Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kafedrasi


bakterium  rizobium radisikola (Bacterium Rhizobium radicicola)



Yüklə 0,95 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/66
tarix18.09.2023
ölçüsü0,95 Mb.
#144965
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Termiz davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti biologiya kaf

bakterium 
rizobium radisikola (Bacterium Rhizobium radicicola)
degan nom bergan. SHunga 
asosan ular 
tugunak bakteriyalar 
deb atalgan. Bu bakteriyalarning yo’g’onligi 1 mkm, 
uzunligi 4-5 mkm keladi. Ba’zilari shoxlanib turadi. Mayda tayoqcha shaklidagi shakllari 
ham uchraydi, ularning uzunligi 0,9 mkm, yo’g’onligi 0,2 mkm dan oshmaydi. 
Bakterium rizobium radisikolaning rivojlanish davri juda murakkab bo’lib, bu 
davr mobaynida uning shakli ham juda o’zgarib turadi. YO
SH 
tugunak bakteriyalar ancha 
harakatchan bo’lib, ularning yo’g’onligi 0,18 mkm va uzunligi 0,9 mkm, keladi. 
Vinogradskiy ma’lumotlariga ko’ra, bu bakteriyalar 24 soat mobaynida 2,5 sm
 
masofaga 
siljir ekan. 
Harakatchan bakteriyalar rivojlanish davrining birinchi bosqichida oddiy bo’linish 
yo’li bilan ko’payadi. Ikkinchi bosqichida esa xivchinlarini to’kib, harakatdan to’xtaydi 
va hajmi kattalashadi. Bakteriyaning hujayrasi ichida vakuola vujudga keladi
hujayraning o’zi esa belbog’li bo’lib ko’rinadi. Belbog’li hujayra kokk shaklidagi bir 
necha harakatchan hujayralarga bo’linadi. SHu paytdan e’tiboran rivojlanish davrining 
birinchi bosqichi yangidan boshlanadi (32-rasm).
Qarib qolgan bakteriyalarning ba’zi birlari shoxlangan shaklda bo’ladi va 
bakteroid 
deb ataladi. Ular ham belbog’li bo’lib ko’rinadi (33-rasm). 
Tugunak bakteriyalar tugunak ichidagina yashamasdan, tuproqda ham bir necha 
yilgacha nobud bo’lmay saqlanadi. Bu bakteriyalar 
radisikola
degan umumiy nom bilan 
atalsa ham, har qaysi dukkakli o’simlikning o’ziga xos bakteriyasi bo’ladi (34-rasm).
Tugunak bakteriyalar o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra: no’xat, vika, china va 
burchoq; lyupin va seradella; beda va qashqarbeda; loviya, soya; nut; sebarga va boshqa 
dukkakli o’simliklar ildizida rivojlanadigan guruhlarga bo’linadi. 


47 
Dukkakli o’simliklar tugunak bakteriyalarni tarkibida azot bo’lmagan organik
moddalar bilan ta’minlab turadi. Bakteriyalar esa dukkakli o’simliklarga azotli 
birikmalarni etkazib beradi, ya’ni ular o’zaro 
simbioz
hayot kechiradi. 
Tuproqda erkin holda yashaydigan tugunak bakteriyalar o’simlikning ildiz 
to’qimalariga kirishdan oldin, ildiz tukchalari yoniga to’planib ko’payish bilan bir 
qatorda, ularning po’stini yumshatadi. 
Hujayra ichiga kirgan bakteriyalar o’zidan shiliq chiqaradi, u ipsimon bo’lib 
cho’ziladi. Bu 
infeksion ip 
deb ataladi (35-rasm). Ildiz tukchalarining hujayralari 
bakteriyalar tomonidan yumshatilgandan so’ng tez fursatda bo’linadi va cho’zilib 
tugunakka aylanadi. Tugunak hosil bo’lgandan keyin hujayralarning protoplazmasi 
tugunak bakteriyalar bilan to’ladi. O’simliklar hujayrasi bo’linganda tugunak bakteriyalar 
ham deyarli baravar taqsimlanadi (36-rasm). 
Dukkakli ekinlarni o’ziga xos aktiv tugunak bakteriyalar bilan boyitish maqsadida 
ular sun’iy yo’l bilan tayyorlangan bakterial o’g’itlar bilan oziqlantiriladi. Bu o’g’itlar 
nitrogen 
deb ataladi. Nitrogenni suvda eritib, ekiladigan dukkakli o’simlikning
urug’i shu eritmada namlanadi. Nitrogen bilan namlangan urug’larni shu kunning 
o’zidayoq ekish zarur aks holda bakteriyalarning aktivligi pasayib ketishi mumkin. 
Urug’i nitrogen bilan namlab ekilgan dukkakli o’simliklarning hosili 14-50% ortadi. 

Yüklə 0,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin