Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf
Nazariy qism: Vinogradskiy (1893) maxsus elektiv oziq muxitida bakteriyalarni sof
kulturasini ajratib olgan. Elektiv oziq muhit tayyorlash uchun u oziq muhitiga glyukoza
va boshqa tuzlar qo’shadi, lekin azotli tuzlar qo’shmaydi. Shuning uchun bunday muhitda
faqat azotni o’zlashtira oladigan bakteriyalar yashashi mumkin Cl.pasterianum bo’ladi.
Tajribani anaerob sharoitda olib boradi va azot to’plovchi bakteriyasini kashf etadi (68-
rasm). Bu bakteriya duksimon shaklda, 3-4 mkm uzunlikda, eni 0,7-1,3mkm bo’lib, spora
hosil qiladi, tanasi peritrix tipda xivchinlangan, yosh vaqtida tez harakatlana oladi.
Klostridium oziq sifatida asosan glyukozadan foydalanadi, lekin saxaroza va
fruktozani ham o’zlashtira oladi, kraxmal va sellyulozani mutlaqo o’zlashtira olmaydi.
Hayot uchun zarur bo’lgan energiyani yog’ kislotali bijg’ish protsessidan oladi:
S6N12O6 →SN3SN2 . SN2 . SOON + 2SO2 + 2N2 + 65 kJ
yog’ kislota Laboratoriya sharoitida klostridium 1g bijg’igan shakar hisobiga 1-5, ba’zan 5-10
mg azot to’playdi.
Olimlar fikricha, bijg’ish, protsessida vodorod molekula holida emas, balki atomar (2N)
holda ajralib, atmosfera azotining ammiak holida to’planishida ishtirok etar ekan.
Vilson Clostridium ning S1.butyricum, S1.beijerinckia, S1. pectinovorum,
S1.butylicum, S1.asetobutylicum kabi 15ga yaqin turi ham azot to’plash xususiyatiga ega
ekanligini aniqlaydi. Lekin bulardan S1ost. rasteurianum atmosfera azotini eng ko’p
to’playdi. Tuproqda S1ost. rasteurianum doim aerob usulda nafas oluvchi Vas.
closteroides bilan birga uchraydi, bu bakteriya S1.rasterianum uchun anaerob sharoit
yaratib bersa, uning hisobiga Vas. s1osteroides vitaminlar bilan ta’minlanadi va S1ost.
rasterianum dan azot olib turadi (I. L. Rabotnova ,1958; V. T. Yemtsov, 1959).
Klostridium tabiatda juda keng tarqalgan, chunki u tuproqning rN- 4,5—9,0 bo’lsa
rivojlana oladi, shuning uchun ham kislotali, ishqoriy, sho’r va qora tuproqlarda
uchraydi. Tuproqning namligi 60-80% (to’la nam sig’imiga nisbatan) bo’lsa, yaxshi
rivojlanadi. Klostiridiumdan tashqari, tuproqda erkin holda yashaydigan yana bir
bakteriya azotobakterni gollandiyalik mikrobiolog Beyerink 1901 yilda sof kultura holida
ajratib olgan.