Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Otgan zamon natijali fe’lining qo‘llanishi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə118/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Otgan zamon natijali fe’lining qo‘llanishi.

O‘tgan zamon natijali fe’li ish harakatining o‘tgan zamonda bo‘lib o‘tganligini bildirish bilan birga, uning bajarilish fakti, natijasi hozirda ham mavjud ekanligini ko‘rsatadi. Agar o‘tgan zamon aniq fe’lining ma’nosi ish-harakatning o‘tgan zamonda aniq bajarilganligini, bo‘lib o‘tganligini qayd qilish bilan kifoyalansa, o‘tgan zamon natijali fe’lida esa asosiy diqqat ish-harakatning bajarilganligi yoki bo‘lib o‘tganligida emas? balki uning natijasida – hozirgi holatida bo‘ladi. Qiyos qiling:

دانشیار ما از ایران آمد doneshyor-e mo az iron omad – Bizning o‘qituvchimiz Erondan keldi. دانشیار من از ایران آمده است doneshyor-e mo az iron omade ast – Bizning o‘qituvchimiz Erondan kelgan.

Birinchi gapda آمد omad ish-harakatni bo‘lib o‘tganliginigina qayd qilsa, ikkinchi gapda آمده است omade ast ish-harakatning bajarilganligi fakti hozir ham mavjudligini ko‘rsatadi. Misollar:شما گلستان سعدی را خوانده اید sho‘mo go’leston-e sa’diro xonde-id? – Siz Sa’diyning "Guliston"ini o‘qiganmisiz? خیلی رنج کشیده و به مقصد رسیده ام xeyli ranj kashide va be maqsad raside-am – ko‘p mehnat qildim va maqsadga yetdim.

O‘tgan zamon natijali fe’li o‘tgan zamon eshitishlik ma’nosini ham bildirish mumkin. O‘tgan zamon natijali fe’lining bu ma’nosida ish-harakatning bajarilishi so‘zlovchiga avvaldan ma’lum bo‘lmay, ish-harakatning bajarilishi yo bajarilmaganligi boshqa odamdan eshitishi yoki boshqa vositalar orqali ma’lum bo‘lishi qayd qilinadi.

او زبان فارسی را خوب یاد گرفته است – u zabon-e forsiro xub yod gerefte ast–U fors tilini yaxshi o‘rganibdi.




Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin