AHOLI TURAR JOYLARDA OMMAVIY SOG’LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYASINI TASHKIL ETISH.
1. Milliy harakatli o'yinlar.
2. Milliy xalq o'yinlari.
Milliy harakatli o'yinlar sport turlari hamda xalqimiz qadriyatlari bilan aloqador bo'lib, ular asrlar davomida davrlarga mos ravishda rivojlanib, takomillashib, e'zozlanib kelingan. U bolalarning jismonan baquvvat, sog'lom, jasur, qat'iyatli, chaqqon, uddaburon bo'lib o'sishlarida muhim omil bo'lib hisoblanadi. Xalq milliy o'yinlarida millatning o'tmish tarixi, ma'naviy va madaniy rivojlanishining xarakter xususiyatlari, urfodatlari, an'analari jamlangandir.
Xalq milliy o'yinlari orqali bolalarni ma'naviy, aqliy, jismoniy, estetik jihatdan tarbiyalab borish jarayonida bolalarda o'z Vatanini sevish, uning boyliklari qadriga yetish, buyuk ajdodlarimiz meroslarini hurmat qilish, milliy kuy va qo'shiqlardan zavqlanish tuyg'ulari, shuningdek, o'sib kelayotgan yosh avlodda chidamlilik, sabrtoqatlilik, tezkorlik, ildamlik, botirlik kabi shaxsiy sifatlar shakllanib boradi.
Xalq milliy o'yinlarini maktabgacha ta'lim muassasalarida tashkil etishda quyidagi vazifalar amalga oshirilishi lozim:
• xalq milliy o'yinlarining turlari va ularni tashkil etish yo'llari, usullari hamda uslublarini ishlab chiqish;
• milliy o'yinlarni tashkil etishda ma'naviy qadriyatlar va urfodatlarimizni kundalik hayot jarayoniga singdirib borish;
• maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy istiqlol ruhida tarbiyalashda xalq milliy o'yinlaridan maqsadli foydalanish;
• xalq ertaklari, xalq og'zaki ijodi durdonalaridan unumli foydalanish;
• bolalarning o'ynashlari uchun shartsharoit (o'yin uchun jihozlar, atributlar) yaratish;
• maktabgacha ta'lim muassasalari, oila va mahallalar o'rtasida milliy o'yinlar bo'yicha ko'rik tanlovlari va musobaqalar o'tkazish.
Milliy harakatli o'yinlar bolalarning yosh xususiyatlariga, o'yindagi harakatlar rivojiga qarab takomillashib boradi.
l—2yoshli bolalar bilan o 'ynaladigan o 'yin turlari. «Barmoqqabarmoq», «G'ozg'oz», «G'oz tursin», «Bo'pbo'p», «Toytoy», «Poyezd», «Achomachom» o'yinlari go'dak endi birikki qadam tashlashni o'rganayotgan vaqtda gavdasini to'g'ri tutishga yordam beradigan o'yinlar hisoblanadi.
3—4yoshti bolalar bilan o 'ynaladigan o yin turlari: «Ot o'yin», «Kesak qo'ydi», «Ko'z boylagich», «Choriy chambar», «Avvalakam», «Tayoq irg'itish», «Quloq cho'zish», «Chitti gul», «Xolam mehmonga keldi», «Uchdiuchdi».
4—5yoshli bolalar bilan o'ynaladigan o'yin turlari: «Chir aylanma», «Chillak», «Tortishmachoq», «Lafta», «Dor o'yin», «Ko'pkari», «Berkinmachoq», «Jami», «Chertan devor girgir aylan».
Katta yoshdagi bolalar uchun o'yinlar: «Chavandozlar», «Doiraga tort», «Do'ppi yashirma», «Sapalak», «Besh tosh», «Oq terakmi ko'k terak». Bu o'yinlar orqali bolalarda chaqqonlik, o'zo'zini boshqara olish va o'ziga ishonch tarbiyalanadi, qat'iyatlilik ko'nikmalari shakllanadi, fikrlashga o'rgatilib boriladi, topqirlik qobiliyatlari rivojlanadi, hozirjavob bo'lishga tayyorlanib boriladi.
Xalq harakatli o'yinlarini tashkil etish va bolalarga o'rgatishda quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur:
1. Bolani ruhiy jihatdan o'yinga tayyorlash.
2. O'yin jarayonida bolalarning jismoniy tayyorgarligi va yosh xususiyatlariga e'tibor berish.
3. Har bir o'yinning pedagogik tomonlarini nazardan qochirmaslik.
4. O'yinlarni ijtimoiyfoydali mehnat bilan bog'lagan holda hayotga tatbiq etish.
5. O'yin davomida o'zaro munosabatlarni yanada mustahkamlash.
6. Jamoa bo'lib birgalikda harakat qilish, jamoa manfaatiga hurmat va e'tiborli bo'lish.
O'zbek xalqining ermak va ovutmachoq o'yinlari bilan, asosan, bolaning ilk yosh davridan boshlab shug'ullanib boriladi. Bu o'yinlar asosan kattalarning bevosita rahbarligida harakat va so'zlarning uyg'unlashuvi bilan o'ynatiladi. Masalan, «Barmoqlar», «Sichqonsichqon» o'yinlari orqali bolalarda xushchaqchaqlik kayfiyatlari hosil qilinib tasavvurlari o'sib boradi. Xalqimizda «Bolaning ilonni changallaydigan davri» degan ibora bor. Bu hikmat bola hali qo'rqish hissini bilmaydigan davrida, ya'ni yaxshiyomonni ajrata olmaydigan vaqtida qo'llaniladi. Xuddi shu davrda «Sichqonsichqon» o'yini qo'l keladi.
Ilk yoshdagi bolalar dastro'moldan yasalgan «sichqon»ning harakatlanishidan qattiq zavqlanib, qiyqirib yayraydilar. «Sichqon»ni harakatlantiruvchi katta odam uning juda chaqqonligini namoyish etishi kerak. Bu ovutmachoq go'dakka sichqon shakli va uning juda yugurdakligi to'g'risida tasavvur hosil qilishga ko'maklashadi. Ermak o'yinlardan «Oymoma», «Bog'ga kirsam maylimi», «AIla», «Ajiaji», «Boylandi», «Chapakkaxochapakka» orqali bolalarni muloqotga o'rgatib boriladi. Bu jarayonda bolalarning eshitish, ko'rish, sezish, his qila olish kabi sensor qobiliyatlari faoUashadi. Bolalarning nutq faolligini o'stirish maqsadida aytishma o'yinlaridan keng foydalaniladi.
Xulosa: Bugungi kunda davlatimiz tomonidan sportni ommalashtirish borasida ko`pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Sportga e`tiborning kuchayishi bevosita yangicha tafakkur hamda insonni shakllantirishga qaratilgan jamiyatning hayot faoliyati sohalariga yangi munosabatni taqozo qiladi. Biroq, ijtimoiy rivojlanishning mazkur sohasiga uzoq yillar mobaynida etarli e`tibor berilmadi. Boshqarishdagi eskicha printsip buyruqbozlik usuli pedagoglar, shifokorlar, olimlar, tarbiyachilar, murabbiy-trenerlar tashabbuslarining keng yoyilishiga muayyan darajada to`siq bo`lib keldi. Xalq ta`limi sohasi ham insonni tarbiyalash va unga ta`lim berishda insoniyatning yaratgan eng boy merosiga murojaat etmadi va ijodiy foydalanmadi.
Ta`kidlash joizki, aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmokda. Bunda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsustestlarining hayotga tatbiq qilinishi, o`quvchi yoshlar va talabalarning turli sport musobaqalari, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi sportmusobaqalari, shuningdek, xalq milliy o`yinlari, festivallari va turnirlarningmuntazam tashkil qilinishi e`tiborga molikdir. Respublikamizning turli hududlarida yirik sport inshootlari qad ko`tarmokda, yangi sport maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari tashkil qilinmokda. Sport jamoalarining turlari va sonlari tobora oshmokda. Bunda ommaviy sog`lomlashtiruvchi va sport mahoratlarini oshiruvchi tadbirlarni maqsadli tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta tashkilotchilik, diqqat-e`tiborni talab etadi.
SHunday ekan, sportni ommalashtirishimizda avvalo, ma`naviy-axloqiy muhitni nazardan qochirmaslik kerak. Zero, jamiyatning ma`naviy – axloqiy muhiti davr ehtiyojlari va talablariga ko`ra takomillashib boradi. Bugungi O`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti ham jamiyat ma`naviy-axloqiy muhitining yangi tushunchalar, axloqiy qadriyatlar, tamoyillar va me`yorlar bilan rivojlanib borishini taqozo etmoqda. SHaxsni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda ideal darajadagi qadriyatlarga asoslanish kutilgan samarani beradi. Bu borada, bizningcha, mutloq tushunchalarga yangicha nuqtai-nazardan qarash va asoslanishning vaqti keldi. Masalan, shaxsning axloqiylik darajasini belgilashda uning iroda erkinligiga, burchga va mas`uliyatga egaligini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bular mutloq axloqiylik elementlari hisoblanadi. Negaki, shaxsning iroda quvvatini, burch tuyg`usini va mas`uliyat hissining ko`lamini aniq belgilashning imkoni yo`q. Ayni paytda, bu sifatlarsiz shaxs axloqini shakllantirish masalasiga yondoshib bo`lmaydi.
Mustaqillik sharofati bilan shakllangan milliy va umumxalq bayramlari kabi sport bayramlariga ham katta e`tibor qaratilayotganligi quvonarli xoldir. Bu esa barkamol avlodni jismonan sog`lom qilib tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etishda o`zining ijobiy natijasini beradi. Zero, sportni ommalashtirish orqali sog`lom turmush tarzini shakllantirishga erishish mumkin. Xalqimiz nafaqat boshqa sohalarda, balki sport sohasida ham o`zlarini ko`rsatishlari uchun o`z xalqining o`tmishi, azaliy odatlari va qadriyatlarini qanchalik bilishida katta ma`no bor. Barcha aholi orasida stol tennisi, shaxmat va shashka, milliy o`yinlar, engil atletika to`garaklari, guruxlar va jamoalarni ommalashtirish ularda sog`lomlashtirish tadbirlarining turli shakllaridan, shu jumladan, ertalabki gimnastika, yurish, sayoxat va boshqa turlardan keng foydalanishni yo`lga qo`yish kerak. Aholi turar-joylarida ommaviy sport musobaqalarini o`tkazishda sport inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish me`yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini qondiradigan, shu turar-joy qurilishiga munosib, hamoxang bo`lishi kerak.