Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari kafedrasi



Yüklə 1,42 Mb.
səhifə101/201
tarix02.02.2022
ölçüsü1,42 Mb.
#51965
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   201
Termiz davlat universiteti tojik filologiyasi va sharq tillari k (1)

HIJRIY YIL HISOBI

Hijriy yili musulmonlar yili bo‘lib, 622 melodiy yilidan, ya’ni Muhammad payg‘ambarning Makkadan Madinaga hijrat qilgan davridan boshlanadi. Hijriy yili ikki xil yil hisobiga ega. Birinchisi – hijriy qamariy yil hisobi bo‘lib, oyning er atrofida aylanish davri 29,5 kecha-kunduz hisobidan olingan. Hijriy yil hisobi ham o‘n ikki oydan iborat bo‘lib, olti oyi yigirma to‘qqiz, olti oyi o‘ttiz kundan iborat bo‘ladi. Bir yil 354 kunni tashkil qiladi. Kabisa yilida o‘n ikkinchi oy o‘ttiz kun qilib olinadi va buy il 355 kunni tashkil qiladi.

Ikkinchisi – hijriy shamsiy yilidir. Bu yil hisobi erning quyosh atrofini bir marta to‘liq aylanib chiqish davriga asoslangan. Shu sabab hisob quyosh kunlari asosida olib boriladi va bir yil 365 (366) kunga teng bo‘ladi. Faqat bir oy yigirma sakkiz kundan iborat bo‘ladi. Har to‘rt yilda bu oyga bir kun qo‘shilib, yuqorida aytib o‘tganimizdek, yigirma to‘qqiz kun tashkil qilinadi va shu yili kabisa yili hisoblanib 366 kundan iborat bo‘ladi.

Hijriy qamariy yili hijriy shamsiy yilidan har yili 11 kun ortda qolib boradi. Shu sababli hijriy qamariy yilida yil boshi – muharram oyi doim ham bir vaqtga to‘g‘ri kelavermaydi. Hijriy qamariy yili o‘ttiz uch yilda bir davrani aylanib chiqib yana bir vaqtga to‘g‘ri keladi. Uning o‘ttiz uch yili hijriy shamsiyning o‘ttiz ikki yiliga teng bo‘ladi.



Bundan tashqari hijriy yilda har o‘ttiz yil ichida o‘n bir kun tuzatish kiritiladi. Ya’ni, taqvimiy oy hisobi oyning haqiqiy davridan daqiqa va soniyalar hisobiga ortda qolib boradiki, bular yig‘ilib o‘ttiz yilda o‘n bir kunga etadi. Bu farqni yo‘qotish maqsadida arablar har o‘ttiz yilda o‘n bir sutka qo‘shib o‘ttiz yilning o‘n to‘qqiz yilini 354 kun, o‘n bir yilini 355 kun qilib hisoblaydilar. Shunda har o‘ttiz yilning 2, 5, 7, 10, 13, 16, 18, 21, 24, 26, 29-yillari kabisa, ya’ni orttirilgan yillar bo‘lib 365 kundan iborat bo‘ladi. Odatda, kabisa yiliin aniklash uchun uni o‘ttizga bo‘lish kerak. Qolgan qoldiq yuqorida sanab o‘tilgan sanalardan biriga to‘g‘ri kelsa shu yil kabisa yili bo‘ladi. Masalan, 1423 yilning qanday yil ekanini tekshirib ko‘rish uchun uni o‘ttizga bo‘lamiz, 1423:30=47 bo‘ladi va o‘n uch qoldiq qoladi. O‘n uch yuqoridagi sanalar ichida mavjud. Demak, 1423 yili kabisa yili ekan.


Yüklə 1,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   201




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin