TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI PEDAGOGIKA FAKULTETI BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT TARBIYAVIY ISHI YO’NALISHI
-KURS -GURUH TALABASI
ONA TILI O’QITISH METODIKASI FANI
“Savod o’rgatish tayyorlov davri yozuv darslarini tashkil etishda interfaol usullardan foydalanish”
MAVZUSIDA TAYYORLAGAN
KURS ISHI
Bajardi: .
Ilmiy rahbar: .
MUNDARIJA
Kirish… 3
Asosiy qism
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini yozuvga o'rgatish metodlari 10
Savod o’rgatishning tayyorlov davri yozuv darslarida zamonaviy usullardan foydalanish 22
Ona tili darslarida o'quvchilarni savodli yozishga o'rgatish usullari 31
Xulosa 38
Adabiyotlar ro’yxati… 40
Ilovalar… 42
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan so’ng barcha sohalarda islohotlar amalga oshirildi. Xususan, ta’lim sohasi ham davlat siyosatining ustuvor ahamiyatga yo’nalishlaridan biriga aylandi. “Ta’lim to’g’risidagi Qonun” hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning mazmun- mohiyati hayotga jadal tadbiq etildi. Respublikadagi uzluksiz ta’lim tizimining shakli bilan mazmuni takomillashib bordi. O’quvchini mustaqil fikrlashga, ijodkorlikka undovchi, faolligini oshirishga xizmat qiluvchi yangi pedagogik texnologiyalar ta’lim jarayonidan o’rin oldi. O’quv mashg’ulotlarini qiziqarli, o’qituvchi va o’quvchi hamkorligiga tayanuvchi o’zaro faol munosabatlar asosida tashkil etishda yangi pedagogik texnologiyadan foydalanish ta’limiy va tarbiyaviy zaruratga aylandi. Qisqa vaqt oralig’ida ta’lim va tarbiyaning yetakchi maqsad hamda vazifalarini amalga oshirish, yuqori samaradorlikka erishishni kafolatlovchi pedagogik texnologiyani boshlang’ich ta’lim jarayoniga tadbiq etish vositasida o’quvchilar mustaqil fikrlash qobiliyatini, nutqini, kitob o’qish malakasini o’stirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarining o’z nuqtai nazariga, qarashlariga ega insoniy fazilatlar sohibi sifatida shakllanishi esa ularning hatti-harakatlari, o’z burchiga munosabati, atrofdagilar bilan muloqoti orqali yaqqol namoyon bo’ladi. Shu bois, o’quvchilarning yozma va og’zaki nutqini o’stirish, muloqot madaniyatini egallab borishlarida ta’lim hamda tarbiya imkoniyatlaridan foydalanish ham dolzarb ahamiyatga ega. Mazkur Kurs ishiida savod o’rgatish davrida pedagogik texnologiyadan foydalanish orqali dars samaradorligini o’stirish omillari, samarali metod va usullarni qo’llash texnologiyasi asosidagi darslarni loyihalashtirish metodikasi yoritilganligi uning dolzarbligini belgilaydi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov «Yuksak ma'naviyat – yengilmas kuch» kitobida ta'kidlaganidek: «O'zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar o'rtasidagi ruhiy-ma'naviy bog'liqlik til orqali namoyon bo’ladi. Jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona
tilining betakror mo’jizasi bilan singadi. Ona tili – bu millatning ruhidir.1 Respublikamiz ijtimoiy va madaniy hayotida, xalq xo'jaligining barcha
sohalarida davlat tilida aniq va pishiq ish olib borish. Fikrni og'zaki va yozma shaklda to'g'ri, ravshan, izchil ifodalay bilish, milliy-ma'naviy qadriyatlarni puxta egallash singari talablar barkamol mutaxassislar tayyorlashning muhimshartidir. So’nggi yillarda pedagogika faniga, ta’lim tizimiga shiddat bilan kirib kelayotgan yangi pedagogik texnologiyalar, innovatsiyalar, yangi-yangi pedagogik-psixologik tushunchalar, interfaol metodlarni, intnegratsion texnologiyalarni ta’lim beruvchi tomonidan o’zlashtirilib va qo’llanib borilishi, ta’lim mazmunini tubdan o’zgartirib yubordi desak mubolag’a bo’lmaydi. O’quvchilarini fanga ijodkorlik nuqtai-nazari bilan qarashlarini tashkil qilish, ularda izlanuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish va albatta, yangi pedagogik texnologiya usullaridan foydalangan holda darsni tashkil etish kerak bo’ladi. Buning uchun esa u bir necha yangicha ta’lim usullarini yaxshi bilishi kerak. Shu yerda birinchchi Prezidentimiz I.A. Karimovning «Biz o’g’il-qizlarimizni o’zlarini anglashga, mustaqil, ongli fikrlashga, ularning tafakkurida bo’shliq vujudga kelishigi yo’l qo’ymasligimiz lozim»2 degan so’zlarini misol qilib keltirgan holda maktab o’quvchisi, kasb-hunar kollejlari, akademik litsey talabalarining nutq boyligi, uquvliligini oshirishimiz, badiiy va ilmiy adabiyotlarga qiziqishini rivojlantirishimiz, ularning dunyoviy va diniy ilmlardan qay darajada xabardorligini aniqlashimiz kerak bo’ladi. Chunki, ko’p o’qigan va uqqan yoshlarni aldash, milliy g’oyamizga yot bo’lgan g’oyalar sari yetaklash xalqimiz dushmanlari uchun uddalab bo’lmaydigan masalaga aylanadi.
Farzandlarimizning nafaqat jismoniy va ma’naviy sog’lom o’sishi, balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uygun rivojlangan insonlar bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob beradigan barkamol avlod bo’lib voyaga yetishi uchun zarur barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratishni o’z
oldimmizga maqsad qilib qo’yganmiz1.
Mazkur to’plamning bosh g’oyasini quyidagi so’zlarda mujassam bo’lgan eng muhim o’zak fikr tashkil etadi: «Biz o’tgan davrda amalga oshirgan ishlarimizga baho berar ekanmiz, «Kecha kim edigu bugun kim bo’ldik?» degan savol asosida ularning mohiyati va ahamiyatini o’zimizga chuqur tasavvur etamiz. Ayni vaqtda «Ertaga kim bo’lishimiz, qanday yangi marralarni egallashimiz kerak?» degan savol ustida o’ylashimiz, nafaqat o’ylashimiz, balki amaliy ishlarimiz bilan bunga javob berishimiz lozim».3
Ana shunday yondashuv asosida mamlakatimizning mustaqillik yillarida bosib o’tgan tarixiy yo’li teran tahlil qilinib, bu hayotiy savollarga chuqur va haqqoniy javoblar berilgani kitobning qimmatini yanada oshiradi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning muvaffaqiyatli ko’p jihatdan ta’lim-tarbiya tuzulishini hozirgi davr talabiga ko’tarish har tomonlama barkamol shahsni shakllantirishga bog’liq. Chunki, jamiyat taraqqiyotining asosiy uning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi bilan bir qatorda shu jamiyatda yashayotgan fuqarolrning intelektual va ma’naviy samaradorligini ham belgilab beradi. Shu nuqtai nazardan qaraganda har bir Davlatning istiqbolimizning ta’lim tuzulishini qay darajada ekanligi bilan belgilanadi.
Yurtimiz mustaqillikka erishgan ilk yillardayoq mamlakatimizda ta’lim tuzulishini rivojlantirish bo’yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirildi. Ya’ni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida (1997-yili 29-avgust) qabul qilingan, hamda bugungi kunda amaliyotga keng ko’lamda tadbiq etilayotgan “Ta’lim to’g’risidagi”qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilinishi fikrimizning yorqin dalilidir. Ushbu muhim hujjatlar asosida ta’lim tuzilishida tub islohotlar amalga oshirilmoqda. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun hamda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning muhim pog’onasi hisoblanadigan umumiy o’rta ta’lim maktablarida yuksak islohotlarni amalga oshirish ularda
bunyodkorlikni yanada avj oldirish maqsadida birinchi Prezidentimiz
A. Karimovning 2004-2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturi to’g’risidagi farmoni, qator hukumat qaroralarining qabul qilinishi ta’lim sohasida tub burilish yasashga asos bo’ldi. Mazkur dasturda ko’zda tutilgan masalalardan biri-ta’lim standartlari va o’quv dasturlarini takomillashtirish zamirida avvalo umumiy o’rta ta’lim maktablarida ta’lim samaradorligini oshirish, o’quvchilar bilimini har tomonlama yuksalishiga e’tibor berish mazmuni o’z aksini topgan.
“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” dasturidan yoshlarimizni sog’lom va barkamol etib tarbiyalash masalasi alohida o’rin egallashi tabiiydir.
Yosh avlod tarbiyasi haqida gapirganda, Abdurauf Fitrat bobomizning mana bu fikrlariga har birimiz, ayniqsa, endi hayotga kirib kelgan o’g’il- qizlarimiz amal qilishlarini men juda-juda istardim. Mana. Ulug’ ajdodimiz nima deb yozganlar: “Xalqning aniq maqsad sari harakat qilishi, davlatmand bo’lishi, baxtli bo’lib izzat-hurmat topishi, jahongir bo’lishi yoki zaif bo’lib xorlikka tushishi, baxtsizlik yukini tortishi, e’tibordan qolib, o’zgalarga tobe va qul, asir bo’lishi ularning o’z ota-onalaridan bolalikda olgan tarbiyalariga bog’liq”.
Bugungi tez o’zgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi- yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga, ularni ilgari ko’rilmagan turli xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. G’arazli kuchlar soda, g’or bolalarni o’z ota-onasiga, o’z yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo’lmoqda.
Bunday keskin va taxlikali sharoitda ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla-ko’y bu masalada xushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalalrimizni birovlarning qo’liga berib qo’ymasdan, ularni o’zimiz tarbiyalashimiz lozim.
Bizning navqiron avlodimiz manfaatlarini ta’minlash borasidagi faoliyatimiz yaqinda qabul qilingan “Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida” gi qonun asosida
qat’iy davom ettiriladi.4
Maktabda ona tilini chuqur o'rganish zaruriyati ona tilining jamiyatdagi bajaradigan asosiy vazifalaridan kelib chiqadi. Til jamiyat a'zolarining bir-biri bilan o'zaro aloqasi uchun xizmat qiladigan vositadir. Odamlar o'rtasidagi o'zaro munosabat til orqali amalga oshadi. Kishilar o'z his-tuyg'ulari, kechinma va holatlarini taassurot va tasavvurlarini til vositasida ifodalaydilar.
Bugungi kunda respublikamiz korxonalarida mehnat qilayotgan ayollar va o’smirlar mehnatini muhofaza qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Xususan, ularni og’ir va sog’liq uchun zararli ishlardan ozod qilish, qisqartirilgan ish kuni huquqi qonun bilan belgilab qo’yilishi, homiladorlik ta’tili, bola tarbiyasiga beriladigan ta’tilning uch yilgacha uzaytirilishi va boshqa imtiyozlar bunga misol bo’la oladi.
Inson mehnati va bu mehnat jarayonida uning xavfsizligini ta’minlash har bir jamiyatning ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lmog’i lozim. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan qabul qilingan “Inson huquqlari Umumjahon deklaratsiyasi”da hayot, erkinlik, mehnat va shaxsiy daxlsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.5
Umumiy ta'lim tizimida ona tili asosiy va markaziy o'ringa ega. Ayniqsa, umumiy o'rta ta'limning asosi, poydevori bo'lgan boshlang'ich sinflarda ona tili yetakchi mavqeda turadi. Yosh avlodda fikrlash va fikrni to'g'ri ifodalay olish ko'nikmasini hosil qilish va rivoj toptirish, ularga ona tilining qonun-qoidalarini singdirish, bu qonun-qoidalarni amalda qo'llay bilishni o'rgatish, ularni savodxonlik bilan to'g'ri va chiroyli yozish, to'g'ri talaffuz, ifodali nutq. O'z his- tuyg'ularini so'z vositasi bilan yuzaga chiqara olish malakalariga ega qilish, bular orqali amaliy faoliyatga tayyorlash boshlang'ich sinflarda boshlanadi.
Bola 1-sinfga kelganida taxminan 1300, 1400 atrofida so‘z boyligiga ega bo‘ladi. Maktab ta'limi, o‘qituvchilarning pedagogik mahorati bilan unga har kuni 5-6 ta yangi so‘z o‘rgatiladi va bu so‘zlar uning lug‘atidan joy olishi hamda mustahkamlanishi kuzatib boriladi.
Shu bilan birga o’quvchilar ushbu so’zlarning yozilishi bilan ham tanishib boradilar. O’quvchilar ona tili qoidalari bilan birgalikda to’g’ri va chiroyli yozishga o’rganib borishlari lozim bunga erishish uchun esa doimiy ravishda o’quvchilarni savodli yozish malakalarni rivojlantirib borishimiz lozim.
Bugungi kunda ayrim joylarda panolarda, viveskalarda, jamoat joyidagi e’lonlarda ayrim orfografik va imlo qoidalari buzilgan holatdagi yozuvlarni uchratishimiz mumkin. Afsuski bunday kamchiliklar tez-tez ko’zga chalinib turibdi. Albatta bularning barchasiga yoshlikdanoq savodli yozish ko’nikma va malakalarini shaklllantirishga yaxshi e’tibor qaratilmasligi deb olishimiz mumkin. Shuning uchun ham o’quvchilarni ilk maktab yoshidanoq savodli yozishga o’rgatib borish bugungi kunda ham dolzarb va ahamiyatli muammolardan biri bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |