Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf
Ishning bajarilishi: Erkin yashovchi azotfiksatorlar orasida Azotobacter va Clostridium
avlodlarining turlari qiziqarlidir. Azotobakter oson o’zlashtiriladigan organik moddalarni
tutuvchi, neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaktsiyali tuproqlarda keng tarqalgan.
Azotobakteriyaning hamma turlari - geterotroflar va aeroblar. Ular orasida eng yaxshi
o’rganilganlari Az. shroococcum va Az. vinelandii ning turlaridir.
Tuproqda va ifloslangan suv havzalrida anaerob azotfiksator Clostridium avlodi
uchraydi. Bu guruhning tipik vakili S. pasteurianum turidir. Yosh kultura hujayralari
peritrix joylashgan xivchinlarga ega bo’lgan va donador kraxmalsimon moddaning katta
zahirasiga ega bo’lgan tayoqchasimon shaklga egadir. Hujayralar klostridial tipda spora
hosil qiladi.
Azotobakterni tabiiy yashash muhitdan - tuproqdan ajratish uchun va uning
miqdorini aniqlash uchun har xil usullardan, shu qatorda tuproq bo’lakchalari usulidan
foydalaniladi. Sterillangan Petri kosachasiga azotsiz Eshbi agarli muhit quyiladi.
Qotgandan so’ng agar ustiga sterillangan ilmoq yordamida 1g. tuproqni diametri 2mm
cha bo’lgan 50-100 bo’lakchalari joylashtiriladi. Tuproq oldindan bir oz namlanadi.
Bo’lakchalarning to’g’ri joylashishi uchun andozadan foydalaniladi. Tuproq ekilgan
likopchalarni 28-300 Sda 5-7 kunga nam kameraga joylashtiriladi. Bunday sharoitda
azotobakter bo’lsa, bo’lakchalar xira, avval rangsiz, keyin och jigarrang yoki to’q
qoramtir rangli shilliq bilan qoplanadi.
Azotobakter bilan qoplangan tuproq bo’lakchalarni miqdori ekilgan bo’lakchalar
umumiy sonidan protsent hisobida sanaladi. Bo’lakchalar atrofidagi shilliq biomassadan
tushli preparat tayyorlanadi va mikroskopda ko’riladi. Bunda qorong’i fonda qalin
rangsiz kapsula bilan o’ralgan donador Az. chroococcum ning hujayralari ko’rinadi.
Azotobakterning boyitilgan kulturasini tuproqni suyuq, azotsiz Eshbi muhitiga ekib
ham olish mumkin. Ekilgan narsalar 28-300 S da o’stiriladi va bir haftadan so’ng analiz
qilinadi:
1. Probirka devoridagi loyqa va halqasimon shilliq g’ubor borligi oddiy ko’z bilan
tekshiriladi.
2. Kultural suyuqlik va halqasimon g’ubor mikroskop ostida suyuq tush (1:10)
tomchisida ko’riladi
Erkin yashovchi azotfiksatorning toza kulturasi bilan tanishish uchun agarli Eshbi
muhitida o’stirilgan Azotobacter chroococcum ning laboratoriya kulturasi mikroskopda
ko’riladi