortishi bilan pasayadi, chunki bu xarajat koʻplab sohalarga yoyiladi. Oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat esa ishlab chiqarish ortishi bilan ortadi.
Oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatninng holatini aks ettiradi. Ishlab chiqarishning juda past darajalarida, misol uchun har soatda 1 yoki 2 dona mahsulot boʻlsa, oʻrtacha umumiy xarajat juda yuqori boʻladi. Oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat past boʻlishiga qaramay, oʻrtacha oʻzgarmas xarajat yuqori, chunki oʻzgarmas xarajat faqat bir qancha birlikka orttiriladi. Ishlab chiqarish oʻsishi bilan oʻzgarmas xarajat oshadi. Oʻrtacha oʻzgarmas xarajat dastavval keskin darajada, keyinroq esa sekinlik bilan pasayadi. Buning natijasi oʻlaroq, oʻrtacha umumiy xarajat ham firma ishlab chiqarishi bir soatda besh dona mahsulot va bir birlik mahsulotga 1.30$ gacha pasayadi. Qachonki firma bir soatda olti donadan koʻproq mahsulot ishlab chiqarsa, oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatning oʻsishi yetakchi kuchga aylanadi va oʻrtacha umumiy xarajat oʻsa boshlaydi. Oʻrtacha oʻzgarmas va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlar oʻrtasidagi kurashning kuchi oʻrtacha umumiy xarajatda U shaklini yaratadi.
U-shaklining quyi qismi oʻrtacha umumiy xarajatni qisqartiradigan miqdorda sodir boʻladi. Bu miqdor firmaning ba’zan samarali hajmi deb ataladi. Firma uchun samarali hajm soatiga 5 yoki 6 dona mahsulot hisoblanadi. Agarda u bu miqdordan kamroq yoki koʻproq mahsulot ishlab chiqarsa, uning oʻrtacha umumiy xarajati 1.30$ dan oshadi. Mahsulot ishlab chiqarishni pastroq bosqichlarida oʻrtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq boʻladi, chunki aralash xarajat juda ham kam mahsulotga tarqaladi. Mahsulot ishlab chiqarish yuqori bosqichlarida oʻrtacha umumiy xarajat 1.30$ dan yuqoriroq boʻladi, chunki qoʻshilgan mahsulotning foydasi sezilarli ravishda qisqargan. Samaradorlik darajasida bu ikki kuchlar eng past umumiy xarajat yaratish uchun muvozanatlashtiriladi.
Chekli xarajat va oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtasidagi bogʻliqlik.
9.4-chizmaga qarasak, dastavval gʻalati narsaga duch kelasiz. Qachonki chekli xarajat oʻrtacha umumiy xarajatdan pastroq boʻlsa, oʻrtacha umumiy xarajat tushayotgan boʻladi. Shuning aksi boʻlsa, oʻrtacha umumiy xarajat oshadi. Firma xarajat chiziqlarining bu xususiyati namunada foydalanilgan oʻziga xos rasmlarga oʻxshamaydi. U hamma firmalar uchun toʻgʻri. Nima uchun bunday? Oʻrtacha xarajat va oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtasidagi aloqa muhim natijaga ega: oʻrtacha xarajat chizigʻi oʻrtacha umumiy xarajat chizigʻini oʻzining eng pastki nuqtasidan kesib oʻtadi. Lekin ikki chiziq tutashgach, sezilarsiz narx oʻrtacha umumiy xarajat chizigʻidan tepaga koʻtariladi. Hozirgina muhokama qilganimiz sababli, oʻrtacha umumiy xarajat ishlab chiqarishni bu darajasida koʻtarilishni boshlashi kerak.
Koʻpchilik firmalarda chekli mahsulot birinchi ishchi yoʻllanganidan keyin, darrov faoliyatini boshlamaydi. Ishlab chiqarish jarayoniga bogʻliq holda, 1-ishchiga qaraganda 2- yoki 3- ishchida koʻproq sifatli mahsulot boʻladi, chunki, ishchilar jamoasi topshiriqlarni boʻlib olishlari mumkin va bitta ishchiga qaraganda unumliroq ishlaydilar. Firmalar sifatli mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashdan oldin, oʻz tajribalarini oshirish uchun bu koʻrgazmalarni namoyish qiladilar. Oʻrtacha umumiy, oʻrtacha oʻzgarmas, oʻrtacha oʻzgaruvchan, chekli xarajatlarni biron-bir firma misolida 5-chizmada, oʻrtacha umumiy xarajat (ATC), oʻrtacha oʻzgarmas xarajat (AFC), oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat (AVC) va chekli xarajat (MC)larni oʻz ichiga olgan holda koʻrsatilgan. Ishlab chiqarish hajmi pasayganda chekli mahsulot ishlab chiqarishda firmaning tajribasi oshadi va diagrammada chekli xarajat egri chiziqlari pasayadi. Nihoyat, firma chekli mahsulot qisqarishini tajriba qilganidan soʻng xarajatlar koʻtarila boshlaydi. Bu oʻsish kombinatsiyasi keyinchalik chekli mahsulotning qisqarishini, va oʻrtacha-oʻzgaruvchan-xarajat diagrammasini hosil qiladi. Bizning dastlabki misolimizdagi farqlarga qaramasdan, xarajatlar tebranishining 3 ta xususiyatini eslab qolish uchun juda muhim:

  • Chekli xarajatlar nihoyat ishlab chiqarish miqdori bilan birgalikda oshadi.

  • Oʻrtacha-umumiy-xarajat “U” shaklida shakllanadi.

  • Chekli xarajatlar egri chizigʻi oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻini minimum nuqtasidan kesib oʻtadi.





Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin