IKKINCHI SEMESTR
37-amaliy mashg’ulot
ماضی استمراری O‘TGAN ZAMON DAVOM FE’LI
Reja:
O‘tgan zamon davom fe’liyasalishi.
O‘tgan zamon davom fe’li bo’lishsizlik shakliningyasalishi va tuslanishi.
O‘tgan zamon davom fe’li qanday ma’nolarni ifodalaydi.
Tayanch so‘zlar:
Moziye estemrori, bo’n muzore, shaxs va son qo’shimchalari, mi old qo’shimchasi, takroroiy va tugallanmagan ish-harakati.
O‘tgan zamon davom fe’li
O‘tgan zamon davom fe’li o‘tgan zamon fe’l o‘zagi oldiga می -mi qo‘shimchasini, o‘zak oxiriga shaxs-son qo‘shimchasini qo‘shish bilan yasaladi. گفتن go’ftan – aytmoq, گفت go’ft (o‘t. zam. o‘z.) می گفتم migo’ftam – aytardim. Hozirgi paytda می -mi old qo‘shimchasi alohida yozilmoqda. O‘tgan zamon davom fe’lida urg‘u ikki o‘ringa qo‘yiladi. Asosiy urg‘u می -mi old qo‘shimchasiga, ikkinchisi esa shaxs-son qo‘shimchasiga tushadi.
آوردن ovardan – keltirmoq fe’li quyidagicha tuslanadi.
می اوردم miovardam, می اوردی miovardi , می اورد miovard, می اوردیم miovardim, اوردید میmiovardid, می اوردند miovardand.
Dostları ilə paylaş: |