Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


muvozanat holati ( -muvozanat nuqta)



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə109/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

muvozanat holati ( -muvozanat nuqta).
Raqobatlashuvchi firma tarmoqqa qarashli boʻlgani uchun (12) shart tarmoqning ham uzoq muddatli oraliqdagi (raqobatlashgan bozorda) muvozanat holatini ifodalaydi.
10.15-rasmdan koʻrish mumkinki, firmaning iqtisodiy foydasi uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holatida nolga teng. Lekin, bu firma umuman foyda olmaydi degani emas, aslida firma oʻzining qoʻygan (qoʻshgan) kapitaliga koʻra real normal foyda oladi. Iqtisodiy foyda alternativ xarajatni ham hisobga oladi, ya’ni firma egasining oʻz kapitalini boshqa bir sohaga qoʻyish natijasida oladigan foyda. Shuning uchun ham aytish mumkinki, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi oʻrtacha xarajatlari oʻz ichiga normal foydani (tarmoq boʻyicha oʻrtacha foydani) oladi. Firma egasining iqtisodiy foydasi nol degani, u oʻz kapitalini boshqa sohaga qoʻyganda ham shu miqdorga teng normal foydani olar edi, demak uning alternativ xarajati nolga teng. Agar firma egasining alternativ xarajati noldan yuqori, ya’ni musbat boʻlsa, u oʻz kapitalini ushbu tarmoqdan olib, boshqa iqtisodiy foyda beradigan tarmoqqa qoʻygan boʻlar edi.
Shunday qilib, raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oʻrtacha xarajati narxga teng boʻlsa ham (nolga teng iqtisodiy foyda olsa ham), u oʻz ishini (normal foyda olgani uchun) toʻxtatmaydi.
Raqobatlashgan bozorda tarmoqqa kirish va undan chiqish erkin boʻlgani uchun va tarmoqning oʻzi ham raqobatlashuvchi boʻlgani uchun firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega.
Uzoq muddatli oraliqda tarmoqnig tipik vakili boʻlgan firma oʻz foydasini shunday ishlab chiqarish hajmida maksimallashtiradiki, bu hajmda uzoq muddatli chekli xarajat mahsulot narxiga teng boʻlsa (10.16-rasm).

10.16-rasm. Uzoq muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning ishlab chiqarish hajmini tanlashi.



Firmaning foydasi ishlb chiqarish hajmi ga teng boʻlganda maksimal boʻladi va u toʻrtburchak yuziga teng. Ishlab chiqarish hajmiin dan oshirish yoki kamaytirish firmaning umumiy foydasini qisqartirdi. Nima uchun deganda, agar ishlab chiqarish hajmi dan kichik boʻlsa, ( ) qoʻshimcha ishlab chiqarilgan mahsulotning chekli daromadi chekli xarajatdan koʻp, demak ishlab chiqarishni oshirish maqsadga muvofiqdir. Ammo ishlab chiqarish hajmining dan yuqori boʻlgan har qanday hajmida chekli xarajat chekli daromaddan yuqori, shuning uchun qoʻshimcha ishlab chiqarilgan mahsulot foydani qisqartiradi.
Umuman olganda koʻrish mumkinki, bozor narxi qancha yuqori boʻlsa, albatta xarajatlar oʻzgarmaganda, firma shuncha koʻp foyda oladi. Xuddi shunday bozor narxi boʻlganda, firma foydasini maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi nuqta, ya’ni uzoq muddatli oʻrtacha xarajatlarning minimumi bilan aniqlanadi. Bunday holda firmaning iqtisodiy foydasi nolga teng. Lekin, firma, biz yuqorida aytganimizdek, iqtisodiy foyda nol boʻlganda ham investitsiya qilgan kapitaliga normal foyda oladi.
Uzoq muddatli oraliqda, raqobatlashgan bozorda nafaqat firma raqobatlashuvchi boʻladi, balki tarmoqning oʻzi ham raqobatlashuvchi boʻladi. Tarmoqdan chiqish yoki tarmoqqa kirish, firmalar uchun erkin boʻlganligi uchun, firmalarning iqtisodiy foydasi nolga yaqinlashish tendentsiyasiga ega.
Shuning uchun ham, tarmoqda uzoq muddatli muvozanat holatiga erishiladi, qachonki mahsulot narxi tarmoqning tipik vakili boʻlgan firmaning uzoq muddatli oʻrtcha xarajati minimumiga teng boʻlsa (7.17-rasm).
Firma nolga teng iqtisodiy foyda olganda, unda tarmoqdan chiqib ketishga hojat qolmaydi, boshqa firmalarning ham tarmoqqa kirib kelishidan manfaatdor emas. Uzoq muddatli muvozanat holat quyidagi oʻrtacha shart bajarilganda sodir boʻladi. Birinchidan, tarmoqdagi barcha firmalar oʻz foydalarini maksimallashtiradi. Ikkinchidan, hamma firmalar nolga teng iqtisodiy foyda olgani uchun har bir firma tarmoqqa kirishdan va undan chiqishdan manfaatdor emas. Uchinchidan, mahsulotning narxi shundayki, bu narxda umumiy taklif (tarmoq taklifi) umumiy iste’mol talabiga ten
g.

. (1)

10.17-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning uzoq muddatli oraliqdagi



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin