Ilova va izoh uchun (tajriba paytidagi va bajarib bo`lingandan so`ng olingan olingan tajriba
ishi bo`yicha suratlar va ularning izohi keltiriladi) 20-21-22– Laboratoriya ishi: Azotfiksatsiya jarayoni va Azotfiksatsiya jarayonini ximizmi bilan tanishish. Erkin yashovchi azotofiksator mikroorganizmlar tahlili. Tuproq bo’lakchalari usulida azotfiksator mikroorganizmlar tahlili (2s) Mashg’ulotning maqsadi : Azotfiksatsiya jarayoni va azotfiksatorlarning turli-
tumanligi bilan tanishish.
Mazkur laboratoriya ishi
azotfiksatsiya jarayonida ishtirok
etuvchi mikroorganizmlarni
o’rganishga bag’ishlangan. Laboratoriya ishini bajrishdan
maqsad turli muhitlardan ozuqa muhitlariga namunalarni yekib,
azotfiksatsiya
jarayonida
ishtirok etuvchi mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi, o’ziga xosligi haqida
axborotga ega bo’lish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy,
buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, steril ozuqa
muhit,dezinfiktsiyalovchi modda, termostat.
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik qoidalari: Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi
bo’yicha yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim.
Mazkur ishni bajarishda talabalar azotfiksatsiya jarayonlarda ishtirok etuvchi
mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi xaqida ma’lumotlarga
ega bo’lishlari
kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz turli moddalarni,
asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin emas.
Ishning bajarilishi: Atmosferadagi gazsimon azot zahirasi bitmas-tuganmasdir.
Lekin bu katta zahiradan mineral azot birikmalari kerak bo’lgan o’simliklar va azotni
organik birikmalari shaklida o’zlashtiruvchi hayvonlar foydalana olamaydi.Bu
xususiyatga faqat prokariotlar ega. Ularning ko’pchilik vakillari havodagi azotni
bog’langan holatga o’tkazadi. Molekulyar azotni mikroorganizmlar tomonidan
o’zlashtirish jarayoni azotfiksatsiya va bu jarayonni olib boruvchi mikroorganizmlar
azotfiksatorlar deyiladi. Hamma e’tirof qilgan azotfiksatorlarga azotobakter, tuganak
bakteriyalar va anaerob klostridiylar kiradi. Boshqa guruh mikroorganizmlar ichida
Bacillus, Azotobacter, Azospirillum va hokazo avlodlarga kiruvchi azotfiksatorlar
topilgan. Azotfiksirlovchi mikroorganizmlar tuproqda erkin holda yoki yuqori
o’simliklar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuning uchun erkin yashovchi va simbioz
holatda yashovchi azotfiksatorlar farqlanadi.
Erkin yashovchi azotfiksatorlar orasida Azotobacter va Clostridium avlodlarining
turlari qiziqarlidir. Azotobakter oson o’zlashtiriladigan organik moddalarni tutuvchi,
neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaktsiyali tuproqlarda keng tarqalgan. Azotobakteriyaning
hamma turlari - geterotroflar va aeroblar. Ular orasida eng yaxshi o’rganilganlari Az.
shroococcum va Az. vinelandii ning turlaridir.
Tuproqda va ifloslangan suv havzalrida anaerob azotfiksator Clostridium avlodi
uchraydi. Bu guruhning tipik vakili S. pasteurianum turidir. Yosh kultura hujayralari
peritrix joylashgan xivchinlarga ega bo’lgan va donador kraxmalsimon moddaning katta
zahirasiga ega bo’lgan tayoqchasimon shaklga egadir. Hujayralar klostridial tipda spora
hosil qiladi.