Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Fe’lning aniq zamonlarining qanday shakllari bor?



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə109/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Fe’lning aniq zamonlarining qanday shakllari bor?

  • Fe’lning aniq zamonlari qanday tuslanadi?

  • Fe’lning aniq zamonlarining o’ziga xos qanday xususiyatlari mavjud?

  • Xarid”matnidagi aniq zamondagi fe’llarni toping va izohlang?


    42-amaliy mashg’ulot

    OLD QO‘SHIMCHALI FE’LLAR

    Reja:

    1. Old qo‘shimchali fe’llar.

    2. Old qo‘shimchali fe’llar tuslanishi.

    3. Fe’lning aniq zamonlarining o’ziga xos xususiyatlari.



    Tayanch so‘zlar:

    Old qo’shmchali fe’llar, فرو fo‘ru,فرا faro, باز boz,وا vo,ور varبر – bar, در – dar, فرو – fo‘ru, فرا – faro, باز – boz, وا vo.

    Old qo‘shimchali fe’llar

    Fors tilida sodda va murakkab fe’llar bilan birga old (prefiksli) qo‘shimchali fe’llar ham mavjud. Bunday fe’llar old qo‘shimcha va sodda fe’llar asosida tuziladi. Bu old qo‘shimchalar o‘z leksik ma’nosini yo‘qotib, faqat predlog shaklida qo‘llaniladigan fe’llardir.

    Hozirgi zamon fors tilida بر – bar, در – dar, فرو – fo‘ru, فرا – faro, باز – boz, وا vo, ور var kabi qo‘shimchalar old qo‘shimchli fe’llar yasaydi. بر – bar va در dar faol qo‘shimcha hisoblanib, بر bar harakatning biror narsaning ustida sodir bo‘lganligini bildiradi. بر داشتن bar doshtan – ko‘tarmoq, بر آمدن bar omadan – chiqmoq, بر خواستن bar xostan – turmoq.

    در dar harakatning biror narsaning ichida sodir bo‘lganligini bildiradi.در آوردن dar ovardah – chiqarib olmoq, در آمدن dar omadan – kirmoq, در رفتن dar raftan – jo‘nab ketmoq, chiqib ketmoq.

    فرو fo‘ru,فرا faro, باز boz,وا vo,ور var old qo‘shimchalari esa kam unum qo‘shimcha hisoblanadi. فرو رفتن fo‘ru raftan – cho’kmoq, فرا خواندن faro xondan –chiqarib olmoq, باز داشتن boz doshtan – ushlamoq, qamamoq, وا داشتنvo doshtan – majbur qilmoq.

    تو آب فرو رفتن tu ob fo‘ru raftan – suvga sho‘ng‘imoq. به کسی بر نمی خورد be kasibarnamixurad – uhechkimbilan uchrashmaydi.این گردهمایی را حتماً فرا خواهند خواند in gerdehamoiro hatman fro xohand xond – bu forum albatta chaqiriladi.

    Old qo‘shimchalar o‘zidan so‘ng aniqlik artikli va را ro ko‘makchisini qabul qilmaydi, so‘zlashuvda inversiyaga uchramaydi.

    Bo‘lishli fe’llarda urg‘u old qo‘shimchaga, bo‘lishsiz fe’llarda esa نه na inkor yuklamasiga tushadi. پنج سال پیش در گذشت panj sol pish dar go’zasht – besh yil oldin olamdan o‘tdi.هنوز بر نمی گردد hanuz bar namigardad – u hali qaytmaydi.




    Yüklə 1,42 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   201




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin