Nazorat savollari 1. Ishlab chiqarish xarajatlari deganda nimani tushunasiz?
2. Umumiy xarajatga, oʻrtacha umumiy xarajatga va chekli xarajatga ta’rif bering. Ular orasida qanday bogʻliqlik bor?
3. Oʻrtacha xarajatlar qanday aniqlanadi va ularning qanday turlari mavjud?
4. Chekli xarajatlar qanday aniqlanadi va uning grafigi qanday koʻrinishga ega?
5. Chekli xarajatning va oʻrtacha umumiy xarajatning egri chiziqlarini biron-bir firma misolida chizib koʻrsating.
6. Chekli xarajatning va oʻrtacha umumiy xarajatning egri chiziqlarining kesishgan joylari nima uchun kesishganini tushuntiring.
7. Qanday qilib va nima uchun firmaning oʻrtacha umumiy xarajatining egri chizigʻi bir-biridan farq qiladi?
8. Iqtisodiy samara deganda nimani tushunasiz va uning qanday turlari mavjud?
10-MAVZU. RAQOBATLASHGAN BOZORLARDAGI FIRMALAR FAOLIYATI REJA: 10.1 Raqobat tushunchasi 10.2. Raqobatlashuvchi firmaning daromadi. 10.3. Foydani maksimallashtirish va raqobatli firmalarning taklif egri chizigʻi 10.4.Raqobat bozorida taklif egri chizigʻi Tayanch iboralar: Raqobat, Raqobatlashgan bozordagi narx, oʻrtacha va chekli daromad, Sotuvchining umumiy, oʻrtacha va chekli daromadlarini hisoblash, Chekli xarajatning ishlab chiqarish hajmiga bogʻliqligi, Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli, Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda tarmoq muvozanati oraliqdagi yoʻqotishlari
10.1 Raqobat tushunchasi Bozor mukammal raqobatlashgan yoki raqobatlashgan bozor boʻladi, agar unda quyidagi shartlar bajarilsa:
sotuvchi va xaridorlar bozorda mahsulot narxi qanday boʻlsa, shunday qabul qiladilar va ular narxga ta’sir qila olmaydilar;
bozorga yangi sotuvchilarni kirishi va sotuvchilarni bozordan chiqishi cheklanmagan;
sotuvchilar birgalikda harakat qilish strategiyasini ishlab chiqmaydi;
bozor subyektlari bozor toʻgʻrisida toʻliq axborot olish imkoniyatiga ega.
Bunday shartlar bajariladigan bozor mukammal raqobatlashgan bozor hisoblanadi yoki sof raqobatlashgan hamda raqobatlashgan bozor deb qaraladi. Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmaning raqobatlashuvchi firma deb qaraladi. Bundan keyin raqobatlashuvchi firma toʻgʻrisida gapirilganda, biz raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firmani nazarda tutamiz.
Demak, raqobatlashgan bozorda tovar narxi bozorda talab va taklif asosida shakllanadi va unga sotuvchi ham xaridor ham ta’sir qila olmaydi:
. (1)
Raqobatlashgan bozorda har bir alohida sotuvchi tomonidan sotiladigan tovarning bozorda sotiladigan umumiy tovar miqdoridagi ulushi juda oz boʻlgani uchun ham u tovar narxini oʻzgartira olmaydi.
Mukammal raqobatlashgan bozorda sotuvchilar ham xaridorlar ham koʻp.
Raqobatlashgan bozorni tahlil qilganimizda bozordagi tovarlarni bir xil deb, ya’ni ularning sifati bir xil deb qaraymiz. (Amalda tovarning sifatiga qarab, ularning narxi har xil boʻladi, sifatli tovarning narxi sifati pastroq tovarning narxiga koʻra yuqori boʻladi).
Raqobatlashgan bozorda umumiy daromad firma tomonidan ma’lum miqdordagi ne’matni sotishdan olgan daromadiga teng, ya’ni umumiy daromad sotilgan mahsulot miqdorini uning narxiga koʻpaytmasiga teng:
, (2)
bu yerda yoki - umumiy daromad; - narx; - sotilgan ne’mat miqdori.
Umuman olganda, daromad sotilgan mahsulot miqdoriga bogʻliq boʻlganligi uchun, u koʻrinishida yoziladi.
Oʻrtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga toʻgʻri keladigan daromaddir, ya’ni:
. (3)
Chekli daromad ( ) - bu qoʻshimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning oʻsgan qismi , ya’ni:
. (4)
Demak, raqobatlashgan bozorda talab chizigʻi oʻrtacha va chekli daromadlar chizigʻi bilan ifodalanadi.
Agar abssissa oʻqi boʻyicha mahsulot miqdori ni va ordinat oʻqi boʻyicha tovar narxini joylashtirsak, ular oʻrtasidagi bogʻliqlik gorizontal oʻqqa nisbatan parallel chiziq bilan ifodalanadi va bu chiziq raqobatlashgan bozorda harakat qiluvchi firma mahsulotiga boʻlgan talab chizigʻini beradi (10.1-rasm).
10.1-rasm. Raqobatlashgan bozordagi narx, oʻrtacha va chekli daromad
Rasmdan koʻrinib turibdiki, raqobatlashgan bozordagi talabning narx boʻyicha elastikligi cheksizdir , ya’ni absolyut elastik. Bu degani, raqobatlashgan bozorda biror sotuvchi oʻz tovari narxini kichik miqdorga oshirsa, u oʻzining barcha xaridorlaridan ajraladi, agar narxni kichik miqdorga kamaytirsa, u oʻziga bozordagi barcha xaridorlarni tortadi.
Misol. Raqobatlashgan bozorda bir xil sifatli apelsin sotilmoqda. Sotuvchining umumiy, oʻrtacha va chekli daromadlarini hisoblaymiz. Ushbu hisob-kitoblar quyidagi jadvalda keltirilgan.
10.1-jadval