46
azotni o’zlashtira oladi degan xulosaga kelgan. Oradan 20 yil o’tgach, Bussengo dukkakli
va don ekinlari ustidagi tajribalarini yangidan boshlaydi va bu tajriba usullarini tobora
takomillashtiradi. U tajriba uchun ishlatiladigan tuproq tarkibidagi azotli birikmalarni
yo’qotish uchun shu birikmalar batamom yonib bo’lguncha tuproqni qizdiradi
(sterillaydi). SHu tarzda tayyorlangan tuproqni idishlarga solib, ularning yarmiga no’xat
va qolgan yarmiga don ekinlari urug’ini ekadi. Lekin ekilgan no’xat va don ekinlari
urug’i ko’karib chiqsa ham, keyinchalik o’smay qolaverganligini aniqlaydi. Bussengo bu
tajriba natijalariga asoslanib, o’zining dastlabki, ya’ni dukkakli o’simliklar havodagi
erkin azot bilan oziqlanib, bemalol o’sadi va rivojlanaveradi degan fikridan voz kechadi.
1888 yilda nemis olimlari Gelrigel bilan Vilfart ham dukkakli o’simliklar bilan
tajriba ishlari olib boradilar. Ular bu tajribalarda dukkakli o’simliklar urug’ini qizdirilgan
hamda qizdirilmagan tuproq solingan idishlarga ekadilar va shu tajriba natijalariga
aeosan quyidagi xulosaga keladilar:
1) qizdirilmagan (tabiiy) tuproq solingan idishga ekilgan urug’dan ko’kargan
dukkakli o’simliklarning ildizida tugunaklar hosil bo’ladi, qizdirilgan tuproqqa ekilgan
dukkakli o’simliklarda esa bunday hodisa yuz bermaydi;
2) ildiz sistemasida tugunaklar hosil qilgan dukkakli o’simliklargina molekulyar
azotni o’zlashtira oladi.
Dukkakli o’simliklar molekulyar azot o’zlashtirishi sabablarini rus olimi M. S.
Voronin bilan nemis olimi Beyerink ham isbotlaganlar. M. S. Voronin 1865 yilda
dukkakli o’simliklar ildizidagi tugunaklar ichida tayoqchasimon va shoxlangan
bakteriyalar borligini aniqlagan. Beyerink esa 1888 yilda bu tadqiqotni davom ettirib,
tugunaklar ichidagi bakteriyalarni toza holda ajratib olgan va ularga
Dostları ilə paylaş: