Transkripsiya va sheva materiallarini transkripsiyada yozish ko‘nikmalari to‘g‘risida
Talaba butun amaliyot davomida material to‘plashda transkripsion yozuv tizimidan foydalanishi shart.
SHEVALAR FONETIKASI BO‘YICHA MATERIALLAR
(5-10 TA MISOL) TO‘PLASH
O-lashish va a-lashishning tarqalishi:
a) bir bo‘g‘inli o‘zaklarda: ot//at, oz//az,bosh//bash kabi;
b) ikki bo‘g‘inli o‘zaklarda: bola//bala, ota//ata, bozor//bozar//bazor//bazar singari.
v) ko‘p bo‘g‘inli so‘zlarning keyingi bo‘g‘inlarida: qaldo‘rg‘och//qaldo‘rg‘ach,
yaxsho‘roq//yaxsho‘raq kabi.
Birinchi darajali cho‘ziq unlilarning mavjud yoki mavjud emasligi: at//a:d, yaz//ya:z, ot//o:t//o:d singari.
Ikkinchi darajali cho‘ziqlik - ultra cho‘ziqlik borligi: shahar//sha::r kabi.
Lab garmoniyasining mavjud yoki mavjud emasligi:
a) konglum//kongulum//kongilim//ko‘ngl`m singari;
b) turuptu//turupt`//tur`pt` kabi;
v) ustude//utide//ustde singari.
Kontrast juft unlilarning mavjudligi yoki mavjud emasligi: /a o, u o‘, ` i, `/. Masalan, bol/bol, qol/qol kabi.
Cho‘ziq hamda qisqa unlilarning mavjud yoki mavjud emasligi.
So‘z boshida o‘rta-tor va o‘rta-keng unlilarning diftonglashuvi /ie, uo, uo‘ /: a) ie - iechki//ieshki kabi;
b) uo - uon//von, uog‘li singari;
v) uo‘ - uo‘rdak//uo‘rdek//uo‘rday kabi.
So‘z boshida dj/j/i hodisasining tarqalishi: /djoq-joq-yoq/, /djol-jol/yol/ singari.
Yumshoq va qattiq unlilarning mavjudligi. Ular so‘zlarni farqlashda ishlatiladimi?
A//Ye mosligi uchraydimi? /ayel-ayol, abir-obro‘, majoz-mijoz, palenchi-palonchi/ kabi.
O‘//Ye mosligi uchraydimi? /o‘tuk-etik, o‘chki-echki/ singari.
O‘ unlisi U unlisi bilan almashadimi?
Ye//U mosligi uchraydimi? /duvona-duvol/devol/ kabi.
Tursun, turg‘un, kunduz, chumchu kabi so‘zlardagi ikkinchi bo‘g‘indagi unli qanday talaffuz qilinadi?
U va A tovushlarining almashinishi.
E//I hodisasi uchraydimi? /ergash-irgash, endi-indi/ singari.
E//U hodisasi mavjudmi? /devor-devol-duvol/ kabi.
U//O‘ hodisasi uchraydimi? /uy-o‘y, kuylak-ko‘ylak/ singari.
E//O‘,O hodisasi mavjudmi? /echki-o‘chku-ochku, etik-o‘tuk/ kabi.
So‘z boshida i unlisining tushish hodisasi.
X va H mavjudmi? /hamma-xamma, mehnat-mexnat/ kabi.
F tovushining mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash.
Tor unlilardan so‘ng til orqa undoshlarining mavjudligi.
So‘z boshida /k-g/ va /t-d/ hodisalarining mavjud.
/g‘-v/ hodisasi: /tog‘-tov, og‘iz-oviz/ kabi.
/p-v/ hodisasi: /top-topaman-tovaman/ singari.
/b-p/ hodisasi: /butun-putun/ kabi.
/d-t/ hodisasi: /zavod-zavut, baland-balant/ singari.
/b-m/ hodisasi: /burun-murun, bunday-munday/ kabi.
/y-g//g‘ hodisasi yoki /g-y/ hodisasi bormi? .
/k/q-y, g/g‘-y/ hodisasi.
/ng-y/ hodisasi .
/t-ch/ hodisasi: /ch`sh-t`sh, chusht-tusht/ kabi.
/i-ye/ hodisasi: /xil-xel, tig‘-teg‘, mix-mex/ singari.
/i-u/ hodisasi.
/q/ning sirg‘alish hodisasi: /aq-ak, ax-ox, ko‘k-kok/ singari.
/q-g‘/x/ hodisasi: /toqsan-toxsan, ch`qt`-ch`g‘d`, aq`-ag‘`/ kabi.
/x-q/ hodisasi: /xotin-qat`n-xat`n/ singari.
/k-v/ hodisasi: /old`k-olduv, kett`k-kettuv, tuzuk-tuzuv/ kabi.
/k-y/ hodisasi: /terek-terey, bilek-biley/ singari.
So‘z boshida /h/ tovushining orttirilish.
/k-g/ hodisasi: /yekin-yegin, yekip-yegib/ singari.
So‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda /p-b/ hodisasining hosil bo‘lishi: /qap-qap`- qap`m/ (qop) kabi.
So‘z oxirida tor unlilardan keyin /q,k/ tovushlarining o‘zgarishi: /sar`q-sar`-saru- saruv-saru:/ singari.
To‘liq progressiv assimiliyatsiya hodisasining mavjud yoki mavjud emasligi hodisasi: /qo‘shn`-qo‘shsh`, bizni-bizzi-b`z`, tem`rn`-tem`rr`, ketd`-kett`/ kabi.
To‘liq regressiv assimilyatsiyaning mavjud yoki mavjud emasligi hodisasi: /orn`m- onn`m, etles-elles, bord`m-bodd`m/ singari.
/ld-ll/ tovushlarining o‘zgarishi.
Metateza hodisasi: /deyre-daryo, ayleney-aylanay/ singari.
So‘z orasida /n/ ortishi yoki ortmasligi: /ichide-ichinde, tushide-dushinde, qol`de- qol`nde/ kabi.
So‘z boshida /q-k/ hodisasi.
/b-m/ hodisasi: /buni-muni, kesbi-kasbi/ kabi.
/s-ch/ hodisasi: /soch-choch, soch`q-choch`q-chachoq-sechoq/ singari.
/v/ tovushining tushishi natijasida ikkinchi darajali cho‘ziqlikning vujudga kelishi hodisasi: /ovqet-o:qet, hovl`-ho:l`/ singari.
Shevada quyidagi fonetik hodisalardan qaysisi uchraydi?
/bm-pp//mm/ hodisasi: /boribman-borippan-borimman/ kabi.
So‘z boshida /v,y/ hodisasi orttirilishi hodisasi.
So‘z ichida va oxirida /h/ tovushining tushirilishi hodisasi.
/g‘,q,k/ tovushlarining tushishi natijasida ikkinchi darajali cho‘zliqning vujdga kelish hodisasi.
/f-p/ hodisasi: /falonch`-pelonch`, febr`ke-pebr`ke, fot`me-pot`me, oftob-optob/ kabi.
/x-g‘/ hodisasi: /xoroz-g‘oroz, xotik-g‘otik, xezne-g‘azne/ singari.
/t-h/ hodisasi: /ehles-etles, ehle-xetle/ kabi.
So‘z o‘zagida ayrim tovushlarning takror kelishi uchraydimi? /tepe-teppe, heqmm- heqqmm/ kabilar.
Dostları ilə paylaş: |