Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Ilova va izoh uchun (tajriba paytidagi va bajarib bo`lingandan so`ng olingan olingan tajriba 
ishi bo`yicha suratlar va ularning izohi keltiriladi) 
20-21-22– Laboratoriya ishi: Azotfiksatsiya jarayoni va Azotfiksatsiya jarayonini 
ximizmi bilan tanishish. Erkin yashovchi azotofiksator mikroorganizmlar tahlili. 
Tuproq bo’lakchalari usulida azotfiksator mikroorganizmlar tahlili (2s) 
Mashg’ulotning maqsadi
: Azotfiksatsiya jarayoni va azotfiksatorlarning turli-
tumanligi bilan tanishish. 
Mazkur laboratoriya ishi
azotfiksatsiya jarayonida ishtirok 
etuvchi mikroorganizmlarni 
o’rganishga bag’ishlangan. Laboratoriya ishini bajrishdan 
maqsad turli muhitlardan ozuqa muhitlariga namunalarni yekib, 
azotfiksatsiya
jarayonida 
ishtirok etuvchi mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi, o’ziga xosligi haqida 
axborotga ega bo’lish.
Kerakli jihozlar va reaktivlar: 
MBR-1 mikroskop, okulyar, ob’ektiv, immersion moy, 
buyum va qoplagich oyna, bakteriologik halqa, mikrobiologik ob’ekt, steril ozuqa 
muhit,dezinfiktsiyalovchi modda, termostat. 
Laboratoriya ishini bajarishda rioya qilinadigan texnika xavfsizlik 
qoidalari:
Laboratoriya mashg’ulotlarini bajaruvchi hamma talabalar texnika xavfsizligi 
bo’yicha yo’riqnoma talablari bilan tanishtirilgan bo’lishlari lozim.
Mazkur ishni bajarishda talabalar azotfiksatsiya jarayonlarda ishtirok etuvchi 
mikroorganizmlarning morfologik tuzilishi xaqida ma’lumotlarga
 
ega bo’lishlari 
kerak. Shuningdek talaba o’qituvchi yoki laborantning ruxsatisiz turli moddalarni
asbob-uskunalarni o’zboshimchalik bilan ishlatishi mumkin emas. 

Ishning bajarilishi:
Atmosferadagi gazsimon azot zahirasi bitmas-tuganmasdir. 
Lekin bu katta zahiradan mineral azot birikmalari kerak bo’lgan o’simliklar va azotni 
organik birikmalari shaklida o’zlashtiruvchi hayvonlar foydalana olamaydi.Bu 
xususiyatga faqat prokariotlar ega. Ularning ko’pchilik vakillari havodagi azotni 
bog’langan holatga o’tkazadi. Molekulyar azotni mikroorganizmlar tomonidan 
o’zlashtirish jarayoni azotfiksatsiya va bu jarayonni olib boruvchi mikroorganizmlar 
azotfiksatorlar deyiladi. Hamma e’tirof qilgan azotfiksatorlarga azotobakter, tuganak 
bakteriyalar va anaerob klostridiylar kiradi. Boshqa guruh mikroorganizmlar ichida 
Bacillus, Azotobacter, Azospirillum va hokazo avlodlarga kiruvchi azotfiksatorlar 
topilgan. Azotfiksirlovchi mikroorganizmlar tuproqda erkin holda yoki yuqori 
o’simliklar bilan simbioz holatda yashaydi. Shuning uchun erkin yashovchi va simbioz 
holatda yashovchi azotfiksatorlar farqlanadi.

Erkin yashovchi azotfiksatorlar orasida Azotobacter va Clostridium avlodlarining


turlari qiziqarlidir. Azotobakter oson o’zlashtiriladigan organik moddalarni tutuvchi, 
neytral yoki kuchsiz ishqoriy reaktsiyali tuproqlarda keng tarqalgan. Azotobakteriyaning 
hamma turlari - geterotroflar va aeroblar. Ular orasida eng yaxshi o’rganilganlari Az. 
shroococcum va Az. vinelandii ning turlaridir. 
Tuproqda va ifloslangan suv havzalrida anaerob azotfiksator Clostridium avlodi 
uchraydi. Bu guruhning tipik vakili S. pasteurianum turidir. Yosh kultura hujayralari 
peritrix joylashgan xivchinlarga ega bo’lgan va donador kraxmalsimon moddaning katta 
zahirasiga ega bo’lgan tayoqchasimon shaklga egadir. Hujayralar klostridial tipda spora 
hosil qiladi.

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin