Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


oraliqdagi taklif chizigʻi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə112/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

oraliqdagi taklif chizigʻi
Masalan malakasiz ishchi kuchiga talab oshgani bilan uning narxi odatda oʻzgarmaydi.
Xarajatlari oʻsayotgan tarmoq. Xarajatlari oʻsuvchi tarmoqda, tarmoq kengayishi bilan birga bir qator yoki barcha omillarga talab oshdi va bu omillarning narxi ham oshadi.
Bu yerda misol tariqasida malakali ishchi kuchini keltirish mumkin. Yoki yerga solinadigan oʻgʻitlar narxi oshsa, yerga oʻgʻitning solinishi bir tomondan mahsulot ishlab chiqarishni oshiradi va shu bilan birga yerning qiymati ham oshadi.
Faraz qilaylik, tarmoq uzoq muddatli muvozanat holatda boʻlsin (E nuqta) (12.20-rasm, b). Taklif chizigʻi dan holatga siljiganda (qisqa muddatli oraliqda) mahsulot narxi dan ga oʻsadi, ishlab chiqarish hajmi esa dan ga.
Tipik firma (12.20-rasm, a) narx ga oʻsganda foydani maksimallashtirish uchun ishlab chiqarish hajmini dan ga oshiradi. Bu siljish qisqa muddatli chekli xarajat chizigʻi boʻyicha boʻladi. Koʻrinib turibdiki, yuqori foyda tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishiga sabab boʻladi.


10.20-rasm. Xarajatlari oʻsuvchi tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklifi chizigʻi.


Tarmoqqa yangi firmalarning kirib kelishi, ishlab chiqarish hajmining oshishi, ishlab chiqarish omillariga boʻlgan talabni oshiradi va bu oʻz navbatida ba’zi bir yoki barcha foydalaniladigan omillar narxini oshishiga olib keladi. Yangi firmalarning kirib kelishi bozor taklifi chizigʻi ni holatga (ilgariday boshlangʻich muvozanat narxigacha emas, balki undan yuqoriroq boʻlgan muvozanat holatga) siljitadi va natijada yangi muvozanat holat E2 vujudga keladi, bu holatga yangi muvozanat narx R3 toʻgʻri keladi va R1 dan yuqori. Yangi muvozanat narx R3 ning oldingi R1 dan yuqori boʻlishi firmalarni oʻsgan xarajatlarini qoplaydi va ularga uzoq muddatli oraliqdagi muvozanatda nolga teng foydani olishni ta’minlaydi. Nima uchun deganda, ishlab chiqarish omillariga boʻlgan narxning oshishi firmaning uzoq muddatli va qisqa muddatli xarjatlarini oʻsishiga olib keladi. Ushbu vaziyat (10.20-rasm, a) da oʻz ifodasini topgan. Bu yerda uzoq muddatli oʻrtacha xarajatlar yuqoriga ya’ni dan ga siljiydi, chekli qisqa muddatli xarajatlar chapga, holatdan holatga siljiydi. Yangi uzoq muddatli oʻrtacha xarajatlar minimumi yangi muvozanat narx R3 ga teng boʻladi. Bu yerda ham oʻzgarmas xarajatli tarmoq kabi boshlangʻich talab oshish hisobidan olingan qisqa muddatli yuqori foyda uzoq muddatli oraliqda firma ishlab chiqarish hajmini oshirib borgan sari yoʻqolib boradi, ishlab chiqarish omillariga boʻlgan xarajat esa ortib boradi.
Demak, tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizigʻi uzoq muddatli muvozanat nuqtadan, ya’ni E2 nuqtadan oʻtadi (10.20-rasm b, SL chizigʻi).
Xarajatlari oʻsayotgan tarmoqning uzoq muddatli taklif chizigʻi unga yuqoriga tomon yotiq boʻladi, nima uchun deganda, tarmoqdagi firmalar sonini oshishi bilan bir qatorda barcha firmalar uchun resurslar narxi ham oʻsib boradi.
Xarajatlari kamayib boradigan tarmoqda tarmoq ishlab chiqarishi ortib borganda, resurslarga boʻlgan narx pasayib boradi. Natijada tarmoqning uzoq muddatli oraliqdagi taklif chizigʻi unga pastga tomon yotiq boʻladi (10.21-rasm).

10.21-rasm. Xarajatlari kamayuvchi tarmoqning uzoq muddatli taklif chizigʻi (SL)


Tarmoq kengayganda, uning xarajatlarni kamaytirish imkoniyati ham keng boʻladi. Masalan, yirik tarmoqda transport tizimini samarali tashkil qilish evaziga xarajatlar kamayishi mumkin, yirik tarmoqda resurslardan ham optimal foydalanish imkoniyati tugʻiladi (masshtab samarasi) bu ham pirovardda mahsulot narxini pasaytirishga olib kelishi mumkin. Oʻrtacha xarajatning va tovar narxining pasayishi kengayayotgan tarmoqni yangi muvozanat nuqtaga olib keladi (10.21-rasmda E2 nuqta).
Umumlashtirib ta’kidlash mumkinki, alohida firmaning uzoq muddatli oraliqdagi muvozanat holati oʻrtacha xarajati minimal boʻlib, nolga teng boʻlgan iqtisodiy foyda olish bilan tavsiflanadi. Bu, ya’ni boʻlishi yana shundan darak beradiki, iste’molchi oʻzi talab qilgan hajmdagi mahsulotni mavjud xarajatlar imkoni darajasidagi eng minimal narxda sotib oladi. Bundan xulosa qilib aytish mumkinki, raqobatlashgan bozor samarali ishlab chiqarishni ta’minlaydi.



Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin