Ishning bajarilishi: Azotobakterni to’plab olish uchun 100 g tuproqqa 2 g mannityoki
gliserin aralashtiriladi. Bu aralashma ustiga 20-30 ml suv quyib, undanxamirsimon loy
tayyorlanadi. Uni Petri idishiga solib, usti shpatel bilan silliq qilibsuvaladi. So’ngra
idishning og’zini yopib, 30°li termostatda bir necha hafta saqlanadi. SHundan so’ng
idishdagi loy betida oq rangli yaltiroq koloniyalar hosil bo’lganliginiko’rish mumkin,
keyinchalik bu koloniyalar qo’ng’ir tusga kiradi. Bakteriyalar bilantanishish maqsadida
koloniyaning bir bo’lakchasini olib, 1-2 tomchi suvda suyultiriladi va shu suyuqlikdan
mazok tayyorlanadi. Mazok kurigandan so’ng 5minut davomida spirt bilan
fiksasiyalanadi. Fiksasiyalangai mazok ustiga karbol kislotada eritilgan eritrozin bo’yog’i
tomizilib, so’ngra bo’yaladi. Keyin yuviladi, quritilib, bir tomchi kedr moyi tomiziladi va
mikroskopning immersion ob’ektiviorqali ko’riladi. Eritrozin bo’yog’i tuproq
zarrachalarini bo’yamasdan faqatbakteriyalarni bo’yaydi. Bu preparatda azotobakter
xrookokkum hamda ularni o’rab olgan kapsula ko’rinadi.
Ishni bajarish uchun ruhsat olish savollari: 1.Azotfiksatsiya so’zining ma’nosi
?
2.Azotfiksatsiya jarayonida qaysi mikroorganizmlar ishtirok etadi?
2.Azotfiksatorlarning ozuqa muhitining
tarkibi qanday
?
3.
Mazkur ishdan maqsad nima?
Nazorat savollar: 1. Erkin xolda yashovchi azotfiksatorlar qaysilar? 2. Simbioz xolda yashovchi azotfiksatorlar qaysilar? 3.Azotfiksatsiya jarayonining ahamiyati nimadan iborat? VAZIFA: Tajribadan olingan natija va xulosalarni daftaringizga yozing. Tajriba natijasi quyidagicha:__________________________________________ __________________________________________________________________