Termiz davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tilshunosligi kafedrasi


SHEVALAR LEKSIKASI BO‘YICHA MATERIALLAR TO‘PLASH



Yüklə 80,2 Kb.
səhifə8/11
tarix29.04.2022
ölçüsü80,2 Kb.
#56685
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Деалектологик амалиёт 3 курс 2021 6

SHEVALAR LEKSIKASI BO‘YICHA MATERIALLAR TO‘PLASH

Surxondaryo xalqiga xos milliy etnografik materiallarni yig‘ish uchun

SAVOLNOMA

1. Qishlog‘ingizda xalqimiz hayoti bilan bog‘liq qadimiy urf-odat, marosim va irim-sirimlarni biluvchi keksa yoshli kishilar bilan uchrashish, suhbatlashish, ism-familiyalarini aniq yozib olish.

2. To‘y (kelin to‘y, sunnat to‘y, uy to‘y, bolani maktabga borganida qilinadigan to‘y, aqiqa to‘y kabi va h.k.) va u bilan bog‘liq marosim, an`analarning nomi va qisqacha izohi (Oyoqbosdi, nontishlatar kabi)

3. Bola tug‘ilganda amalga oshiriladigan irim-sirimlar;

4. Dehqonchilik bilan bog‘liq an’analar, marosimlar, predmetlar (omoch, bo‘yinturug‘ va h.k.);

a) daraxt ekkanda;

b) bug‘doy, arpa ekkanda amalga oshiriladigan udumlar bormi?

5. Chorvachilik bilan bog‘liq marosimlar, an`analar va predmetlar; (bichish, qo‘y kesish, enchi, chagana, to‘l singari atamalar bilan bog‘liq hodisalar va ularning nomi, chorva qilish jarayonida foydalaniladigan predmat, narsa nomlari, ular qanday vazifa bajargan (m: guppi, qilliq, ko‘kan kabi), aniq yozib olish kerak).

6. Tabiat hodisalari bilan bog‘liq an`analar (M: to‘g‘al nima? Chilla, mizom nima? Shuningdek, tabiat hodisalariga bag‘ishlab biror sayllar o‘tkazilganmi? Fasllarning kirib kelishi bilan biror marosimlar o‘tkazilganmi? Yer qivirlaganda, yomg‘ir yog‘maganda qanday amallar bajarilgan)

7. Kasal bo‘lib qolganda o‘tkaziladigan marosim va an’analar:

a) zaxarli hasharotlar chaqqanda qanday davolashgan;

b) ko‘z tegganda yoki kirna kirganda qanday davolash usullaridan foylalanilgan.

8. Ko‘pkari va u bilan bog‘liq an`analar (ot va u bilan bog‘liq predmetlarning nomi, ko‘pkaridagi har bir jarayonning nomi va izohini yozib olish)

9. Kurash bilan bog‘liq an`analar (to‘ylarda yoki sayllarda bo‘ladigan kurashlarda qanday an`analar bor)

10. Motam-marosim bilan bog‘liq an`analar (aytishuvlar, biror narsa tarqatadimi, qanday irim-sirimlar amalga oshiriladimi…).

11. Xalq o‘yinlari bilan bog‘liq etnografik an`analar:

a) bolalar o‘yinlari (ularning tarkibiy qismlari);

b) xotin-qizlar o‘yinlari (ularning tarkibiy qismlari);

c) kattalar o‘yinlari (ularning tarkibiy qismlari);

12. Ustachilik, duradgorlik, temirchilik, cho‘ponchilik kabi turli kasblar bilan bog‘liq atamalar va ularni izohini aniq yozish kerak.

13.Xalq tilida tibbiyot bilan bog`liq bo`lgan kasallik nomlari( eshakyemi, qunshaloq, qorason, tepki)ni yozib kelish.

14. Xalq tilida rang bilan bo`gliq bo`lgan kasallik nomlarini yozib olish va to`plash.

Yuqorida keltirilgan ma`lumotlar kimdan (u insonning aniq I.F.O. va tug‘ilgan yili, jinsi, yashash manzili, ma`lumoti, urug‘i) yozib olingani haqida aniq ma`lumot yozib qo‘ying. Ma’lumotlarni daftarga aniq qilib yozing.

Quyidagilarga talaba o‘rganayotgan shevasi materiallari asosida har biriga 20 (yigirmata) dan misollarni javoblarida yozishlari lozim:



  1. Shevangizga oid 30ta maqtov so‘zlarini yozing.

  2. Shevangizga oid 30ta qarg‘ish so‘zlarini yozing.

  3. Antonimlarni qayd eting.

  4. Shevada uchrovchi omonimlarni to‘liq yozib olishga harakat qiling.

  5. Mazkur shevada uchragan sinonimlarni birma-bir yozib oling.

  6. Sheva hududidagi joy nomlari - toponimlarni yozing.

  7. Sheva hududida uchrovchi gidronimlar.

  8. Sheva vakillari yashayotgan hududga xos tarixiy inshoot va binolarning, machitlarning nomlarini yozib, izohlang.

  9. Sheva vakillari nutqiga xos qabriston nomlari.

  10. Sheva mavjud bo‘lgan hududda uchrovchi etnografik nomlar.

  11. Shevada uchrovchi qarindosh-urug‘chilik atamalari.

  12. Sheva vakillari nutqidagi uy-ro‘zg‘or buyumlarining nomlari.

  13. Shevaga xos kuyov salomlar.

  14. Shevaga oid kelin salomlar.

  15. Shevadagi tez aytishlar.

  16. Shevada qo‘llanuvchi oziq-ovqat nomlari.

  17. Shevada qo‘llanuvchi kiyim-kechak nomlari.

  18. Shevada qo‘llanuvchi ish-qurollarining nomlari.

  19. Shevada qo‘llanuvchi zeb-ziynat, taqinchoqlarning nomlari.

  20. Shevada qo‘llanuvchi parranda nomlari.

  21. Sheva vakillari asrovchi uy hayvonlari nomi.

  22. Shevada qo‘llanuvchi yovvoyi hamda yirtqich hayvonlar.

  23. Sheva vakillari ishlatuvchi ovchilik va baliqchilik atamalari.

  24. Sheva vakillari aloqador bo‘lgan urug‘ va qabilalarning nomlari?

  25. To‘y bilan bog‘liq so‘zlar.

  26. /Zag‘izg‘yon, hekke, alashaqshaq /so‘zlari.

  27. /Chug‘urchuq, qyoreyeloq, yelyoq/ so‘zlari.

  28. Shevada /temene, juvold`z, yo‘g‘on igna/ so‘zlari.

  29. Satil, paqir, chelak so‘zlarining qaysi biri qo‘llanadi?

  30. Palos vazifasini bajaruvchi qanday so‘zlar shevada bor?

  31. O‘limga oid sheva so‘z va ularni gaplar, marsiyalar bilan izohlang.

  32. Shevada erkalash ma`nosini ifodalovchi so‘zlar?

  33. O‘rganilayotgan shevada qarg‘ish (haqorat) .

  34. Quyidagi leksik dubletlardan qaysi biri shevada aktiv qo‘llanadi? Masalan: /nervon, shot`, zeng‘, norbon, ot`r, kel`, so:q`, goshenge, ch`m`ld`q, gosheyene, chimild`q, duxobe, baxmal, barq`t, chechvon, chashpant, ch`mmet, chimmet, nonpar, chek`ch/ kabilar.

  35. Shunday qilib iborasining shevada boshqa varianti bormi?

  36. Shevada «bo‘yniga olmadi», «rad etdi», «munkir keldi» iboralarining qaysi biri ishlatiladi?

  37. Shevada «dedi, didi, eytt`, ett`» so‘zlari?

  38. Shevada «piyava shorva//shorba, qore shorve//qora shorva, p`yova, vag‘lama» so‘zlaridan qay biri uchraydi va qanday ma`noda ishlatiladi?

  39. Quyidagi iboralarning qaysi biri o‘rganilayotgan shevag xos?

  40. A) kuchuk tishladi yoki qopdi; B) sigir suzdi yoki shoxladi.

  41. «Ch`royl`, kohl`k//kohlu, korkem, suluv» so‘zlari.

  42. Tasdiq ma`nosini ifodalovchi «ha» so‘zi.

  43. Adabiy tildagi «qidirmoq» so‘zining qanday variantlari mavjud?

  44. «Suvda suzmoq» iborasi shevada qanday qo‘llanadi?

  45. Yil fasllari shevada qanday nomlangan?

  46. Shevada hunarmandchilikka oid qanday atamalar bor?

  47. Shevada «etik», «kalit», «childirma» so‘zlari bormi?

  48. Shevada palovni suzadigan idish qanday ataladi?

  49. Kir yuvadigan tog‘oraning shevada qanday nomlari bor?

  50. Shevada «arqon» so‘zining boshqa variantlari bormi?

  51. Shevada qozonning qopg‘og‘i qanday nomlanadi?

  52. Adabiy tildagi «g‘isht» so‘zining qanday variantlari mavjud?

  53. «Bolta, oybolta, tever//teber» so‘zlari?

  54. Shevada «do‘ppi» so‘zining boshqa variantlari bormi?

  55. Sheva vakillari qo‘llaydigan pichoq turlarini yozing, ixohlang.

  56. Adabiy tilda qo‘llanuvchi «toza» so‘zi bu o‘rganilayotgan shevada.

  57. Shevada «yangi» so‘zining boshqa variantlari bormi?

  58. Adabiy tildagi «sharshara» so‘zi.

  59. Uy hayvonlarini chaqiradigan so‘zlar shevada bormi?

  60. Uy hayvonlarini haydaydigan so‘zlar ham shevada bormi?

  61. Shevada «echki, uloq» so‘zlarining yana qanday variantlari uchraydi?

  62. Shevada ayollar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).

  63. Shevada o‘g‘il bolalar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).

  64. Shevada qizlar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).

  65. Shevada momolar qo‘llaydigan qarg‘ishlarni yozish(20ta).

  66. Shevada ayollar qo‘llaydigan qarg‘ishlarni yozish(20ta).

  67. Shevada erkaklar qo‘llaydigan qo‘pol so‘zlarni yozish(20ta).

  68. Shevada eshakning bolasini qanday so‘zlar bilan atashadi?

  69. Adabiy tildagi «ari» so‘zining bu shevada variantlari bormi?

  70. Qo‘y va echkilarga qiron keltiradigan yirtqich hayvon nomi?

  71. Shevada «it, mushuk» so‘zlarining qanday variantlari bor?

  72. Adabiy tildagi «chittak» so‘zining bu shevada variantlari bormi?

  73. «Chumoli» so‘zi shevada qanday so‘zlar bilan ataladi?

  74. Adabiy tildagi «ninachi» so‘zining bu shevada variantlari bormi?

  75. «Oshqovoq» so‘zi.

  76. «Or`k, g‘ol`n, zordol`» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?

  77. «Yelp`z, p`d`ne//pidana, h`lve» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?

  78. Shevada «murch va qalampir» so‘zlari.

  79. Adabiy tildagi «non» so‘zi.

  80. «Rovech//ravoch, chukur`» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?

  81. «Dovuchche, davuchcha, davcha, duvche, devcho, g‘ora» so‘zlari.

  82. «Ishkom, voyish, so‘ri» so‘zlaridan qaysi biri shevaga xos?

  83. Adabiy tildagi «bola» so‘zining qanday variantlari.

  84. «Mo‘ylov» so‘zining qanday ko‘rinishlari mavjud?

  85. Adabiy tildagi «chaqaloq» so‘zining qanday variantlari bor?

  86. O‘rganilayotgan shevada kishi a`zolari nomlari.

  87. «Ochofat, xasis» kabi kishi xarakteridagi kamchilik-nuqsonni bildiruvchi so‘zlar shevada qo‘llanadimi? Qo‘llansa, misollar yozing.

  88. Tegirmonchilikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?

  89. Etikdo‘zlikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?

  90. Temirchilikka oid atamalar bu shevalarda qo‘llanadimi?

  91. Shevada qanday og‘irlik o‘lchovlari qo‘llaniladi?

  92. Shevada hunarmandchilik atamalari bormi?

  93. Ushbu shevada tovuq, xo‘rozlarning turlari?

  94. Shevada vaqt o‘lchovlarini anglatuvchi so‘zlar.

  95. «Byosh va kalla» so‘zlari shevada qanday ma`nolarda qo‘llanadi?

