Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə107/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

oraliqdagi yoʻqotishlari.
Umuman olganda, raqobatlashuvchi firma qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarishni davom ettirishi yoki davom ettirmasdan ishlab chiqarishni toʻxtatishi toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilishda firma oʻz daromadini umumiy oʻrtacha xarajat bilan emas, balki faqat oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajat bilan taqqoslaydi. Nima uchun deganda, oʻzgarmas xarajatlar sarflanib boʻlingan va ularni firmani yopganda ham kamaytirib boʻlmaydi. Shuning uchun ham narx oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatdan yuqori boʻlib, oʻrtacha umumiy xarajatdan past boʻlganda firma kelajakda foydaga chiqish maqsadida ishlab chiqarish zarar ishlasa ham oʻz faoliyatini davom ettiradi va shu bilan birga umumiy zararni minimallashtirishga harakat qiladi. Nima uchun deganda, bu narx oʻrtacha umumiy xarajatdan kichik boʻlgani bilan, u firmaning oʻzgaruvchan xarajatlarini (xomashyo sarfi, ish haqini) qoplaydi, bundan tashqari oʻzgarmas xarajatning ham ma’lum qismini qoplaydi.
Umumlashtirib aytadigan boʻlsak, raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma qisqa muddatli oraliqda xarajatlari bilan daromadlarini taqqoslagan holda foydani maksimallashtirishda chekli mahsulot va ishlab chiqarishni toʻxtatish qoidasiga amal qiladi.
Chekli mahsulot qoidasiga koʻra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatni tengligini ta’minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .
Ishlab chiqarishni toʻxtatish qoidasiga koʻra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik boʻlsa, ya’ni raqobatlashgan bozordagi narx oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatdan kichik boʻlsa (7.7-rasmda V nuqta), firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi). V nuqta firmaning yopilish nuqtasi hisoblanadi.

10.7-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli


oraliqdagi harakat qilish qoidalari
Yuqoridagi qoidalar firma uchun umumiy xarakterga ega. Firma qaysi bozorda faoliyat koʻrsatishidan qat’iy nazar ushbu qoidalar oʻz kuchini saqlaydi. 12.7-rasmda A nuqta firmaning zararsiz ishlash nuqtasi deyiladi, bu nuqtada boʻlib, firma zarar ham koʻrmasdan, foyda ham olmasdan ishlashini ifodalaydi.
Firmaning taklif chizigʻi har bir mumkin boʻlgan narxlarda firma qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqarib taklif qilishini ifodalaydi. Yuqorida koʻrdikki, firma mahsulot ishlab chiqarishni narx chekli xarajatga teng boʻlgunga qadar oshiradi va narx oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatdan kichik boʻlsa, ishlab chiqarishni toʻxtatadi (firma yopiladi). Demak, firmaning noldan yuqori hajmdagi ishlab chiqarish taklif chizigʻi chekli xarajatning oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatning minimumidan yuqorida yotgan qismi bilan ustma-ust tushadi (12.8-rasm, chekli xarajat chizigʻining A nuqtadan yuqori qismi). minimumidan yuqori boʻlgan har qanday narx da foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ni grafik orqali aniqlashimiz mumkin) (10.8-rasm).

10.8-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizigʻi


Raqobatlashgan bozorda narxning oshishi bozordagi firmalarni ishlab chiqarish hajmini oshirishga undaydi, shuning uchun ham raqobatlashgan firmaning qisqa muddatli oraliqdagi taklif chizigʻi oʻsuvchi boʻladi.
Endi raqobatlashgan bozorda qisqa muddatli oraliqdagi tarmoq muvozanatini qaraymiz. Ma’lumki, bir turdagi (bir xil ehtiyojni qondiradigan) tovarlarni ishlab chiqaradigan firmalar birgalikda tarmoqni tashkil qiladi. U holda tarmoq taklifi tarmoqni tashkil qiluvchi firmalarning takliflari yigʻindisidan iborat boʻladi.
,
bu yerda - firmalar taklifi chiziqlari;
- tarmoq taklifi chizigʻi.
Agar tarmoq mahsulotiga talabni bilan belgilasak, bilan chiziqlari kesishgan nuqtasi tarmoqning muvozanat nuqtasini beradi va kesishgan nuqta ga mos keluvchi narx tarmoq muvozanat narxi, esa tarmoq muvozanat tovar hajmi deyiladi.

10.9-rasm. Raqobatlashgan bozorda, qisqa muddatli oraliqda



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin