Termiz Davlat Universiteti Tarix Fakulteti 208-guruh talabasi



Yüklə 0,52 Mb.
səhifə4/8
tarix02.05.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#105960
1   2   3   4   5   6   7   8
2 5204140185264068054

DINIY MANSABLAR


SHAYX UL ISLOM – musulmon jamoalari boshligʻi. Qozilik ishlarida hamda kundalik hayotda qonunlarga rioya etilishini taʼminlagan
QOZI KALON – davlatning oliy qozisi. Amir aralashmaydigan barcha qozilik isjlariga rahbarlik qiluvchi diniy lavozim
MUFTIY – qozi kalon murakkab deb bilgan turli diniy huquqiy masalalar boʻyicha, shariat qonunlariga asoslanib fatvo chiqargan. Bu fatvo uning,yoki bir necha muftiyning muhri bilan tasdiqlanib qoziga berilar edi.
MUSHRIF-hukmdor tomonidan sovg’a qilingan kiyim-kechak va qimmatbaho sovg’alarni yozib borgan
QOZI ASQAR-harbiy ishlar bilan shug’ullangan
DEVONBEGI-tanho masalalari bilan shug’ullangan
SADR-rabot ichidagi vaqf mulklari bilan shug’ullangan
SUDR-rabot tashqarisidagi vaqf mulklari bilan shug’ullangan

Amirning yaqinlariga beradigan amal va mansablar quyidagilar bo’lgan

1. Qo`shbegi Kalon” – katta Qo`shbegi. Ovchilar, ovchilik asboblari, qushlar va itlardan xabardor bo`lib turadigan amaldor.

2. “Ko`kaldosh”. Amirning eng yaqin kishilaridan bo`lib, uning dushmanlari, do`stlari va xayri-xohlaridan xabardor bo`lib turgan.

3. ”Inoqi Kalon” – katta inoq. Umaro, shogirdpeshalar va boshqa-larga amir suhbatiga musharraf bo`lgan yoki bo`lmaganlari to`g`risida xabar bergan.

4. “Xo`jai Kalon” – katta xo`ja. Saroy mahramlarining kattasi. Amir harami eshigining posboni. Haramga lozim bo`lgan oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni yetkazib bergan. Yuqorida zikr etilgan amallarning amir atrofida maxsus o`rinlari bo`lgan. Bular ahli qalamdan alohida turgan.

Amir ijozati bilan “devonbegi kalon” saroyga otga minib kelishi mumkin edi.

MAVZU 2: QO’QON XONLIGIDA DAVLAT MANSABLARI VA DINIY, HARBIY UNVONLAR

Buxoro xonligiga tobe hisoblangan Farg‘ona vodiysida XVIII-asr boshlarida yangi davlatga – Qo‘qon xonligia asos solindi. XVIII-asrda faqat Farg‘ona vodiysini o‘z ichiga olgan bu davlat XIX-asr boshlarida Toshkent voxasi, xozirgi Qirg‘iziston Respublikasi, Janubiy Qozog‘iston va Shimoliy Tojikiston hududlarini o‘z ichiga olgan yirik davlatga aylandi. Ashtarxoniy Subxonqulixon vafotidan so‘ng Buxoro taxtiga o‘tirgan Ubaydullaxon hukmdorligi (1702-1712) davrida xonlikdagi siyosiy vaziyat chigallashib markaziy hokimiyat yana zaiflashdi. Bundan foydalangan Chodak xo‘jalari 1709 yilda Farg‘onada qo‘zg‘olon ko‘tarib, vodiyning bir qismini egallaydilar. Natijada mustaqil davlat tuzilganligi e’lon qilindi va 1710 yilda o‘zbeklarning ming qabilasi boshlig‘i Shohruhbiy hokimiyat tepasiga keladi (1710-1721). Dastlab Qo‘qon, Namangan, Marg‘ilon, Konibodom, Isfara va ular atrofidagi qishloqlarni o‘z ichiga olgan bu davlat hududi Shohruhbiyning o‘g‘li va vorisi Muhammad Abduraximbiy (1721-1733) taxtga o‘tirganidan keyin ancha kengayadi. 


Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin