Sotuvchining umumiy, oʻrtacha va chekli daromadlarini hisoblash
Sotilgan apelsin miqdori,
|
Apelsin narxi,
|
Oʻrtacha daromad,
|
Yalpi daromad,
|
Chekli daromad,
|
0
|
75
|
75
|
0
|
-
|
1
|
75
|
75
|
75
|
75
|
2
|
75
|
75
|
150
|
75
|
3
|
75
|
75
|
225
|
75
|
4
|
75
|
75
|
300
|
75
|
5
|
75
|
75
|
375
|
75
|
6
|
75
|
75
|
450
|
75
|
7
|
75
|
75
|
525
|
75
|
8
|
75
|
75
|
600
|
75
|
9
|
75
|
75
|
675
|
75
|
10
|
75
|
75
|
750
|
75
|
Chekli daromad yalpi daromadning berilgan qiymatidan oldingisini ayirish bilan aniqlanadi. Masalan,
.
10.2. Raqobatlashuvchi firmaning daromadi.
Raqobatlashgan bozorda harakat qilayotgan firma ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshganda qanday qaror qabul qilishini koʻrib chiqamiz.
Bozordagi narx va firmaning boshlangʻich (ishlab chiqarish omillari narxi oʻzgarmagandagi) chekli xarajati va firma foydasini maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmi boʻlsin deylik (12.2-rasm).
10.2-rasm. Chekli xarajatning ishlab chiqarish hajmiga bogʻliqligi
Faraz qilaylik, ishlab chiqarish omillaridan birining narxi oshdi deylik. Omil narxining oshishi chekli xarajat ni yuqoriga chapga ga siljitadi. Nima uchun deganda, har bir ishlab chiqariladigan mahsulot xarajati oshadi. Foydani yangi chekli xarajatda maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ni tashkil qiladi, ya’ni hajmda .
Shunday qilib, ishlab chiqarish omili narxining oshishi firmani mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqartirishga majbur qiladi. Agar firma ishlab chiqarishni hajmda davom ettirganida shtrixlangan sohaga teng boʻlgan zararni koʻrgan boʻlar edi. Shtrixlangan soha firma foydasining yoʻqotilishi mumkin boʻlgan qismini ifodalaydi.
Qisqa muddatli oraliqda firma kapitali razmeri oʻzgarmaydi, shuning uchun u foydani maksimallashtiradigan oʻzgaruvchan ishlab chiqarish omillari hajmini tanlashi lozim boʻladi. Ma’lumki, foydani maksimallashtirish bu umumiy daromad bilan umumiy xarajatlar ayirmasini maksimallashtirish demakdir, ya’ni
Agar absissa oʻqi boʻyicha ishlab chiqariladigan mahsulot hajmini, ordinata oʻqi boʻyicha - umumiy daromadni joylashtirsak, daromadning masulot hajmiga bogʻliqligi koordinata boshidan chiquvchi nur bilan ifodalanadi. Umumiy xarajatlar esa oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisidan hosil boʻladi (2-rasm).
10.3-rasmdagi grafikdan koʻrish mumkinki, ishlab chiqarish hajmi kichik boʻlganda, firma foydasi manfiy boʻladi, firma zarar bilan ishlaydi, firmaning daromadi oʻzgarmas va oʻzgaruvchan xarajatlarni qoplash uchun yetarli emas.
Ishlab chiqarish hajmi oshib borishi bilan firmaning foydasi musbat boʻlib oshib boradi va ishlab chiqarish hajmi Q2 ga teng boʻlganda daromad TR(Q) bilan umumiy xarajat TC(Q) oʻrtasidagi farq maksimal boʻladi (10.3-rasm bu MN). Demak, foyda ishlab chiqarish hajmi boʻlganda maksimallashadi (11-b -rasm).
10.3-rasm. Qisqa muddatli oraliqda foydani maksimallashtirish grafigi.
. (5)
Ishlab chiqarish hajmi dan oshganda umumiy xarajatlarning oʻsishi daromad oʻsishiga nisbatan ustunroq boʻlgani uchun foyda kamayib boradi. Rasmdan koʻrinib turibdiki, ishlab chiqarish hajmi Q1 gacha boʻlganda firma zarar bilan ishlaydi, nima uchun deganda . Firma Q1 va oraliqda foyda oladi va bu foyda ga qadar oshib, ishlab chiqarish hajmi ga teng boʻlganda maksimal qiymatga erishadi. N nuqtada daromad chizigʻining burchak koeffitsiyenti (chekli daromad ) umumiy xarajat chizigʻining burchak koeffitsiyentiga (chekli xarajatiga ) teng .
Shunday qilib, firmaning chekli daromadi bilan chekli xarajati bir-biriga teng boʻlganda foyda maksimal qiymatga erishadi. foydani maksimallashtirish sharti boʻlib, firma qaysi bozorda (raqobatlashgan, monopol, oligopol) faoliyat koʻrsatmasin, u oʻz kuchini saqlab qoladi.
Yuqoridagi mulohazalardan shu kelib chiqadiki, agar boʻlganda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirishi kerak (har bir qoʻshimcha ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy foydani oshirib boradi), agar boʻlsa - ishlab chiqarish hajmini qisqartirish kerak boʻladi.
Maksimallik shartini matematik tomondan keltirib chiqarish mumkin:
. (6)
Funksiya maksimal qiymatga erishadi, qachonki ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga oshirganimizda foyda oʻzgarmasa, ya’ni
, bundan . (7)
va ,
boʻlgani uchun foydani maksimallashtirish shartini quyidagicha yozamiz:
. (8)
Raqobatlashgan firmaning muvozanat holati va qisqa muddatli oraliqdagi taklifi.
Biz koʻrgan edikki, raqobatlashgan bozorda narx bozor tomonidan belgilanadi va unga firma ta’sir qila olmaydi. Bunday bozorda harakat qilayotgan firmaning talab chizigʻi gorizontal chiziqdan iborat boʻlib, uning chekli daromadi narxga teng, ya’ni . Demak, raqobatlashuvchi firma foydasini maksimallashtirish sharti (qoidasi) shundan iboratki, firma ishlab chiqarish hajmini shunday tanlashi kerakki, bu hajmda narx chekli xarajatga teng boʻlsin:
. (9)
(9)-shart raqobatlashgan bozorda faoliyat koʻrsatayotgan firma foydasini maksimallashtirish (muvozanat holati) sharti deyiladi, ya’ni raqobatlashuvchi firmaning chekli mahsulot qoidasini ifodalaydi. Ushbu qoidaga koʻra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli xarajat narxga teng boʻlgunga qadar oshirishi mumkin. Demak, boʻlsa, ishlab chiqarishni oshirish mumkin va bu oshirish boʻlguncha davom etishi kerak.
Raqobatlashgan firma foydasini maksimallashtirish sharti yordamida biz firmaning muvozanat holatini belgilovchi nuqtani grafik orqali aniqlashimiz mumkin (10.4-rasm).
1 0.4-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi xarajatlari va foydasi.
Rasmda nuqta raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli oraliqdagi muvozanat holatini ifodalaydi. Bu nuqtada boʻlib, ushbu nuqtada firma foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi ga erishadi.
Rasmda umumiy daromad ( ) toʻrtburchak yuzasiga, umumiy xarajat toʻrtburchak yuzasiga teng. Umumiy maksimal foyda ( ) yuza bilan ifodalanadi va bu yuza quyidagi formula boʻyicha hisoblanadi:
. (10)
Ishlab chiqarish hajmi dan kichik boʻlganda chekli daromad chekli xarajatdan koʻp demak, ishlab chiqarish hajmini oshirib qoʻshimcha foyda olish imkoniyati bor. Rasmda ikki karra shtrixlangan yuza ishlab chiqarish hajmi ga kamaygandagi yoʻqotilgan foydani ifodalaydi.
Ishlab chiqarish hajmi dan yuqori boʻlganda, ya’ni da chekli xarajatlar chekli daromaddan yuqori. Bu holda, ishlab chiqarish hajmini qisqartirish umumiy xarajatlarni qisqartirishga olib keladi. Rasmdagi uchburchak yuzasi miqdorda mahsulot ishlab chiqarish natijasida yoʻqotilgan foydani ifodalaydi.
(6)-ifodadan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, narx oʻrtacha umumiy xarajatdan qancha yuqori boʻlsa, firmaning foydasi shuncha koʻp boʻladi. Buni quyidagi grafikda koʻrish mumkin (12.5-rasm).
10.5-rasm. Raqobatlashuvchi firma foydasi.
Rasmda, boshlangʻich narx boʻlganda umumiy foyda toʻrtburchak yuzi bilan ifodalansa, narx oshib boʻlganda umumiy foyda qiymati ham oshadi va toʻrtburchak yuzi bilan ifodalanadi.
Shuni ham eslatish oʻrinliki, firma qisqa muddatli oraliqda har doim ham foydani maksimallashtiravermaydi. Koʻp hollarda oʻzgarmas xarajatning oshib ketishi umumiy oʻrtacha xarajatni oshirib yuboradi (12.5-rasm).
Natijada, foydani maksimallashtiradigan ishlab chiqarish hajmi da narx oʻrtacha umumiy xarajatdan kichik boʻladi, ya’ni va shuning uchun ishlab chiqarishning oʻrtacha yoʻqotishiga (zarariga) teng. Shtrixlangan toʻrtburchak yuzi firmaning umumiy yoʻqotishini bildiradi. Lekin, firma qisqa muddatli oraliqda zarar koʻrsa ham kelajakda narx oshishi yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishi evaziga foyda olish maqsadida ishni davom ettiradi.
10.6-rasm. Raqobatlashuvchi firmaning qisqa muddatli
Dostları ilə paylaş: |