36
(21 kun)dan so’ng nitrifikatsiyalovchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasi tahlil qilinadi.
Nitrifikatsiya jarayoni davomida hosil bo’lgan nitratlar, ularning
eruvchanligi tufayli
tuproqlarning past qatlamlariga tushadi, yuqori o’simliklar
va mikroorganizmlarga azot
manbai bo’lib xizmat qiladi, mikrobiologik usulda denitrifikatsiyalovchi bakteriyalar
yordamida qaytariladi.
Azot tuzlari molekulyar azotgacha qaytarilishi chin
denitrifikatsiya
deyiladi. Bu
jarayonni denitrifikatsiyalovchi
mikroorganizmlar olib boradi, ular organik moddalarni
oksidlash jarayonida nitratlar vodorod aktseptor sifatida ishlatiladi.
Tuproqdagi ko’pgina geterotrof mikroorganizmlar denitrifikatsiyalash
xususiyatiga
egadir. Eng faol denitrifikatorlar sifatida Pseudomonas avlodidagi sporasiz
bakteriyalarni ko’rsatish mumkin. Bu jarayonda ba’zi bir
Bacillus avlodiga kiruvchi
mezofil va termofil turlar qatnashishi mumkin.
O’ziga hos avtotrof denitrifikatorlar qatoriga oltingugurt oksidlanishida nitratlarni
qaytaruvchi tion bakteriyalar Thiobacillus denitrificans kiradi. Tuproqda o’tuvchi
denitrifikatsiya o’rinsiz jarayon bo’lib, o’simlik o’zlashtiradigan azotning yo’qolishiga
olib keladi. Denitrifikatsiya jarayonini o’rganish uchun denitrifikatsiyalovchi
bakteriyalarning boyitilgan kulturasini olish uchun elektiv bo’lgan Giltay oziqa muhitiga
tuproq (yoki boshqa substrat) ekiladi. Bu oziqa muhitining tarkibiga natriy limon kislota,
pepton, nitratlar va mineral tuzlar, hamda kыk bromtimol indikatori kiradi, u mosh rangli
bo’ladi. Yetti kundan so’ng Giltay oziqasi tahlil qilinadi.
Dostları ilə paylaş: