Ulardan biri doimiy xarajatlar va uni ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga aloqasi yoʻq. Ular firma hech narsa ishlab chiqarmasa ham mavjud boʻladi. Firmaning doimiy xarajati, masalan, u toʻlaydigan ijaralardan iborat. Agarda firma hisobchi yoʻllasa, uning maoshi doimiy xarajat hisoblanadi, chunki hisobchi ishlab chiqarish miqdoriga ta’sir etmaydi. 9.2-jadvalning 3-ustunida firmaning doimiy xarajati misolda 3.00$ miqdorida koʻrsatilgan.
Umumiy xarajat
Mahsulot miqdori Umumiy xarajat egri chizigʻi Bu yerda 2-jadval birinchi ustundan ishlab chiqarilgan mahsulot (gorizontal kesimda) va umumiy xarajat (vertikal kesimda) ikkinchi ustundan oʻrin olgan. 2-cxizmadan koʻrinib turganidek, umumiy xarajat egri chizigʻi kamayib boruvchi chekli mahsulot sababli mahsulot miqdori tezroq oʻsishni aks ettirgan.
.
Firma xarajatlarining yana bir turi oʻzgaruvchan xarajat deyiladi. Bu firma ishlab chiqaradigan mahsulot miqdorining oʻzgarishi bilan oʻzgaradigan xarajatdir. Firmaning oʻzgaruvchan xarajatlari mahsulotni ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan xomashyo va uni ishlab chiqarish uchun bevosita sarflanadigan xarajatlardir. Firma qancha koʻp mahsulot ishlab chiqarsa, shunchalik resurslarga ehtiyoj sezadi va bundan uning xarajatlari ortadi. Mahsulot hajmini koʻtarish maqsadida qoʻshimcha ishchilar yollash ham mumkin va bu ishchilarning ish haqisi ham oʻzgaruvchan xarajat hisoblanadi. Jadvalning 4-ustuni firmaning oʻzgaruvchan xarajatlarini koʻrsatadi. Agarda, firma hech narsa ishlab chiqarmasa, oʻzgaruvchan xarajat ham boʻlmaydi. Agar firma hech nima ishlab chiqarmasa oʻzgaruvchi xarajat 0, 1 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,30$, 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa 0,80$ va h.k. Firmaning umumiy xarajati doimiy va oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga tengdir. 2-jadvaldagi umumiy xarajat 3-ustundagi doimiy xarajat va 4-ustundagi oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga teng. Firma xoʻjayini qancha mahsulot ishlab chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Mazkur qarorning ahamiyati shundaki, u ishlab chiqarish darajasini oʻzgartirganida uning xarajatlari qanday oʻzgaradi.
Ishlab chiqarilgan mahsulotning birligi uchun xarajatni topish uchun, firmaning xarajatini yaratiladigan mahsulot hajmiga boʻlamiz. Masalan, agar firma soatiga 2 dona mahsulot ishlab chiqarsa, uning umumiy xarajati 3.80$ boʻladi va odatiy bir dona mahsulotning xarajati 3.80/2 yoki 1.90 boʻladi. Umumiy xarajatning ishlab chiqarish hajmiga nisbati oʻrtacha umumiy xarajat deyiladi. Umumiy xarajat doimiy va oʻzgaruvchi xarajatlar yigʻindisi boʻlganligi uchun, oʻrtacha umumiy xarajat oʻrtacha doimiy va oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatlar yigʻindisiga teng. Doimiy xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati oʻrtacha doimiy xarajat deyiladi. Oʻzgaruvchan xarajatning mahsulot miqdoriga nisbati esa oʻrtacha oʻzgaruvchan xarajatni ifodalaydi.
Garchi oʻrtacha umumiy xarajat odatiy birlik narxini koʻrsatsada, u ishlab chiqarish darajasi ortganida umumiy xarajatning qanday oʻzgarishini koʻrsatmaydi. 2-jadvalning oxirgi ustuni firma ishlab chiqarish hajmini bir birlikka oshirgandagi umumiy xarajatning ortgan miqdorini koʻrsatadi. Bu miqdor chekli xarajat deyiladi. Masalan, firma ishlab chiqarishni 2 donadan 3 donaga oshirsa, umumiy xarajat 3.80$dan 4.50$ga koʻtariladi. Shunday qilib uchinchi mahsulotning chekli xarajati 4.50$-3.80$ yoki 0.70$ hisoblanadi. Jadvalda chekli xarajat ikki chiziq orasida tasvirlangan, chunki u ishlab chiqarish hajmining miqdori bir darajadan boshqasiga almashganida umumiy xarajatdagi oʻzgarishni ifodalaydi.
Bu quyidagi ta’riflarni matematik izohlashda yordam berishi mumkin.
Oʻrtacha umumiy xarajat=Umumiy xarajat/Miqdor ATC=TC/Q va
Chekli xarajat=Umumiy xarajatdagi oʻzgarish/Miqdordagi oʻzgarish MC=∆TC/∆Q Bu yerda ∆ belgisi, Grek harfi delta, oʻzgaruvchidagi oʻzgarishni ifodalaydi. Bu tengliklar qanday qilib umumiy xarajatdan oʻrtacha umumiy xarajat va chekli xarajatning olinishini koʻrsatadi. Tadbirkor menejerlar bozorga qancha mahsulot chiqarish borasida oʻylayotganlarida oʻrtacha umumiy xarajat va chekli xarajat tushunchalarini yodda saqlashi lozim.