  96. Shevada «qo‘shni» so‘zining qanday variantlari mavjud?

  97. «Xola» so‘zi shevada ishlatiladimi?

  98. Shevada xolaning bolasini qanday so‘zlar bilan atashadi?

  99. «Pochcha» so‘zi shevada qanday variantlarda ishlatiladi?

  100. Sheva kishilari akasining xotinini qanday chaqiradilar?

  101. Bolalarning yosh jihatdan farqlanishi shevada qanday holatda?

  102. Imorat va uning qurilishiga oid shevaga xos bo‘lgan so‘zlar.

  103. Chevarchilikka oid atamalarni yozib olish.

  104. Kashtachilikka xos atamalarni qayd etish.

  105. Shevada qanday gul nomlari tez-tez ishlatiladi?

  106. Bug‘doy navlari sheva vakillari nutqida qo‘llanadimi?

  107. Qovun navlari shevada qanday variantlarda saqlanib qolgan?

  108. Tarvuz navlari?

  109. Shevangizga oid urug‘-qabila nomlarini qayd etish.

  110. Uzum navlari yozish.

  111. Shevada qush oviga oid qanday so‘zlar ishlatiladi?

  112. Arava va aravasozlikka oid qanday so‘zlar?

  113. Uy bezatishga oid qanday so‘zlar shevada mavjud?

  114. Sheva vakillari nutqida qanday xalq o‘yinlarining nomlari?

  115. To‘y nomlaridan qaysi birlari shevada ko‘proq qo‘llanadi?

  116. Beshik to‘yi qanday o‘tkaziladi?

  117. O‘g‘il to‘y qanday holda bo‘ladi?

  118. Qiz to‘yi qanday o‘tkazilmoqda?

  119. Shevada «yostiq, bolish, lo‘la, lo‘lva, takya» so‘zlari.

  120. O‘rganilayotgan shevada eskicha pul sanog‘i mavjudmi?

  121. Uy-ro‘zg‘or nomlarini yozish.

  122. Harakat nomlarini birima-bir qayd qilish.

  123. Ovqat nomlarini yozish.

  124. Shevangizga oid sutli ovqatlarning nomi yozib, izohlang.

  125. Shevangizga xos yog‘li ovqatlarning nomlari.

  126. Shevaga oid “Yor-yor”larni yozib, ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.

  127. Shevaga oid “Kuyov salom”larni yozib, dialektal so‘zlarini belgilang.

  128. “Charlar” qanday o‘tkaziladi? Ulardagi , ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.

  129. Kelin salomlar yozing, ulardagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.

  130. Kelinlar uy bezagi nomlarini yozing.

  131. Ovqatlarni pishirish usulini birma-bir yozing.

  132. To‘ylarning nomi va o‘tkazilish tartibini yozib, ulardagi dialektal so‘zlarni belgilang.

  133. Darvishona urfini bayon eting va undagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.

  134. Avodlaringizning ismlarini tug‘ilgan va o‘lgan yillari asosida yozing.

  135. Marhumlar uchun qanday urf-odatlar o‘tkazilib turadi?

  136. Shevangizga oid kiyim nomlarini yozing, izohlang.

  137. Shevangizga xos erkaklarning qishki va yozgi kiyimlarining nomini yozing va izohlang.

  138. Shevangizga xos ayollarning kiyimlarining nomlari.

  139. Shevangizga xos bolalar kiyimlarining nomlari.

  140. Shevangiz vakillariga xos urf-odatlarning nomi.

  141. Bezak nomlarini qayd etish.

  142. Sheva vakillari nutqida qo‘llanadigan toponimlarni qayd etish.

  143. Shevangizga oid hikmatli so‘zlarni yozing.

  144. Shevangizga xos frazeologizmlarni qayd etib, ma`nolarini yozish.

  145. Shevangizga oid bo‘lgan maqollar.

  146. Shevangizga oid tez aytishlarni yozib, undagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.

  147. Sheva vakillari izohlagan toponimlarni yozib olish.

  148. Shevangizga oid marsiyalarni yozib, undagi dialektal so‘zlarning tagiga chizing.




Yüklə 80,2 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin