Bo'g'in. Bo'g'in murakkab tushuncha bo'lgani uchun
boshlang'ich
sinflarda
uning qoidasi berilmaydi. Dasturga ko'ra, o'quvchilarda
so'zni bo'g'inlarga bo'lish ko'nikmasini shakllantirish vazifasi talab
etiladi. O'quvchilar so'zni bo'g'inlarga bo'lishda so'zda nechta unli bo'lsa, shuncha
bo'g'in bo'ladi, degan tushunchaga asoslanadilar. Bu tushunchani ular savod
o'rgatish davridayok hosil qiladilar. Bolalar yozilgan so'zdan dastlab unli harfni
topadilar, keyin so'zda nechta unli bo'lsa, uni shuncha qism
(bo'g'in)ga
bo'ladilar.
1-sinfda o'quv yilining birinchi yarmida og'zaki va yozma tarzda bo'g'inlarga
bo'lish, shuningdek, o'qituvchi topshirig'iga ko'ra, muayyan bo'g'inli so'z tanlash
mashqlari har kuni o'tkaziladi. So'zni bo'g'inlarga to'g'ri va tez bo'lish ko'nikmasini
hosil qilish 1- sinfda o'tkaziladigan muhim mashqlar qatoriga kiradi.
O'quvchilar o'qish va yozish jarayonini egallashda mana shu ko'nikmaga
tayanadilar. O'zbek grafikasida bo'g'in tamoyili yetakchi tamoyil hisoblanadi.
O'quvchi so'zni to'g'ri yozish uchun uni avval bo'g'inlarga bo'ladi. Bo'g'inlardagi
tovushlarning o'zaro bir- biriga ta'sirini aniqlaydi, undosh va unli tovushlarni
ifodalash uchun zarur harflardan foydalanadi. O'quvchi shunday muhokama
yuritadi: «Bayroq» so'zida ikki bo'g'in bor. Birinchi bo'g'inga bay; be, a, ye
harflarini, ikkinchi bo'g'inga roq: yer, o, qe harflarini yozaman. O'quvchi so'zni
bo'g'nlarga bo'lish, bo'g'indagi har bir tovushning o'rnini, tartibini aniq ko'z oldiga
keltirib, bo'g'inlab aytish ko'nikmasiga ega bo'lsa, so'zdagi harflarni tushirib
qoldirmay, o'rnini almashtirmay yoza oladi. Shuning uchun bo'g'in ustida ishlashga
so'zni bo'g'inlab ko'chirib yozish, bo'g'inlab diktovka bilan yozish (bo'g'inlab
izohlab yozish) mashqlarini ham kiritish lozim. Ikkinchidan, so'zni bo'g'inlarga
bo'lish ko'nikmasi o'quvchilar uchun so'zning oldingi qatorga sig'may qolgan
qismini keyingi qatorga bo'g'inlab to'g'ri ko'chirish uchun zarur. O'quvchilar
«So'zlar bir yo'ldan ikkinchi yo'lga bo'g'inlab ko'chiriladi» va «Bir harfdan iborat
bo'g'inni oldingi yo'lda qoldirib yoki keyingi yo'lga ko'chirib bo'lmaydi» degan
asosiy bo'g'in ko'chirish qoidalarini 1- sinfda o'rganadilar. Oddiy tuyulgan birinchi
37
qoida ham so'zni bo'g'inlarga bo'lish, bo'g'in ko'chirish qoidasiga mos keladigan
maktab, Ra'no, singil kabi so'zlar misolida juda ko'p mashqlar bilan
mustahkamlashni talab etadi. Bolalar, ayniqsa, singil, ko'ngil, tongi kabi so'zlarni
bo'g'inga bo'lishda qiynaladilar, chunki bu so'zlarda bitta jarangli undosh tovush ng
harf birikmasi bilan ifodalanadi. Bu so'zlarni bo'g'inga bo'lishda bu ikki harf sing-
lim, ko'ng-lim, tong-gi so'zlaridagi kabi oldingi bo'g'inda qolishi, yoki si-ngil, ko'-
ngil, to-ngi so'zlaridagi kabi keyingi bo'g'inga ko'chirilishi kerak. (Bir tovushni
ifodalagan harfni ikkiga bo'lib bo'lmaydi.) Keyingi qoida esa aka, ota, osha,
mudofaa, mutolaa kabi so'zlar misolida yanada kuprok mashq bilan o'rgatish va
mustahkamlashni talab etadi. Bu qoidalar keyingi sinflarda yangi murakkabroq
so'zlar misolida mustahkamlab boriladi.
38
XULOSA
Ma'lumki yozish san'ati yozuvchining fe'l atvori, bilimi va qanchalik darajada
mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay
darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin. Yozuvlar yuqoridagilardan
dalolat berar ekan, demak biz o'quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o'rgatish
orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin.
O'quvchilar savodli yozish orqali e'tiborli, irodali, tartibli bo'lishga o'rganib
boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo'lgan
fazilatlardan biridir.
O'quvchilarni yozishga o’rgatishga bag'ishlangan ushbu bitiruv malakaviy
ishimda men ana shu masalani ko'rib chiqdim. Unda asosan o'quvchilarni yozishga
o'rgatish masalalari, yozuv darslarida savodli yozishga o'rgatish usullari va boshqa
masalalarga e'tibor berildi.
Ilmiy metodik adabiyotlar. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda
boshlang'ich ta'lim jarayoni kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni
taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisobladim.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o'zgacha
yo'nalish, o'zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til meyorlarini singdirish
kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, ona tili fanini o'qitishda
pedagogik texnologiyalarning ilg'or usullariga tayanib ish ko'rmoq joiz hamda
bolalar idrok eta oladigan topishmoqlar tizimini ishlab chiqish va qisman maxsus
o'quv jarayoni mazmuniga kiritilish zarur. Boshlang'ich ta'limning samaradorligini
oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakaiarini tarbiyalashdir. Bu
1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.
Oquvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagilarga amal qilish orqali
samaradorlikka erishishimiz mumkin:
-
bolalar ruhiyatini chuqur o'rganib, ularning har biriga o'ziga xos
munosabatda bo'lish;
- dars jarayonida, darsdan keyingi mashg'ulotlarda bolaning doimo yaxshi
kayfiyatda
bo'lishini ta'miniashga;
-
oquvchilar yozish jarayonida eng ko'p yo'l qo'yayotgan xatolarga e'tibor
39
berish;
- savodli yozish daqiqalarini otkazish;
- o'quvchilarni o'z xatolari ustida ishlashga o'rgatish;
- turli didaktik o'yinlardan foydalanib yozish malakalarini oshirish;
Darslarga mana shu tarzda yondoshish orqali biz o'quvchilarni savodli yozishga
o'rgatib borishimiz mumkin bo'ladi deb hisoblayman.
|