Qisqa va uzoq muddatda oʻrtacha umumiy xarajat
Uzoq muddatda oʻzgarmas xarajatlar turli xil, oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻi qisqa muddatda uzoq muddatdagi oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻidan farq qiladi.
Bu chizma qisqa va uzoq muddatli xarajatlar bilan bogʻliqdir. Uzoq muddatli oʻrtacha umumiy xarajat egri chizigʻi qisqa muddatli oʻrtacha umumiy xarajatga qaraganda, ancha U shaklida egilgandir. Qoʻshimcha qilib aytganda, hamma qisqa muddatli egri chiziqlar uzoq muddatli egri chiziqlar ustida yotadi. Bu xususiyatlar oʻsishi firmaning uzoq muddatda koʻproq egiluvchan boʻlganligidadir. Natijada, uzoq muddatda, firma xohlagandek qisqa muddatli egri chiziqni tanlaydi. Lekin, qisqa muddatda avval tanlangan qisqa muddatli egri chiziqdan foydalanilgan boʻladi. Ushbu miqdor bu misolda ishlab chiqarishda oʻzgarish turli davr oraligʻidagi xarajatlarni oʻzgartirishni koʻrsatadi.
Qachonki Ford kuniga mashina ishlab chiqarishni 1000 ta dan 1200 taga oshirishni xohlaganda, qisqa vaqt ichida buning imkoni yoq edi. Lekin oʻzining bu mavjud kichkina zavodiga koʻproq ishchilarni yollash kerak edi. Kichik mahsulotlarni kamaytirish sababli, oʻrtacha umumiy xarajat har bir mashina uchun $10000 dan $12000 ga oshdi. Uzoq muddat ichida Ford zavodining ham ishchi kuchini kengaytirdi, ham oʻrtacha umumiy xarajat $10000 ga qaytardi.
Firma oʻz faoliyatini uzoq vaqt davom ettirishi uchun qancha vaqt kerak? Buning javobi firmaga boʻgʻliq. Firma oʻzining ishlab chiqarish qobilyatini tartibga keltirishi uchun qancha vaqt ketishi haqida yagona javob yoʻq. Mahsulot ishlab chiqarishga yaroqli firmadagi ihlab chiqarish jarayonlari haqidagi muhim ma’lumotlarni uzoq muddatli oʻtacha umumiy xarajat chizigʻi oʻzida namoyish qiladi. Ayniqsa, bu xarajatlar bir-biridan qanday farqlanishini aytadi. Ishlab chiqarish oshgan sari, uzoq muddatli oʻrtacha umumiy xarajat kamaysa, bu iqtisodiy samara deyiladi. Ishlab chiqarish oshgan sari, uzoq muddatli oʻrtacha umumiy qiymat ham oshsa, bu noiqtisodiy samara deyiladi. Uzoq muddatli oʻrtacha umumiy xarajat ishlab chiqarish darajasi bilan teng boʻlsa, bu oʻzgarmas samara deyiladi. Bu misolda Ford ishlab chiqarishni eng past darajalarida iqtisodiy samaraga ega boʻldi.
Qisqa xulosalar
Har qanday firmaning asosiy maqsadi foydani maksimallashtirishdan iboratdir.Umumiy holda foyda yalpi daromaddan umumiy xarajatlarni ayirish orqali topiladi. Xarajatlar firmaga nisbatan tashqi va ichki xarajatlarga bo`linadi. Tashqi xarajatlarga tashqi to`lovlar, ya′ni tashqi mol etkazib beruvchilarga (xomashyo, materiallar, elektr energiyasi, gaz) to`lovlar kiradi. Umumiy daromaddan tashqi xarajatlarni ayirib tashlasak, buxgalteriya foydasini olamiz. Buxgalteriya foydasi ichki (yashirin) xarajatlarni hisobga olmaydi. Tashqi va ichki xarajatlarning yig`indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog`liq yo`qotilgan imkoniyatlardir.
Qisqa muddatli oraliq - bu shunday vaqt oralig`iki, firma bu oraliqda faoliyat ko`rsatganda, u ishlab chiqarish omillaridan kamida bittasining hajmini o`zgartira olmaydi. Uzoq muddatli oraliq - bu oraliqda firma ishlab chiqarishda foydalanayotgan barcha ishlab chiqarish omillari hajmini (ishlab chiqarish quvvatini ham) o`zgartiradi. Uzoq muddatli oraliqda barcha ishlab chiqarish resurslari o`zgaradi va bunday resurslarga o`zgaruvchan resurslar deyiladi
O`zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lmagan xarajatdir (mahsulot ishlab chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o`zgarmaydigan xarajat).
O`zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog`liq bo`lgan xarajat, ya′ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda o`zgaradigan xarajat.
Umumiy xarajatlar (TC - Total Costs) - qisqa muddatli orliqda ma′lum miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflangan o`zgarmas va o`zgaruvchan xarajatlarning yig`indisiga teng.
Chekli xarajat (MC - Marginal Cost) - ishlab chiqarish hajmini kichik miqdorga (odatda bir birlikka) oshirish bilan bog`liq bo`lgan qo`shimcha umumiy xarajatdir.
Mahsulot ishlab chiqarish tannarхini hosil qiluvchi хarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko`ra quyidagi elеmеntlar bo`yicha ajratiladi:
ishlab chiqarishning moddiy хarajatlari;
ishlab chiqarish хususiyatiga ega bo`lgan mеhnatga haq to`lash хarajatlari;
ishlab chiqarishga tеgishli bo`lgan ijtimoiy sug`urtaga ajratmalar;
asosiy fondlar amortizatsiyasi;
ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo`lgan boshqa хarajatlar.
Dostları ilə paylaş: |