Kurs ishining maqsad va vazifalari.
Ushbu Kurs ishini yozishda savod o’rgatishning tayyorlov davrida
o’quvchilarni yozuvga o’rgatish asosiy maqsad qilib belgilandi.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalar amalga oshirildi
-Boshlang’ich sinf o’quvchilarini yozuvga o’rgatish bo’yicha adabiyotlar va
internet ma’lumotlari tahlili,
-o’quvchilarni savod o’rgatishning ilk davridayoq yozishga o’rgatish
masalalarini o’rganib chiqish
-Darslarda zamonaviy usullarni qo’llab darslarni tashkil etish bo’yicha
adabiyotlarni o’rganib chiqish
-zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innnovatsion hamda interaktiv usullar,
turli didaktik o’yinlardan foydalanib o’quvchilarga savod o’rgatish yo’llarini
ishlab chiqish.
Kurs ishi obyekt va usullar. Kurs ishining muammosiga oid falsafiy,
psixologik, pedagogik hamda metodik adabiyotlar ta’lim mazmunini
yorituvchi me’yoriy hujjatlar mazmunini o’rganish va tahlil qilish; nazariy-
mantiqiy tahlil, ilg’or pedagogik tajribalarni o’rganish, ta’lim jarayonini
kuzatish, suhbat, so’rov-anketa, qiyosiy tahlil, pedagogik tajriba-sinov
ishlarini tashkil etish, olingan natijalarni tahlil qilish kabi usullardan
9
foydalanildi.
Kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyati.
Boshlang’ich sinf savod o’rgatishning tayyorlov davrida yozuv
darslarini tashkil etishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish usullari nazariy
jihatdan asoslangan.
Ushbu Kurs ishida yoritilgan nazariy va amaliy fikrlardan o’rta maktab
boshlang’ich sinf o’qituvchilari, oliy o’quv yurtlari pedagogika fakulteti
talabalari o’quv jarayonini tashkil etishda foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi.
Ushbu Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar
ro’yxatidan iborat.
|