AHOLI TURAR JOYLARDA OMMAVIY SOG’LOMLASHTIRISH JISMONIY TARBIYASINI TASHKIL ETISH.
2.3. Milliy xarakatli o`yinlarni tashkil qilish va rivojlantirish Sobiq sho`rolar davrida o`zbek xalq milliy harakatli o`yinlaridagi juda ko`p qoida va mezonlar, jumladan: o`yin boshlash uchun bolalarni chaqirish va to`plash, qur`a tashlash, o`yinni tamomlash, rag’batlantirish, taqdirlash, jazolash va boshqalar o`zgarishlarga duch keldi. Buning ham ijobiy, ham salbiy tomonlari bo`lgan, albatta. Ijobiy tomoni harakatli o`yinlar irminologiyasi turli milliy va baynalmilal so`zlar hisobiga boyidi. Salbiy tomoni, shu xalq yaratgan o`yinlardagi milliylik bo`yog’i o`zgardi, ohori to`kildi, ya`ni ko`pgina o`yinlar umumiylik sifatini kasb etdi, bu shu xalq urf-odati, udumlari, madaniyatining tabiiyligiga putur etkazildi, degan so`zdir. YOki buni xalqning ma`naviyati, qadriyatini yo`qotishdagi ilk qadamlardan biri deb tushunsa ham bo`ladi. To`g’ri, etmish yil mobaynida hammamiz ma`lum bir ko`rsatmalar asosida ishladik, endi esa mustaqil mamlakat bo`ldik. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimizning barcha jabhalardagi madaniy merosini, ma`naviyatini, madaniyatini tiklashimiz va uni rivojlantirishni o`z oldimizda turgan asosiy vazifalardan biri deb qarashimiz kerak.
Xalq milliy harakatli o`yinlari, raqslari va sport turlari singari o`zining bitmas-tugalmas bilim va tajriba sarchashmasiga ega. Shu boisdan milliy harakatli o`yinlarni o`rganish, keng jamoatchilik asosida tadqiq qilish, ularni o`quvchilarning jismoniy madaniyati jarayoniga tadqiq etish, ayni muddaodir.
Insoniyat asrlar davomida sinovdan o`tgan ijtimoiy hodisa, jismoniy mashqlarni ya`ni, sportni – sog`lom turmush tarzini shakllantirishning garovi deb, bejiz aytmagan. CHunki sport millati, irqi, dinidan qat`iy nazar, barchaga o`zlarining sog`lom turmush tarzlarini tashkil etishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib beradigan omillardan biridir.
Bugungi kunda davlatimiz tomonidan sportni ommalashtirish borasida ko`pgina ishlar amalga oshirilmoqda. Sportga e`tiborning kuchayishi bevosita yangicha tafakkur hamda insonni shakllantirishga qaratilgan jamiyatning hayot faoliyati sohalariga yangi munosabatni taqozo qiladi. Biroq, ijtimoiy rivojlanishning mazkur sohasiga uzoq yillar mobaynida etarli e`tibor berilmadi. Boshqarishdagi eskicha printsip buyruqbozlik usuli pedagoglar, shifokorlar, olimlar, tarbiyachilar, murabbiy-trenerlar tashabbuslarining keng yoyilishiga muayyan darajada to`siq bo`lib keldi. Xalq ta`limi sohasi ham insonni tarbiyalash va unga ta`lim berishda insoniyatning yaratgan eng boy merosiga murojaat etmadi va ijodiy foydalanmadi.
Ta`kidlash joizki, aholining salomatligini mustahkamlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmokda. Bunda “Alpomish” va “Barchinoy” maxsus testlarining hayotga tatbiq qilinishi, o`quvchi yoshlar va talabalarning turli sport musobaqalari, “Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, “Universiada” kabi sport musobaqalari, shuningdek, xalq milliy o`yinlari, festivallari va turnirlarning muntazam tashkil qilinishi e`tiborga molikdir. Respublikamizning turli hududlarida yirik sport inshootlari qad ko`tarmokda, yangi sport maktablari, litseylar, kasb-hunar kollejlari tashkil qilinmokda. Sport jamoalarining turlari va sonlari tobora oshmokda. Bunda ommaviy sog`lomlashtiruvchi va sport mahoratlarini oshiruvchi tadbirlarni maqsadli tashkil qilish mutaxassislar, jamoat idoralari va homiylardan katta tashkilotchilik, diqqat-e`tiborni talab etadi.
Ayniqsa, hozirgi murakkab va tahlikali zamonda milliy o`zligimiz, azaliy qadriyatlarmizga yot va begona bo`lgan turli xil hurujlar, yoshlarimizning ongi va qalbini egallashga qaratilgan g`arazli intilishlar tobora kuchayib borayotgani barchamizni yoshlar o`rtasida sog`lom turmush tarzi tamoyillarini yanada mustahkam qaror toptirish, ularni giyohvandlik, axloqsizlik, chetdan kirib kelayotgan har xil zararli ta`sirlardan, “ommaviy madaniyat” niqobi ostidagi tahdid va hatarlardan asrash masalalari bir zum ham e`tiborimizdan chetda qolmasligi yurtboshimiz tomonidan alohida qayd etib o`tilgan edi. Tarixiy an`analarimiz va qadriyatlarimizni milliy sport turlari orqali yoshlarimiz ongiga singdirishimiz hamda ularning dunyoqarashiga salbiy ta`sir qiladigan illatlardan ogoh etib, aholi o`rtasida sportni ommalashtirish usullarini ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bu vazifalar bizning nazarimizda, aholi istiqomat qiladigan joylarda jismoniy tarbiya va sportni jonlantirish ishlari mahalla kengashlari, sportni rivojlantirishga mutasaddi tashkilotlar, mutaxassis hodimlar va sport faollari bilan hamkorlikda olib borilsa o`zning ijobiy natijasini beradi.
Sport insonda yuksak ma`naviylik va axloqiylikni shakllantiradi. SHuning uchun ham prezidentimiz I.A.Karimov “Sportni rivojlantirish jamiyatimizda mehr-muruvvat tuyg`usini yuksaltirish borasidagi maqsadimizga, kerak bo`lsa, siyosatimizga ham juda katta hissa qo`shadi. O`zini haqiqiy sportchi deb biladigan, sport bilan chin ko`ngildan shug`ullanadigan odam hech qachon birovning rizqiga hiyonat qilmaydi, qo`pollik, baxillik, hasad kabi illatlardan yiroq bo`ladi. Bunday bolalar hech qachon ko`chada odobsizlikka borib, kuchini namoyish qilmaydi, nega deganda, uning ichki dunyosiga sport orqali yangicha qarash, yangicha insoniy hissiyotlar kiradi” degan edilar.
SHunday ekan, sportni ommalashtirishimizda avvalo, ma`naviy-axloqiy muhitni nazardan qochirmaslik kerak. Zero, jamiyatning ma`naviy – axloqiy muhiti davr ehtiyojlari va talablariga ko`ra takomillashib boradi. Bugungi O`zbekistonning ijtimoiy taraqqiyoti ham jamiyat ma`naviy-axloqiy muhitining yangi tushunchalar, axloqiy qadriyatlar, tamoyillar va me`yorlar bilan rivojlanib borishini taqozo etmoqda. SHaxsni ma`naviy-axloqiy tarbiyalashda ideal darajadagi qadriyatlarga asoslanish kutilgan samarani beradi. Bu borada, bizningcha, mutloq tushunchalarga yangicha nuqtai-nazardan qarash va asoslanishning vaqti keldi. Masalan, shaxsning axloqiylik darajasini belgilashda uning iroda erkinligiga, burchga va mas`uliyatga egaligini nazarda tutish maqsadga muvofiqdir. Albatta, bular mutloq axloqiylik elementlari hisoblanadi. Negaki, shaxsning iroda quvvatini, burch tuyg`usini va mas`uliyat hissining ko`lamini aniq belgilashning imkoni yo`q. Ayni paytda, bu sifatlarsiz shaxs axloqini shakllantirish masalasiga yondoshib bo`lmaydi.
Xalqimiz nafaqat boshqa sohalarda, balki sport sohasida ham o`zlarini ko`rsatishlari uchun o`z xalqining o`tmishi, azaliy odatlari va qadriyatlarini qanchalik bilishida katta ma`no bor. Barcha aholi orasida stol tennisi, shaxmat va shashka, milliy o`yinlar, engil atletika to`garaklari, guruxlar va jamoalarni ommalashtirish ularda sog`lomlashtirish tadbirlarining turli shakllaridan, shu jumladan, ertalabki gimnastika, yurish, sayoxat va boshqa turlardan keng foydalanishni yo`lga qo`yish kerak. Aholi turar-joylarida ommaviy sport musobaqalarini o`tkazishda sport inshootlari katta ahamiyat kasb etadi. Bu inshootlar belgilangan qurilish me`yorlari talablariga mos, bolalar hamda kattalarning ehtiyojlarini qondiradigan, shu turar-joy qurilishiga munosib, hamoxang bo`lishi kerak.
Mustaqillik sharofati bilan shakllangan milliy va umumxalq bayramlari kabi sport bayramlariga ham katta e`tibor qaratilayotganligi quvonarli xoldir. Bu esa barkamol avlodni jismonan sog`lom qilib tarbiyalash ishlarini samarali tashkil etishda o`zining ijobiy natijasini beradi. Zero, sportni ommalashtirish orqali sog`lom turmush tarzini shakllantirishga erishish mumkin.
Istiqlol sabab ta`lim sohasida eng maqbul dasturlarning o`z vaqtida uzoqni ko`zlab ishlab chiqilishi, ta`lim – tarbiya jarayonini tubdan isloh etish, takomillashtirish, kelajak poydevori bo`lgan yoshlarning aqli va salohiyatini zamonaviy bilimlar bilan charxlash, ta`lim maskanlarining moddiy – texnik bazasini mustahkamlash, har tomonlama barkamol, chuqur bilim, mustahkam e`tiqod va mustaqil fikrlash qobiliyatiga ega bo`lgan avlodni voyaga etkazishda g`amho`rlik qilish, yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug`ullanishiga doimiy e`tibor qaratish davlat siyosati darajasiga molik bo`ldi. YUrt farzandlarining mamlakat va dunyo sport maydonlarida yuqori pog`onalarni egallayotgani yurtboshimiz tashabbusi va sa`y -harakati bilan o`tkazilayotgan uch bosqichdan iborat uzluksiz tizim-“Umid nihollari”, “Barkamol avlod”, va “Universiada”dagi zafarli odimlar bu yo`nalishdagi e`tiborning mevasi desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Jamiyatning jon tomiri hisoblangan sog`lom, barkamol avlod tarbiyasi, sog`lom turmush tarzini shakllantirish, ommaviy sportni takomillashtirish, aholining barcha qatlami orasida jismoniy tarbiya va sportni yanada oshirish zamirida ikki jihat mujassam.
Avvalo, mamlakatimizda sport – sog`lomlashtirish ustuvor masala sifatida e`tirof etilib, qisqa fursat ichida uning huquqiy asosi yaratildi. Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, sport sohalariga etarlicha shart-sharoitlar yaratish borasida qaror, farmoyish va qonunlar qabul qilindi, keng jamoatchilik orasida uning targ`iboti olib borildi. Jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora – tadbirlar to`g`risida”gi 271-sonli Qarori yoshlar sportini ommaviy ravishda rivojlantirish, jamoatchilik orasida turli sport tadbirlarini uyushgan holda tashkil qilishga qaratilgan bo`lsa, 2003 yil 3 iyundagi “O`quvchi talaba - yoshlarni sportga jalb qilishga qaratilgan uzluksiz sport musobaqalari tizimini tashkil etish to`g`risida”gi 244-sonli Qarori umumta`lim maktablari, akademik litsey, kasb – hunar kollejlari o`quvchilari va oliy ta`lim maskani talaba – yoshlariga jismoniy tarbiya va sport bilan doimiy, uzluksiz tartibda shug`ullanish imkoniyatini beradi.