Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi


Fors tilida fe’l asoslari. O’tgan zamon va hozirgi zamon fe’l asoslari



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə38/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

Fors tilida fe’l asoslari. O’tgan zamon va hozirgi zamon fe’l asoslari.

Fors tilida fe’l lug‘atlarda doimo masdar shaklida beriladi. Fe’lning bu shakli shaxs, son va zamon ma’nolarini bildirmagani uchun fe’lning noaniq (masdar) shakli deb ataladi. Masdar fe’lning otga yaqin shakli bo‘lib, ham fe’llik, ham otlik belgilariga ega. Masdarning fe’llik belgisi harakat, holat, o‘timli – o‘timsizlik, boshqa so‘zlarni boshqarish bo‘lsa, uning otlik belgilari esa otlar singari turlanishi va gapda ot bajargan sintaktik vazifalarni bajarishidir.

Forscha fe’llarning masdar shakli doimo دن – dan (unlilar va jarangli undoshlardan so‘ng تن – tan, jarangsiz undoshlardan so‘ng یدن – idan) bilan tugallangan bo‘ladi:

نوشتن naveshtan – yozmoq,دیدن didan – ko‘rmoq, پرسیدنpo‘rsidan –so‘ramoq.

Fors tilida har bir fe’l ikki(hozirgi va o‘tgan zamon) asosiga ega bo‘ladi.

Masdar shaklidagi fe’ldan o‘tgan zamon fe’l asosiniyasash uchun ن – an qismi tushirib qoldiriladi. Masalan, دیدن – دید didan–ko‘rmoq, رفتن – رفت raftan – bormoq.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin