Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə33/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

12-amaliy mashg’ulot

ضماير متصله EGALIK AFFIKSLARI (ZAMOYERE MO‘TTASELE)

Reja:

  1. Egalik affiksi va uning o’ziga xos xususiyatlarini.

  2. Egalik affikslari imlosi.

  3. Egalik affikslari undosh harflardan so’ng qanday qo’shiladi?

  4. Egalik affikslari unli harflardan so’ng qanday qo’shiladi?



Tayanch so‘zlar:

Egalik affikslari, unlidan so’ng, undoshdan so’ng, egalik affikslarining imlosi, ot so’z turkumiga mansub so’zlarga qo’shiladi.


  1. Egalikk affiksi va uning o’ziga xos xususiyatlarini .

Fors tilida egalik affikslari otlarning oxiriga qo‘shilib narsaning qaysi shaxsga tegishli ekanligini ko‘rsatadi. Bu affikslar o‘zi qo‘shilgan so‘z bilan birga bir so‘z tarzida talaffuz qilinadi.

Egalik affikslari

جمع

ko‘plik

مفرد

birlik

shaxs

مان

emon

م

am

۱

تان

eton

ت

at

۲

شان

eshon

ش

ash

۳

Egalik affikslari urg‘u olmay, balki undandan oldingi bug‘inga tushadi.

مادرم modaram– onam, مادرت modarat – onang, مادرش modarash – onasi, مادرمان modaremon – onamiz, مادرتانmodareton oangiz, مادرشان modareshon – onalari.

2. Egalik affikslarining imlosi

1. Egalik affikslari undosh bilan tugagan otlarga qo‘shib yoziladi va bir so‘z kabi talaffuz qilinadi. کتابم ketobam – kitobim, دوستم dustam – do’stim.

2. So‘z "e" qisqa unlisi yoki "i" cho‘ziq unlisi bilan tugagan bo‘lsa, egalik affikslari oldidan birlikda ا alif, ko‘plikda esa ء hamza belgisi qo‘yiladi. Talaffuzda birlikda ot bilan egalik orasida kichik pauza, ko‘plikda esa bir "y" tovushi orttiriladi.

خانه ام xoneam – uyim, خانه ات xoneat – uying, خانه ات xoneash – uyi, خانه مان xoneyemon – uyimi, خانه تان xoneyeton – uyingiz, خانه شان xoneyeshon uylari.

3. So‘z آ "o" yoki و "u " cho‘ziq unlilari bilan tugasa egalik affikslari oldidan bir ی "y" orttiriladi. رویم ruyam – yuzim, رویت ruyat – yuzing, رویش ruyash – yuzi. رویمان ruyemon – yuzimiz, رویتان ruyeton – yuzingiz, رویشان ruyeshon – yuzlari


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin