Yanada yaxshiroq tushinish maqsadida jadvalning uchinchi ustunida bitta ishchining chekli mahsuloti koʻrsatilgan. Ishlab chiqarish jarayonidagi har qanday xarajatning chekli mahsuloti – bir qoʻshimcha xarajat birligi hisobiga erishilgan ishlab chiqarish hajmining miqdoran ortishidir. Ishchilar sonini bittadan ikkitaga oshirilsa, mahsulot ishlab chirarish 50 tadan 90 taga ortadi va ortgan 40 ta mahsulot chekli mahsulot hisoblanadi. Agarda ishchilarni yana bittaga oshirsak, mahsulot ishlab chiqarish 90 tadan 120 taga ortadi va 30 ta mahsulot chekli mahsulot boʻladi. Jadvalda chekli mahsulot ikki qator orasida aks ettirilgan, chunki ishchilar soni bir pogʻonadan boshqasiga oʻzgarsa, ishlab chiqarish hajmi ham oʻzgaradi.
E’tibor bilan qaraydigan boʻlsak, ishchilar soni ortgani sayin, chekli mahsuloti kamayadi. 2-ishchining chekli mahsuloti 40 ta mahsulot edi. 3-ischiniki 30 ta, 4-ishchiniki 20 ta va h.k. Bu xossa kamayib boruvchi chekli mahsulot deb ataladi. Boshida, ya’ni ishchilar soni kam boʻlganida firmadagi uskunalardan foydalanish qulay boʻlgan. Ishchilar soni ortgani sari, vositalardan birgalikda foydalanish va tiqilinch muhitda ishlashga majbur boʻlishadi. Oxir-oqibatda ishchilar bir-biriga halal berishadi. Shu sababli yangi yollangan ishchining umumiy ishlab chiqarishga qoʻshgan hissasi oldin yollangan ishchinikiga qaraganda kamroq boʻladi.
Ikkinchi chizmada kamayib boruvchi chekli mahsulot ham tasvirlangan. Ishlab chiqarish funksiyasi egri chizigʻi har bir qoʻshilgan mehnat sarfi uchun ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishini koʻrsatib beradi. Ushbu ishlab chiqarish funksiyasi egri chizigʻi bir ishchining chekli mahsulotini ham koʻrsatib beradi. Ishchilar soni ortgani sayin, uning chekli mahsuloti kamayib boradi, va ishlab chiqarish funksiyasi yanada bukiladi. Jadvalning oxirgi uchta ustuni firmaning mahsulot ishlab chiqarish xarajatini koʻrsatadi. Bu misolda, firmaning xarajati soatiga 30$ va bir ishchining maoshi soatiga 10$. Agar u yana bitta yangi ishchi yollasa, uning xarajati soatiga 40$ boʻladi. Agarda 2 ta ishchi yollasa, bu koʻrasatkich 50$ ga yetadi. Bu ma’lumotlar keltirilgan jadval firma yollaydigan ishchilar soni ishlab chiqariladigan mahsulotlar miqdori va uning umumiy xarajatlari qanchalik oʻzaro bogʻliqlikligini koʻrsatadi.