Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

Ishning 
bajarilishi: 
Oqsil 
moddalarning 
ammoniylashishini 
o’rganish va 
ammoniylashtiruvchibakteriyalarning boyitilgan kulturasini olish uchun tuproq (yoki 
boshqa substrat) tarkibida oqsil yoki uning parchalangan mahsulotlari bor oziqa muhitiga 
masalan, pepton buloniga ekish kerak. So’ngra, ma’lum bir inkubatsion davr (5-7) dan 
so’ng tahlil o’tkaziladi. 
I. Pepton bulonidagi ammoniylashtiruvchilarning boyitilgan kulturasining tahlili.
1) ammoniylashtiruvchilarning xarakterli o’sishini oddiy ko’z bilan kuzatishlarda 
mavjudligi (uning ko’rinishi), loyqalanishi (uning jadalligi) va gaz pufakchalari borligi:


34 
2) hid borligini qayd etish va uni tavsiflash (xushbo’y, yoqimsiz, o’tkir, qo’lansa, 
najaz hidini eslatishi va b.)
3) ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning boyitilgan kulturasini mikroskopda 
tekshirish - undan “ezilgan tomchi” usulida tirik preparat hamda fiksirlanagan va 
bo’yalgan preparatlarni tayyorlash:
4) ammiakka sifat reaktsiyasi o’tkaziladi - uni pepton bulonida to’planganligini 
tomchi reaktsiyasi bilan Nessler reaktivi yordamida aniqlanadi. Chinni idishga boyitilgan 
kulturadan 0,5-1 ml quyiladi va reaktivdan 1 tomchi qo’shiladi. Ammiak bor bo’lsa, sariq 
yoki zarg’aldoq rang paydo bo’ladi. Ammiak qancha ko’p bo’lsa, rang shuncha to’q 
bo’ladi.
II. Ammoniylashtiruvchi bakteriyalarning toza kulturasini “ezilgan tomchi” 
preparatida ko’rish tavsiya etiladi.
1. Sporasiz grammanfiy bakteriyalar.
a) Serratia marcescens - qizil qon tayoqchasi, bu kulturaning pepton agaridagi 
shtrixi bo’ylab o’sishi qotgan qonni eslatadi. Mikroskop ostida 0,5-0,6 x 6-1,0 mkm 
keladigan mayda, kalta, harakatchan peritrixlar, yakka yoki qisqa zanjirlarga birlashgan 
hujayralar va qizil rangdagi donachalari - prodigiozin pigmenti bo’laklari ko’rinadi.
b) Pseudomonas fluorescens – bu kultura oziqa muhitga ko’k yashil rangdagi 
flyuorestsent pigmentini ajratadi. Bu ingichka, 0,6 x 1-2 mkmdagi to’ppa-to’g’ri, 
harakatchan (monotrixlar) tayoqchalardir.
2.Spora hosil qiluvchi grammusbat bakteriyalar.
a) Bac. megaterium uchlari yumaloqlashgan, yirik tayoqchalar, o’lchamlari 1,2-
1,5 x 3-7 mkmdan 10 mkm gacha, harakatchan, peritrixlar, yakka yoki zanjir hosil qilgan, 
yosh hujayralarda dona-dona lipid granulalari ko’rinadi. Shtrix yog’simon, yaltiroq
salgina qavariq, sarg’ish rangda bo’ladi.
b) Bac. subtilis kalta va ingichka, 0,6 x 3-5 mkm, yakka, harakatchan, peritirix 
tayyoqchalar. Pepton agarida ingichka, quruq, burishgan parda ko’rinishida o’sadi. v) 
Bac. mycoides 0,8-1,2 x 5-7 mkm yakka tayoqchalar yoki zanjirlarga birlashgan, ular 
yosh mog’or zamburug’i mitseliysining gifasini eslatuvchi iplar hosil qiladi. Agarli oziqa 
muhitda kultura o’ziga xos, yassi, mitseliysimon yoki rizoidsimon yoyilgan shaklda 
o’sadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin