SHEVALAR MORFOLOGIYASI BO‘YICHA MATERIALLAR TO‘PLASH
Shevalarning morfologiyasiga oid bu dastur so‘z turkumlari va morfologik kategoriyalar bo‘yicha tuzildi:
Qaratqich /-ning/ va tushum kelishigi /-ni/ affikslarining farqlanishi yohud farqlanmasligi.
Qaratqich kelishigi affiksining qanday variantlari mavjud? /-ning, -n`ng, -d`ng, - ding,
-t`ng, -ting, -d`n, -t`n/.
Tushum kelishigi affiksining variantlari: /-ni, -n`, -d`, -t`, -`, -i.
Jo‘nalish (-ga) va o‘rin-payt (-da) kelishiklari affikslari.
Shevada qanday qo‘shma otlar uchraydi?
Shevada turuk/duruk/dirik/tirik affikslari orqali ot yasaladimi? Bo‘yinturuq, umulduruq, umildiriq, shumulturuq, papultiriq/ kabi.
Jo‘nalish kelishigi affiksining variantlari.
O‘rin-payt kelishigi affiksining qanday variantlari mavjud?
Chiqish kelishigi affiksining qanday variantlari mavjud?
Ko‘plik affiksi (lar) ning qanday variantlari mavjud? -lar yoki -la affikslari hurmat ma`nosida yakka shaxslarga nisbatan ham ishlatiladimi? /dedemle, yokemle/ kabi.
Shevada egalik affikslarining qanday variantlari mavjud? /mekteb`m`z, mektep`m`z, mektap`vuz, uy`m`z, oy`vuz/ kabilar.
«Ko‘k» sifatining orttirma darajasining qanday variantlari uchraydi? /ko‘m-ko‘k, kom-kov, kum-kuv, kokmek/ kabi.
-ryoq affiksining qanday variantlari mavjud? /-rek, -ryok, -ryog‘, -rog‘, -ro:, -lav, -tav/ kabi.
-g‘yon, -yong‘`ch, -ek kabi sifat yasovchilari?
Tartib son yasovchi affikslarning qanday variantlari mavjud?
Birdan o‘ngacha sonlar va o‘nlik, yuzlik, minglik sonlar qanday talaffuz etiladi? Sheva vakiliga sanatib yozib oling.
Shaxs va ko‘rsatish olmoshlarining quyidagi ko‘rinishlaridan qaysilari shevada ishlatiladi? Masalan: men-men, sen-sen, u-ul-ol-vol, b`z-b`zler-b`zer-b`ze, bu, shu, sho, oshe, sh`, heyle-heyleho, ene-en`, mene-men`, mene bu-menvu-menov-m`nov, ana u-enov kabilar.
So‘roq olmoshlarining qanday variantlari uchraydi?
Jo‘nalish kelishigidagi shaxs va ko‘rsatish olmoshlarining ifodalanishi: /menge- menge-mag‘an, senga-sange-sengee-seg‘an/ kabi.
Chegara ma`nosini bildiruvchi affikslarning qanday variantlari bor? /-gache, -keche, -qacha, -devur, -chovur, -chavur, -dong/ kabi.
Konkret-aniq hozirgi zamon fe`llarining ifodalanishi: -vot, -vut, -yap, -yep, -ut, - op, -yat`r, -djat`r/ kabilar.
Shevada kelasi zamon fe`lining ifodalanishi: -djek, -djaq, -chek, -chaq, -ed`gen, - ad`gan, -miz, -vuz, -vuzo: /bardjaqman, geldjekman, barchaq, bored`genmen, keled`genmen, borem`z, borovuz, borovuze/ kabi.
Kelasi zamon fe`lining ketarmishman, ketarmishsan, ketarmish kabi formalari mavjudmi?
O‘tgan zamon fe`llarining ifodalanishi: -dik, -duk, -duv, -dig /bord`k, bordug, borduv, keldig/, -vuz, -vuze, -d`y`z, -m`sh, -gan, -ken, -miz /borduvuz, borduvuze, bor`m`sh, barg‘amm`z, boruvkemm`z, bord`m`z/ kabilar.
Shevada buyruq-istak maylining qanday variantlari mavjud? -g‘al`, -geli, -al`, -el`, -eyluk, `lyluv: /baral`, boreylik, boreyluv/ kabi.
-maqchi, -myoxchi, -myoqchi, -myo:chi, -mag‘chi, -maxchi affikslari.
-gudek, -g‘udek yordamida tuzilgan fe`l formalari mavjudmi?
Otvordi, yutvordi, ketvorduk, aytvur-etvur, syotvyoldi, yopqyoldi, yobyoraman, yopke-apke tipidagi qo‘shma fe`llar uchraydimi?
Fe`lning orttirma daraja formalari (-t, -at, -it, -giz, -k`z, -q`z, -g‘`z, -gaz, -kaz, -qaz, -g‘az, -i, -az, -tir, -dir, -ir).
Bor`b edi-baribed`-barivedi-boruvd` so‘zlari.
-(a)r, -mas affikslari qatnashgan so‘zlar qo‘llanadimi?
Sifatdosh yasovchi qo‘shimchalar.
Shevada ravishdosh yasovchi qo‘shimchalar?
O‘rganilayotgan shevada munda, uyog‘de, buyog‘de, shuyog‘de, b`yog‘de, eg‘de, beg‘de, eqqe, beqqe, sheqqe, sheg‘de, o‘tte, otte, bo‘tte, sho‘tte, uyerde, sherde, shette, uyon, buyon, shuyon, boz, bo, yene, yenebo, tag‘`n, tag‘a, tag‘`nde, song, son, sog‘`n, b`ryole kayubi ravishga oid so‘zlar?
Fe`lning birgalik daraja formalari: bol`ler kel`shed`, k`tob o‘q`shed` kabi aytiladimi yoki bol`l`r keled`ler, k`tob oq`yd`ler formasida -sh, -ish affikslari olmasdan talaffuz qilinadimi?
To‘liqsiz fe`lning quyidagi formalaridan qaysi biri ishlatiladi: edi (di), ekan (kan, akan), emish (emush, mush, mish)?
Bilan ko‘makchisining tarqalishi: kim b`len, kim minan, k`m m`nen, kimmen, kummen kabilar.
Lekin ko‘makchisining qanday dialektal variantlari uchraydi?
-m`//-mi//-ma//-me//-ne so‘roq yuklamalarining tarqalishini aniqlang: byorm//byorma//barna//keled`m`//keleme kabilar.
Adabiy tildagidan farq qiluvchi so‘z yasovchi affikslar.
Shevada qanday emotsional so‘zlar mavjud? .
Tovushga taqlid so‘zlarning qanday turlari mavjud?
Shevadagina uchraydigan qo‘shimchalar haqida to‘xtaling.
Dostları ilə paylaş: |